C. triceps Kult. Surxon qo’riqxonasida faqat Qizilolma bo’limida uchraydi. Toshli va shag’alli yonbag’irlarda d.s. 2700 m balandlikda yakka-yakka holda o’sadi. 100 m2 maydonda 10-15 donani tashkil etadi.
Echinops multicaulis Nevski. O’zbekistonning janubidagi kamyob tur. Qo’riqxonada asosan Qizilolma, Bog’lidara, Tangi-Dara hududlarida tarqalgan. Tog’ning pastki va o’rta qismida (d.s. 1800 m balandlikkacha) shag’alli, mayda toshli, mayda zarra tuproqli yerlarda (o’rtacha 20-30 dona) o’sadi.
Ferula nevskii Korovin (Apiaceae). Ko’hitangda keng tarqalgan turlardan biri. Bu tur qo’riqxonaning hamma hududlarida mayda jins tuproqli, toshli, shag’al-toshli yonbag’irlarda, d.s. 1500-200 m balandlikda uchraydi. Soni sor1.
Juno vvedenskyi (Nevski ex Woronow) Nevski (Iridaceae). Ko’hitang tizmasidagi endem o’simlik. Tizmaning sharqiy qismida, qo’riqxonaning Xo’janqo bo’limi Kuyukdara soyining janubiy yonbag’rida tarqalgan. Mayda toshli, mayda jins tuproqli, shag’alli yonbag’irlarda d.s. 1200-1800 m balandlikda o’sadi, soni sp1- sp2.
Jurinea tapetodes Iljin (Asteraceae). Kam uchraydigan tur. Ko’hitang tizmasining sharqiy qismida Surxon qo’riqxonaning Kampirtepa, Sherjon va Vandop bo’limlarida tarqalgan. Shag’alli va mayda toshli yonbag’irlarda d.s. 2200-2800 m balandlikda o’sadi, soni sp2.
Lepidolopha fedtschenkoana Knorring. Surxon qo’riqxonasida juda kam uchraydigan turlardan biri. Faqatgina Bog’lidara va Tangi-Duval hududlarida d.s. 1000 m balandlikda tosh yoriqlarida, toshli va shag’alli yonbag’irlarda uchraydi. Asosan yakka-yakka holda to’p-to’p bo’lib o’sadi, soni sp1.
Oxytropis megalorrhyncha Nevski (Fabaceae). Surxon qo’riqxonasining endem turi. Ko’hitang tizmasining sharqida Qizilolma bo’limining shimoliy qismida tarqalgan. Toshli va shag’alli yonbag’irlarda d.s. 2500-2800 m balandlikda o’sadi. 100 m2 maydonda 5-10 dona atrofida uchraydi.
O. pseudoleptophysa Boriss. Surxon qo’riqxonasidagi kamyob turlardan biri. Bu turning populyatsiyasi faqat ikkita joyda aniqlangan. Birinchisi, Kampirtepa bo’limining yuqori qismi Zaharli dovonidagi (d.s. 2500-2700 m) toshli, shag’al-toshli yonbag’irlikda, ikkinchi populyatsiyasi Qizilolma bo’limining shimolida (d.s. 2100-2600 m) mayda toshli, shag’alli yonbag’irlikda tarqalgan.
Rosa bellicosa Nevski (Rosaceae). Ko’hitang tizmasida kam tarqalgan tur. Tizmaning g’arbiy qismida Ko’hitang qishlog’i yaqinida hamda Surxon qo’riqxonasida Kampirtepa va Shalqonsoylarning yuqori qismida uchraydi. Toshli, shag’al-toshli, mayda jins tuproqli soy bo’ylarida o’sadi, soni sp2.
Scutellaria heterotricha Juz. et Vved. (Lamiaceae). Surxon qo’riqxonasi Xo’janqo bo’limining shimoliy qismida tarqalgan. Xarsang toshlar yonbag’rida d.s. 1500-2000 m balandlikda o’sadi, soni sp2.
S. nevskii Juz. et Vved. Ko’hitang tizmasida kam tarqalgan tur. Qo’riqxonaning Tangi-Dara bo’limida d.s. 1200-1400 m balandlikda ola jinsli, ohaktoshli hamda gipsli yonbag’irlarda kichik populyatsiyada saqlanib qolgan, soni sp1.
Seseli nevskii (Korovin) Pimenov et Sdobnina (Apiaceae). Ko’hitang tizmasining sharqiy qismi Surxon qo’riqxonasining endemi hisoblanib, Xodja-fil-ota bo’limida toshli, shag’al-toshli yonbag’irlarida d.s. 1800-2300 m balandlikda tarqalgan [10].
Silene nataliae F.O. Khass., I.I. Malzev (Caryophyllaceae). Surxon qo’riqxonasining endemi. 1991 yilda F.O. Xasanov va I.I. Maltsevlar tomonidan [106] Kampirtepa bo’limi, Machilli soyining yuqori qismi d.s. 2200 m balandlikdan topilgan. Hozirgi kunda 60 tupdan iborat ikki populyatsiyada saqlanib qolgan. Tadqiqot natijasiga ko’ra O’zbekiston Qizil kitobining 2010 yildagi yangi nashriga kiritildi.