2.Xlorofillga ishqorlarni ta’siri tekshiriladi. Buning uchun quruq toza probirkaga filtratdan 2-3 ml olib, ozgina KOH yoki NaOH kristallaridan qo’shib ehtiyotlik bilan qizdiriladi. Eritma sovigandan keyin ustiga 2-3 ml benzin tomizib, tinch qoldiriladi. Keyin qaralganda eritmada (benzin qavatida) sariq pigment (karotin), pastki qavatida yashil pigment (xlorofill) bo’lganligi ko’rinadi. Ksantofill pigmenti xlorofill bilan birga pastki qavatda qoladi.
Xlorofill xlorofilindikarbon kislota bilan metil va fitol spirtlarining birikishidan hosil bo’ladi. Shunga ko’ra xlorofill murakkab efirlar gruppasiga kiradi. Xlorofillga ishqor ta’sir etganda sovunlanish reaksiyasiga kirishadi, ya’ni xlorofilindikarbon kislota tuzlariga, erkin metil va fitol spirtlarga parchalanib ketadi. Bu reaksiya quyidagicha boradi:
xlorofilindikarbon metil spirt fitol spirt kislotaning kaliyli tuzi Sovunlanish reaksiyasida xlorofill rangini saqlab qolsa ham benzinda eruvchanlik xususiyatini yo’qotadi.
Xlorofill va boshqa pigmentlarning spektr nurlarini yutishi aniqlanadi. Buning uchun spektroskopda ko’zga tashlanib turgan 7 xil rangni aniq ko’rib olish kerak. Birinchi ishda qo’llangan probirka spektroskop oldiga qoyiladi. Avvalo benzin qavatdagi xlorofill so’ngra spirt qavatdagi ksantofill nuri yutgan nurni aniqlash uchun sovunlanish reaksiyasi o’tkazilgan probirka ishlatiladi. Xlorofill spektrda ko’ringan qizg’ish va ko’kish-binafsha nurlarni, sariq pigment ksantofill va karotin ko’kish-binafsha nurlarni yutganligi ko’rinadi.
Nazorat uchun savollar. Bargdan pigmentlarni qanday ajratish mumkin?
Feofitin qanday hosil bo’ladi?
Xlorofillga ishqorlarni ta’siri qanday tekshiriladi?
24-LABORATORIYA ISHI Barg pigmentlarini qog‘oz xromotografiyasi usuli bo‘yicha aniqlab olish
Darsning maqsadi: Laboratoriya sharoitida barg pigmentlarini qog‘oz xromotografiyasi usuli bo‘yicha aniqlab olish.