O’simliklar fiziologiyasi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə70/73
tarix28.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#169160
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Усим.физ лаборатория 08.10.2021

Nazorat uchun savollar:
1.O’simliklar hujayralari sovuqqa chidamliligi nimalar hisobiga amalga oshadi?
2. O’simliklar hujayralarida shakarning rolini tushuntiring?
3. Mashg’ulotn bajarish tartibini tushuntiring?


30-LABORATORIYA ISHI
Unayotgan urug‘ tarkibidagi amilaza fermentini aniqlashni о‘rganish


Darsning maqsadi. Talabalar bilan laboratoriyada unayotgan urug‘ tarkibidagi amilaza fermentini aniqlash.
Umumiy ma’lumot. Fermentlar hujayraning barcha organoidlarida uchrab, oqsil asosga ega bo‘lgan organik katalizatorlardir. Hujayrada kechadigan modda almashinuvining hamma tomonlarida ishtirok etadi. Hozirgacha hujayradan 100 dan ortiq ferment ajratib olinib, ularning hammasi oqsillardan iborat ekanligi aniqlangan. Biokimyoviy reaksiyalar tezligini oshiradi. Dastlab achitqi zamburug‘larida aniqlangan. Amilaza yoki diastaza fermenti kraxmalni maltozalarga qadar parchalaydi. Bunda dekstrin deb ataluvchi bir qancha oraliq moddalar ham hosil bo‘ladi. Kraxmalli urug‘lar unayotgan davrda bu fermentning aktivligi oshadi.
Kerakli asbob va reaktivlar: Ungan va unmagan bug‘doy urug‘i, kraxmal agar-agari solingan Petri kosachasi (10 ml suvda 2 g kraxmal, 2 g agar-agar qo‘shib tayyorlangan), skalpel, pinset, suv solingan stakan, yodning kaliy yodiddagi kuchsiz eritmasi (kuchli eritmani 10 marta suyultirilgani).

35-rasm. Katalaza faolligini aniqlash asbobi
1. Katalaznik, 2. 100 ml byuretka, 3. shisha kolba (nok), 4. shishi uchlik, 5. Mor qisqichi


Ishni bajarish tartibi: Buning uchun bug‘doyni unmagan urug‘idan bir nechtasini o‘rtasidan kesib suv bilan namlanadi. So‘ngra pinset yordamida urug‘larni kesik tomonini pastga qaratib kraxmalli agar-agar plastinkani yarmiga asta joylashtiriladi. Bug‘doyni ungan urug‘idan kesib olib xuddi yuqorigidek qilib agar-agar plastinkasini ikkinchi yarmiga joylashtiramiz. Urug‘lar qurib qolmasligi uchun Petri kosachasining qopqog‘i yopib qo‘yiladi. Bir soat o‘tganidan keyin agar-agar plastinkasini hamma tomoniga kuchsiz yod eritmasi quyiladi. Olingan natijalarni har xil bo‘lish sababini tushuntirib bering.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin