Umumiy ma’lumot: Pigmentlar aralashmasini tayyorlash uchun o‘simlikdan yangi uzib olingan yoki uning ilgaridan olib quritilgan bargi ishlatiladi. O‘simliklarda pigmentlar pigment-lipoproteid komplekslari ko‘rinishida bo‘ladi.
Pigmentlarni ajratib olish uchun ishlatiladigan erituvchilar kimyoviy tuzilishiga qarab qutblangan (spirt, atseton) va qutblanmagan (efir, geksan, benzin) erituvchilariga bo‘linadi. Xlorofill va karotinoidlar lipofill moddalar bo‘lganligi sababli ham yog‘larni erituvchi barcha organik erituvchilarda-spirtda, atsetonda, efirda, benzinda yaxshi eriydi. Pigmentlarni to‘la ajratib olishda qutblangan erituvchilar yoki qutblanmagan erituvchilarning aralashmasi ishlatiladi. Masalan, ko‘pchilik hollarda etil spirtining netroleyn efiri bilan bo‘lgan aralashmasi qo‘llaniladi. Qutblangan erituvchilar oqsilni denaturatsiyaga uchratadi, natijada pigment bilan linoproteid komplekslari o‘rtasidagi bog‘lar uziladi. Shuning uchun ham bu erituvchilar aralashmasi pigmentlarning to‘la ajralishini ta’minlaydi. Sof holdagi qutblanmagan erituvchilar esa pigment bilan lipoproteidlar o‘rtasidagi bog‘larga ta’sir eta olmaydi. Shuning uchun ham benzin netroleyn efiri kabi erituvchilar ishlatilganda asosan karotinoidlar eritmaga o‘tadi. Pigmentlarni ajratib olishda asosan 80-85% atseton yoki 90% li spirt qo‘llaniladi.
Kerakli asbob va reaktivlar:O‘simlikning yangi uzib olingan yoki quritilgan bargi, 96% li spirt, atseton, benzin, netrolein efiri, maydalangan shisha yoki qum, 20x3 sm kattalikdagi xromatografiya qog‘ozi, chinni hovoncha, balandligi 20-25 sm bo‘lgan shisha silindr, kapillyar naycha, mikropipetka, Kamov nasosi, pichoq, qaychi, СаСО3.
Ishni bajarish tartibi: O‘sib turgan yoki quritilgan bargdan 2-3 g olib, qaychi bilan mayda-mayda qilnb qirqib, chinni hovonchaga solinadi va maydalangan shisha kukun ishtirokida yaxshilab eziladi, so‘ngra esa unga 10-15 ml atseton solib, yana 1-1,5 daqiqa davomida eziladi. Barg hujayralari shirasidagi ortiqcha kislotalarni neytrallash uchun esa bargni ezish davomida skalpel uchida CaCO3 dan ozroq olib aralashmaga solinadi. Hosil bo‘lgan pigmentlar aralashmasi Kamov yoki suv nasosi yordamida buizsp kolbasiga filtrlanadi.
Filtrdan o‘tkazilgan pigmentlar aralashmasidan mikropipetkada olib, ilgaridan qirqib tayyorlab qo‘yilgan 15x3 sm kattalikdagi xromatogramma qog‘ozining pastki qismiga oddiy qalam bilan bilinar-bilinmas qilib chizilgan chiziq bo‘ylab 1-1,5 sm uzunlikda tomiziladi. Eslatib o‘tamiz, xromatogramma qog‘oziga chiziladigan bu chiziq qog‘ozning pastki uchidan 2-3 sm balandlikda bo‘lishi kerak.
Pigmentlar aralashmasi tomizilgach, xromatogramma qog‘ozi ochiq holda yoki elektr lampasi qarshisida quritiladi. Xromatogramma qog‘ozi yaxshi qurigach ikkinchi marta yana shu kattalikda filtratdan tomiziladi va qayta quritiladi. Mana shu jarayon ya’ni pigmentlar aralashmasini tomizish va uni quritish ishlari 5-6 marta takrorlanadi. Xromatogramma qog‘oziga pigmentlarning atsetonli aralashmasidan tomizish qog‘ozda to‘q yashil rang hosil bo‘lganiga qadar davom ettiriladi. So‘ngra xromatogramma qog‘ozi atseton hidi ketgunga qadar ochiq havoda quritiladi va pigment aralashmasi tomizilgan uchki tomonni silindrga solingan benzinga 1-1,5 sm botqizib qo‘ygan holda tik qilnb osiladi.