O’simliklar fiziologiyasi


-rasm. Tuproqning to‘la nam sig‘imini aniqlash usuli Nazorat uchun savollar



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə57/73
tarix28.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#169160
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73
Усим.физ лаборатория 08.10.2021

19-rasm. Tuproqning to‘la nam sig‘imini aniqlash usuli
Nazorat uchun savollar:
1. Tuproq tarkibida necha xil suv ushlaydi?
2. Tuproqning to‘la nam sig‘imi deb nimaga aytiladi?
3. Tuproqning nam sig‘imini qanday aniqlanadi?


21-LABORATORIYA ISHI
Yashil barg pigmentlarini ajratib olish


Darsning maqsadi: Yashil barg pigmentlarini ajratib olish va ularning xossalarini о‘rganish. Barglardan xlorofill pigmentini ajratib olib, uning tarkibi va xususiyatlarini o’rganish.
Umumiy ma’lumot: Fotosintez prosessi xlorofill ishtirokida boradi, uning vositasida yorug’lik nuri yutiladi. Xlorofill yutgan spektr nurlarining energiyasi suv molekulasini parchalashda ishtirok etadi. Suv tarkibidan ajralgan vodorod atomlari hisobiga CO2 organik moddalargacha qaytariladi. Xlorofill tomonidan yutilgan yorug’lik energiyasi hisobiga fotoliz prosessi borishi bilan birga energiyaga boy N molekulalari to’planadi. Kelajakda ular energiyasi fotosintez qorong’ulik fazasida organik moddalarning sintezlanishida sarflanadi.
Kerakli asbob va reaktivlar: O‘simlikdan yangi uzib olingan yoki quritilgan barg, 96% li etil spirti, benzin, СaСO3, 10% li HCl eritmasi, probirkalar, shtativ, pipetka, filtr qog‘oz, voronka, chinni kosacha, tarozi.
Ishni bajarish tartibi: Pigmentlarning xususiyatlari bilan tanishish uchun, o‘simliklar bargi tarkibidagi pigmentlarni ajratib olishda quyidagi usullardan foydalaniladi.
1. O‘sib turgan o‘simlik bargidan bir nechtasini olib, ularning bandi qirqib tashlanadi, keyin esa oq mato bilan changdan tozalanadi. Changdan tozalangan bargdan 5-6 g tarozida tortib olinadi va qaychi bilan mayda-mayda qilib qirqiladi. Maydalangan barg chinni hovonchaga solinadi va yanchiladi (eziladi). Bargning yaxshi ezilishi uchun unga maydalangan shisha kukuni qo‘shiladi.


20-rasm. Yashil barg pigmentlarini ajratib olish


Hovonchadagi barg yaxshi ezilgach, unga 10-20 ml 96% li spirt solib, yana eziladi. Hujayra shirasi tarkibidagi kislotalarni neytrallash uchun aralashma ustiga skalpel uchida ozgina СaСO3 tuzi ham qo‘shib, ezish davom ettiriladi. Shu usulda yaxshilab ezilgan barg va spirt aralashmasi toza yuvib quritilgan probirka yoki kolbaga filtrlanadi .
2. Mabodo, o‘sib turgan o‘simlik bargidan pigment eritmasini tayyorlash imkoniyati bo‘lmasa, ilgaridan olib quritib qo‘yilgan bargdan ham yuqoridagi usulda pigmentlarni ajratib olish mumkin.
3. O‘simlikdan yangi uzib olingan barg maydalanib shisha bankaga solinadi va uning ustiga ma’lum miqdorda 96 % etil spirtdan quyib, banka og‘zi tiqin bilan berkitilib, 20-24 soatga qoldiriladi. Bir sutka davomida barg tarkibidan ajralib chiqqan pigmentlar aralashmasi toza yuvilib quritilgan probirkalarga filtrlanadi. Mabodo, maydalangan barg qismlari to‘la rangsizlanmagan bo‘lsa, unga yana ozgina spirt qo‘shib, yaxshilab chayqatiladi va probirkadagi filtrat ustiga filtrlanadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin