25-rasm. Yashil o‘simliklardan yorug‘likda kislorod ajralib chiqishi Bu vaqtda poyaning kesilgan joyidan kislorod pufakcha shaklida ajralib chiqib, probirkaga yig’ila boshlaydi. Probirka gazga to’lgandan keyin uni ehtiyotlik bilan olib og’ziga cho’g’ yoki gugurt cho’pi tushirilsa, kislorod ta’sirida yonib ketadi.
Nazorat uchun savollar: Yorug’likning fotosintez prosessiga qanday ta’siri bor?
Kislorodning o’simliklarga qanday ta’siri bor?
Fotosintez jarayonida kislorod ajralib chiqishini qanday aniqlash mumkin?
26-LABORATORIYA ISHI Fotosintez intensivligiga turli nurlarning va haroratning ta’sirini о‘rganish
Darsning maqsadi: Elodiya o’simligini suvga solib, unga yorug’lik ta’sir ettiriladi, o’simlikning Fotosintez intensivligiga turli nurlarning va haroratning ta’sirini о‘rganish.
Umumiy ma’lumot:Harorat ham fotosintezning kechishi uchun muhim ahamiyatga ega. Turli o’simliklarning haroratga bo’lgan talabi turlichadir.
Bu ishni bajarish uchun suv o’simliklaridan Elodeya yoki yuksak o’simliklardan tradeskansiyaning zararlanmagan poyasi olinadi. Tajriba uchun tanlangan o’simlikni suvli stakanlarga solib, undagi suvni turli xil haroratda saqlab, o’simlikda boradigan fotosintez tezligini o’rganiladi.
Kerakli asbob va reaktivlar: Suv o’simligi Elodeya, 200-500 ml hajmdagi kimyoviy stakan, shisha tayoqcha, issiq suv, sovuq suv, termometr, 200-500 vattli elektr lampa.
Ishni bajarish tartibi: Fotosintez tezligiga haroratning ta’sirini o’rganishda rangli ekranlardan foydalaniladi. Har xil hajmdagi stakanlarga harorati turlicha bo’lgan (sovuq, issiq) suv ishlatiladi.
Tajriba vaqtida harorat bir meyorda tutib turish uchun o’simlik joylashtirilgan stakandagi suvga termometr tushirib qo’yiladi. Avval xona haroratida (10-200 C), so’ngra sovuq (5-100 C) haroratda tutiladi va pufakchalar ajralishini kuzatib sanaladi. Olingan natijalar jadvalga yozib olinadi va har xil haroratning fotosintez tezligiga bo’lgan ta’siri haqida xulosa qilinadi.