22-rasm. Barg pigmentlarini qog‘oz xromotografiyasi usuli bo‘yicha aniqlab olish
Eslatib o‘tamiz, xromatogramma qog‘ozini silindrdagi benzinga tushirganda pigment aralashmasi tomizilgan qog‘ozdaki chiziq benzin qavatidan 1-1,5 sm yuqoriroqda bo‘lishi kerak. Aks holda pigment benzinda erib, qisman yo‘qotilishi mumkin yoki pigmentlarning ajralishiga xalaqit berishi mumkin.
Xromatogramma qog‘ozi silindrdagi benzinga tushirilganda unga shimilayotgan erituvchining kam parlanib, tezroq qog‘oz bo‘ylab ko‘tarilishi va silindrda to‘yingan benzin parlarini hosil qilishi uchun silindr germetik ravishda berkitilishi kerak. Oradan ma’lum vaqt o‘tishi bilan qog‘ozga shimilayotgan benzin pastdan yuqoriga ko‘tarila boshlaydi. Benzinning pastdan yuqoriga ko‘tarilishi bilan unda erigan pigmentlar ham bir-birlaridan ajralgan holda ko‘tarila boshlaydi.
Erituvchi va unda erigan pigmentlarning ko‘tarilish harakati olingan qog‘oz sifatiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni qog‘oz zichligiga qarab eritmalar harakati “sekin”, “o‘rtacha” va “tez” holatda bo‘ladi. Qog‘oz bo‘ylab eritma harakati qanday bo‘lmasin pigmentlar quyidagi tartibda taqsimlanadi: eng pastda xlorofill “b” undan yuqorida xlorofill “a” va ksantofill, eng yuqorida esa karotin.
Tajribadan olingan ma’lumotlar asosida pigmentlarning tarkibi va ularning taqsimlinishi haqida xulosa qilinadi.
Nazorat uchun savollar:
1. Barg pigmentlarini bir-biridan ajratishning xromotografik usulini qaysi olim kashf etgan?
2. M.S.Svet bargdagi xlorofill pigmentlarini qanday aniqladi?
3. Laboratoriya sharoitida barg pigmentlari xromotografik usulda bir-biridan qanday ajratiladi?
25-LABORATORIYA ISHI
Fotosintez intensivligiga yorug‘lik kuchining ta’siri va kislorodning ajralishini kuzatish
Darsning maqsadi: Fotosintez intensivligiga yorug‘lik kuchining ta’siri o’rganish va kislorodning ajralishini kuzatish.
Umumiy ma’lumot: Yorug’lik fotosintez prosessining kechishi uchun muhim ahamiyatga ega. Turli o’simliklarning yorug’likka bo’lgan talabi turlichadir. yorug’sevar g’o’zaning yorug’likka talabi ayniqsa shonalanishi va gullash davrida ortsa, soyaparvar o’simlik samshit hatto yorug’likning 1/100 qismi bo’lsa ham o’saveradi, chunki bunday o’simliklarda xlorofill miqdori ko’p bo’ladi va ozgina tushgan yorug’likni ham ushlab qoladi.
Dostları ilə paylaş: |