O’simliklar fiziologiyasi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə69/73
tarix28.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#169160
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Усим.физ лаборатория 08.10.2021

О‘simlik
lar turi

Aniqlash soni

Pipetka
bо‘yicha hisoblash

Byuretkadan quyilgan
suv miqdori,
ml

Bir о‘simlik
ning ildiz hajmi, sm3

B1

B2


Nazorat uchun savollar:
1. O’simlik uchun ildizning vazifasi qanday?
2. Ildiz hajmi nima?
3. Ildiz hajmini aniqlash qanday amalga oshiriladi?


29-LABORATORIYA ISHI
Qand moddasining sitoplazmani muzlashiga ta’siri


Darsning maqsadi: O’simliklar hujayrasi tarkibidagi sitoplazmani uglevodalar sovuq muhitda himoya qilishini o’rganish.
Kerakli asbob va reaktivlar: Probirkalar, shtativ, qizil karam yoki qizilcha, ustara, qor, kristal holidagi tuz, shisha idishlar, termometr, mikroskop, buyum oynalari, millimetrli qog’oz yoki lineyka.
Ishni bajarish tartibi: Bu mashg’ulot uchun qizil karam yoki qizilcha parenximasidan oltita bo’lakcha tayyorlanadi. Bo’lakchalarning ko’ndalang kesigi 25 mm2, uzunligi 1-2 sm bo’lishi kerak. Bo’lakcha ustidagi rangli shira yuvib tashlanadi. Shtativdagi uchta probirkaning biriga 10 ml suv, ikkinchisiga 10 ml 0,5 n va uchinchisiga 10 ml 1 n shakar eritmasi quyiladi. Yuqorida tayyorlangan bo’lakchalardan har qaysi probirkaga ikkitadan solinadi. So’ngra probirkalar shtativdan olinib, qor va tuz aralashmasi solingan idishda 20 minut saqlanadi (3 qism qorga 1 qism tuz aralashtirilsa, uning temperaturasi 240 C gacha pasayadi). Oradan 20 minut o’tgach, probirkalar xona temperaturasidagi suvli idishga qo’yilib, muzi eritiladi, keyin ulardagi suyuqliklarning rangi solishtirilib ko’riladi. So’ngra har qaysi probirkadagi bo’lakchalardan yupqa kesik tayyorlanadi va mikroskopda tekshiriladi. Suvli probirkadagi bo’lakchalarning kesigini tekshirganda, hujayradagi antatsion bo’yoq chiqib ketgani sababli, hujayralar oqarib qolganligi ko’rinadi, chunki past temperatura ta’sirida sitoplazma o’tkazuvchanlik xususiyatini yo’qotadi va hujayralar rangsizlanadi. 0,5 n (saxaroza) eritmada bo’lakcha hujayralarning ba’zilari rangsizlansa, ba’zilarida sitoplazma to’la buzilmaganligi sababli, antatsion bo’yoqni o’zida saqlab qolganligi ko’rinadi. 1 n eritmadagi bo’lakcha hujayralari past temperatura ta’sirida nobud bo’lmay, tirik qolganligi aniqlanadi. Demak, hujayra tarkibida to’plangan uglevod (shakar)lar qish faslida o’simliklarni past temperatura ta’siridan saqlashda katta ahamiyatga ega ekan.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin