O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə26/119
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#205479
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   119
O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua

Stipa gnezdilloi Pazij (Poaceae). Ko’hitang tizmasining kamyob o’simliklaridan biri. Surxon qo’riqxonasida Kampirtepa bo’limi Machilli soyining yuqori qismida d.s. 2000-2500 m balandlikda toshlig’shag’alli qiyaliklarda tarqalgan, soni sp1.


  • Taraxacum gnezdilloi Kovalevsk. (Asteraceae). Ko’hitang tizmasidagi kamyob turlardan biri. Qo’riqxonaning Kampirtepa, Sherjon bo’limlarining janubiy qismida uchraydi. Mayda jins tuproqli va toshli yonbag’irlarda d.s. 1200-1800 m balandlikda o’sadi, soni sp3.


  • Xylanthemum rupestre (Popov ex Nevski) Tzvelev. Surxon qo’riqxonasining endem o’simligi. Qo’riqxona hududining Qizilolma bo’limida tarqalgan. Asosan toshli, shag’alli, qoya toshlar orasida d.s. 2500-3000 m balandlikda uchraydi.

    Shuningdek, qo’riqxona hududida 5 ta subendem maqomiga ega bo’lgan turlar ham aniqlandi (3-ilovada turlarning qo’riqxona hududida tarqalish xarita-sxemasi keltirilgan). Bu turlarning tarqalish chegarasi Ko’hitang tizmasi atrofidagi ayrim hududlarga ham to’g’ri keladi.




    1. Astragalus bobrovii B. Fedtsch. (Fabaceae). Surxon qo’riqxonasidagi kam tarqalgan subendem o’simlik. Qo’riqxonaning Qizilolma hududi shimoliy qismida 100 m2 maydonda 10-20 tagacha uchraydi. Bu turning areali Janubi-G’arbiy Hisor okrugining Xo’ja-Gurgurota tizmasida ham uchraydi [59, 127].


    2. A. willisii Popov. Surxon qo’riqxonasidagi kamyob o’simlik turlaridan biri. Tangidara hududida va Qizilolma bo’limining shimoliy qismidagishag’al-toshli yonbag’irlarda hamda archazorlar ichida d.s. 1200-1600 m balandlikda, yakka-yakka holda (8-10 dona) tarqalgan. Turning areali Katta Qurchuq tog’iga ham chiqadi [59, 127].


    3. Euphorbia densiuscula Popov (Euphorbiaceae). Ko’hitang tizmasining kamyob turlaridan biri. Bog’lidara hududida d.s. 1200-1300 m balandlikda tarqalgan. Bundan tashqari Boysun tog’ tizmasida (Kattaqamish qishlog’i) ham uchraydi [59, 127].


    4. Phlomis spinidens Nevski (Lamiaceae). Kampirtepa, Qizilolma va Xatak bo’limlarida d.s. 1200-1500 m balandlikda tarqalgan kamyob tur. Mayda jins tuproqli, gilli, ola jinsli tuproqlarda 100 m2 maydonda 30-35 dona o’sadi. Bu turni Darband atroflarida ham uchratish mumkin [59].


    5. Salvia lilacinocaerulea Nevski. Ko’hitang va Boysun tog’ tizmalarida kam tarqalgan tur. Qo’riqxonaning Kampirtepa bo’limi Zaharli dovoni atroflarida d.s. 2500-2700 m balandlikda shag’alli, mayda toshli tuproqli yerda o’sadi. 100 m2 maydonda 10-20 tup. Bu turning areali qo’riqxona hududiga qo’shni bo’lgan Boysuntog’ tizmasi hududlarida ham tarqalgan [59].

    Qo’riqxonadagi endem va subendem taksonlarning 22 turi (umumiy floraning 2,96%) tog’, 4 turi (0,54%) yaylov, 1 turi (0,13%) adir mintaqalarida tarqalgan. Bundan ma’lum bo’ladiki, endem o’simliklarning asosiy qismi qo’riqxonaning tog’ mintaqasi hududida tarqalgan. Hayotiy shakllariga ko’ra, endem o’simliklarning 12 turi (umumiy floraning 1,61%) o’qildizli polikarp o’tlarga, 3 tur yarimbutachalarga (0,40%), 2 tur (0,27%) ikki yilliklar o’tlarga to’g’ri keladi. Butalar, yostiqsimon polikarplar, ildizpoyali polikarplar, piyozli polikarp o’tlar, ildiztugunakli, tugunakpoyali polikarp o’tlarda 1 turdan (0,13%) iborat. Bu turlarning areali tahlil qilinganda qo’riqxona egallagan maydonlar va Ko’hitang tizmasi arealining asosiy qismi ekanligi ma’lum bo’ldi. Shunday qilib, Surxon qo’riqxonasida endem taksonlar (subendemlar bilan birga) 27 turdan (3,63%) iborat. Nurota qo’riqxonasida esa bu ko’rsatkich 21 turni – 2,6% tashkil qiladi.


    Surxon davlat qo’riqxonasi florasi tarkibidagi 37 turdagi o’simliklar “O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobi” ga kiritilgan (4-ilovada turlarning qo’riqxonada tarqalish xarita-sxemasi keltirilgan).



    1. Allochrusa gypsophylloides (Regel) Schischk. – Kachimsimon yetmak (Caryophyllaceae). Areali qisqarib borayotgan O’rta Osiyodagi endem o’simlik. Surxon qo’riqxonasining Sherjon va Kampirtepa hududlarida dengiz sathidan 900-1500 m balandlikda tarqalgan. 100 m2 maydonda 50-60 tup uchraydi.



    2. Yüklə 0,61 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   119




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin