Tog’ zonasi o’simliklar qoplami.
Tog’ zonasi dengiz sathidan 1200-1600 dan 2700-2800 metrgacha ko’tarilgan yerlar. Tog’ zonasi cho’l va adirga nisbatan ancha qulay sharoitga ega. Bu yerlarda yog’adigan yog’ingarchilik miqdori ancha ko’p, tuproq tiplari ham har xil. Shu sabablarga ko’ra tog’ zonasining florasi va o’simliklar qoplamlari ancha boy.
Tog’larda halq xo’jaligimiz uchun g’oyat ahamiyatga ega bo’lgan bir talay o’simliklar formatsiyalari tarqalgan. Bunday o’simliklar qoplamlaridan yong’oqzorlar, archazorlar, zarang, do’lana, oq-qayin, butalar va boshqalarni misol qilib ko’rsatishimiz mumkin. Bunday daraxt va butazorlardan tashqari tog’li rayonlarda juda katta-katta maydonlarda tabiiy o’tloqzorlar, pichanzorlar mavjud. Tog’lar haqiqatda ham halqimizning katta boyligi va xazinasidir. Endi tog’larda tarqalgan ayrim o’simliklar tiplari va formatsiyalariga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Tog’larda eng ko’p tarqalgan va ahamiyati jihatdan muhim turadigan o’simliklar tipidan biri keng yaproqli daraxt va butalar hisoblanadi. Shu nomli formatsiyani tashkil etuvchi ya’ni efidifikator yong’oq daraxti hisobalanadi. Yong’oq daraxtidan tashkil topgan yong’oqzorlar O’zbekistonning Qorontog’, O’gam, Pskom, Chotqol va Hisor tizma tog’larida tarqalgan. Yong’oqzorlar 800-900 dan tortib to 1300-1500 metrgacha bo’lgan balandliklarda uchraydi. Qalin yong’oqzorlar, asosan qo’ng’ir tuproqli shimoliy va shimoliy-sharqiy qiyaliklarda, daryolarning sohalarida ko’p tarqalgan. Yong’oq daraxti suvni sevuvchi bo’lib, namli yerlarda yaxshi rivojlanadi.
Ma’lumki, har xil jamoalarni tashkil qiluvchi har xil turlar doimo o’zaro va muhit bilan murakkab munosabda bo’ladi. Bunday munosabatlarni tushunish uchun ushbu o’simliklar qoplamlariga tarixiy nuqtai nazardan yondashishi zarur. Jamoani tashkil qiluvchi turlar bular tasodifan paydo bo’lgan yoki yig’ilib turgan turlar emas, balki ular ma’lum qonuniyatlar asosida jamoani tashkil qilishadi va birgalikda hayot kechirishadi. Ular minglab, millionlab yillar, ya’ni evolyutsiya jarayonida bir-birlariga va ular bilan muhitga moslashganlar.
Misol uchun qalin daraxtlardan ekologiya suktsessiya degan jarayon bor, qayski u tirik jamoalardan iborat o’rmon, cho’l sahro kabi sistemalarni ma’lum vaqt ichida, hamda har xil sabablarga ko’ra, bir-birini almashtirib turilishi. Bunga ko’proq antropogen, texnogen sabalar hamda tabiiy kuchlar (ofatlar) tufayli ular o’zgarib turishga moyil va majburdirlar. Suktsessiya jarayoniga edifik (tuproq), fitogen (o’simlik) va zoogen (hayvonlar) ta’sirotlari sabab bo’lishi mumkin.
Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekistondagi tog’li hududlarda, ayniqsa bahorgi seryog’in paytlarda surilmalar (ko’chmalar) bo’lib turadi. Bu aslida suktsessiyani bir turi bo’lib unga tabiiy ofat sabab bo’ladi. Bunday surilma paytlarida (bir-ikki yildan keyin) dastlabki pioner o’simliklar ko’ka, qirbo’g’im, suv qalampir o’sib chiqa boshlaydi. Yana bir ikki yil o’tgach boshqa, o’sha atrofdagi o’simliklar qoplamlarini tashkil qiluvchi turlar paydo bo’ladi, 3-4 yillardan keyin esa butalar (na’mataklar, chiya va boshqalar) paydo bo’ladi. Eng oxirida esa daraxtlar paydo bo’ladi. Demak ushbu surilma bo’lib o’tgandan so’ng o’sha tabiiy o’simliklar qoplami 10-12 yillar chamasidan so’ng boshlanadi.
Demak, ushbu fitotsenozni (jamoani) tiklanishida, u albatta cheksiz, to’xtovsiz davom etsa ham, asosiy 3 davrni kuzatamiz.
Bir turdan iborat va siyrak guruhdagi qoplami;
Qalin qoplam, qaysiki o’tchil har xil o’simliklardan iborat qoplami paydo bo’lishi;
Aralash turlardan iborat ikki yarusli fitotsenoz. Birinchi yarusda buta va ikkinchi yarusda o’tchil o’simliklar.
Dastlabki jamoa siyrak holida o’simliklarni bir-birlariga bo’lgan ta’siri juda kuchsiz bo’ladi. Turlarni soni ko’payib, ular qalin bo’lib o’sa boshlagandan keyin ularni ta’siri bir-birlariga kuchli ravishda namoyon bo’la boshlaydi. Natijada mazkur ta’sirotlarga yaxshi bardosh bergan turgina saqlab qoladi va u muhitga yaxshi moslashadi.
Bu jarayonda tuproq qatlamida ham, sezilarli o’zgarishlar boshlanadi, o’simliklarning qoldig’i barg, novda kabilar tuproqqa tushib uni tarkibini, tuzilishini o’zgartira boshlaydi, natijada tuproqni yuqori qatlamida chirindi paydo bo’ladi. Tarkibi boyigan tuproq esa har xil turlarni o’sib rivojlanishiga imkon yaratib beradi. Bunday chirindiga boy tuproqlarda sodda fauna vakillar, chuvalchanglar va boshqalar paydo bo’ladi. Chuvalchanglar esa yanada tuproqni ekologik holatini yaxshilaydi, va yanada boshqa turlarni o’sishiga omil bo’ladi.
Suvli ekosistemalarda ham tirik mavjudotlarni, jumladan o’simliklarni bir-birlariga doimiy va murakkab ta’sirotlarni yaqqol namoyon bo’la boshlaydi.
Orol dengizini qurib qolishida ham har xil suktsession jarayonlarni ko’ramiz. Suv qurib qolgandan keyin ma’lum vaqtgacha botqoqlik hukm suradi. So’ngra o’ta sho’r muhitda o’sa oladigan sarzasan, klimokoptera, sho’ra kabi o’simliklar paydo bo’ladi. Dengiz tubidagi sho’r tuproq atrof-muhitga ta’sir etmoqda, natijada dengizga yaqin joylashgan hududlardagi tuproqlarni tarkibi buzilib, umumiy holatlari yomonlashmoqda.
O’tchil o’simliklarni va daraxtlarni orasida ham bir-birlari har xil ta’sirotlar mavjudki, ularni bir so’z bilan “Yashash uchun kurash” deb atash mumkin. O’simliklar yorug’likni talashib, quyosh tomon intiladi, bir-birlariga soya solib, ayrimlarini qoplashdan chiqarib ham yuborishadi.
Qoplamlardagi turlarni bir-birlariga bo’lgan munosabatlarini V.N.Sukachov (1956) va A.A.Korchiganlar (1956). Bunday o’zaro munosabatlar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi:
Dostları ilə paylaş: |