O’simliklar fiziologiyasi


K erakli asbob va reaktivlar



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə67/73
tarix28.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#169160
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   73
Усим.физ лаборатория 08.10.2021

K erakli asbob va reaktivlar: Ungan urug’lar egri shisha nay o’rnatilgan tiqin, probirkaga qoyilgan ishqor eritmasi, rangli suv solingan idish.


28-rasm. Nafas olish prosessida o’simliklar tomonidan kislorod iste’mol qilinishi aniqlanadigan asbob: a-NaOH eritmasi quyilgan probirka; b-ungan urug’lar solingan kolba; v-ungan urug’lar; g-rangli eritmali idish; d-rangli eritmani kolba bilan birlashtiradigan shisha nay; e-shtativ.


Ishni bajarish tartibi: Mashg’ulotni o’tkazish uchun kolbaning yarmigacha ungan yoki nish otgan urug’ solib, ular orasiga KOH yoki NaOH eritmasi qoyilgan probirka joylanadi. Kolbaning og’zi egri shisha nay o’rnatilgan kauchuk tiqin bilan mahkam berkitiladi. Egri shisha nayning ikkinchi uchi rangli suv qoyilgan idishga botirib qoyiladi (4-rasm). Oradan 20-30 minut o’tgach, idishdagi rangli eritma shisha nay orqali yuqoriga ko’tarila boshlaydi. Urug’larning nafas olishi qancha kuchli bo’lsa, rangli eritmaning ko’tarilishi ham shuncha kuchayadi. Rangli eritmaning ko’tarilishi kolba ichidagi havoning siyraklashuviga bog’liq. Ungan urug’ nafas olish jarayonida kislorod qabul qilib, karbonat angidrid ajratadi. Ajralgan karbonat angidrid gazi probirkadagi ishqor bilan reaksiyaga kirishib bog’lanadi. Natijada kolba ichidagi havo siyraklashadi, uning o’rniga nay ichidagi rangli eritma ko’tariladi.

31-rasm. O‘simliklarda nafas olish jarayoni borishini isbotlash tajribasi.



32-rasm. Unayotgan urug’larida kislorod yutilishi va karbonat angidrid ajralib chiqishini aniqlash


Nazorat uchun savollar.
1. O’simliklarning nafas olishi nima?
2. Uning umumiy tenglamasini yozing?
3. Ungan urug’lar tomonidan kislorod qanday o’zlashtiriladi?


28-LABORATORIYA ISHI
Ildiz tizimi hajmini aniqlash


Darsning maqsadi. Talabalar bilan birgalikda ildiz tizimi hajmini aniqlashni о‘rganish.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin