O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua


Adir zonasining o’simliklar qoplami



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə20/119
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#205479
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   119
O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua

Adir zonasining o’simliklar qoplami.
Adir zonasi dengiz sathidan 600-700 m gacha ko’tarilgan tog’ etaklaridir. Adir zapasi ham o’z iqlim sharoitiga va relefiga ega bo’lgan o’ziga xos maydondir. Bu ancha keng bo’lib, butun respublika tog’larining etak qismlarini tashkil qiladi. Adir maydoni 4 mln dan ortiq, yoki umumiy maydonining 9.5 % ni tashkil qiladi.
Tabiati va iqlimiga ko’ra biroz yumshoqroq, o’rtacha yog’in miqdori cho’lnikidan biroz ko’proq.
Adir zonasining pastki qismlarida efemer o’simliklar keng tarqalgan. Bu o’simliklarning turlari anchagina ko’p. Ayniqsa bulardan dukkaklilar ko’p bo’lib, ularni sifati biroz yaxshiroq hisoblanadi. Bu zonada efemer o’simliklar qatori efemeroidlar (uzoq vegetatsiya qiladigan) ham keng tarqalgan.
Adir zonasida, ayniqsa Janubiy Hisor va Janubiy Tyanshan tog’ tizmalarining etaklarida juda katta maydonlarda qo’ng’irbosh va rang formatsiyalarining qoplamlari uchrab, ular chorva mollari uchun juda serunum o’tloqzorlar hisoblanadilar. Ularni hosillorligi yog’ingarchilikka, ayniqsa bog’liq bo’lib, 2 dan 4-5 sentnerni tashkil qiladi.
Adir zonalarida yana qurg’oqchil yarim buta o’simliklari tipi keng tarqalgan. Bu tipning asosiy edifikatorlari asosan shuvoq turlari bir necha hisoblanib, bular ham yil bo’yi foydalanadigan o’tloqzorlar hisoblanadilar. Shuvoqlar, ayniqsa, kuz va qish paytlarida barcha hayvon turlari tomonidan iste’mol qilinadi. Yoz oylarida esa shuvoqdagi efir moylarini ajralishi ularning tarkibini achchiqroq qiladi va kamroq iste’mol qilinadi.
Adir zonasida qurg’oqchil daraxt va butalar tipi alohida o’rinda turadi.ba’zi bir ilmiy xodimlar va botaniklar bu xos qurg’oqchil buta va daraxtlarni tog’ zonasida o’suvchi mezofil keng bargli daraxtlar qatoriga qo’shadilar. Bu narsa noto’g’ri. Ularni bir-birlariga aralashtirmaslik kerak.
Shunday qilib adir zonasida qurg’oqchil daraxt butalardan iborat o’simliklar qoplami keng tarqalgan. Bu tipga kiruvchi turlar boy va rang-barangdir. Bulardan: bodomcha, Buxoro bodomi, pista, yovvoyi anor, chilon jiyda, shum (yasen), qatrang’i, tuya singren, zarang, chiya, tuya tovon va qizilcha boshqalar keng tarqalgan. Keltirilgan turlar faqat adirlardagina emas balki tog’ zonasigacha ham ko’tariladilar. Albatta, shu narsani hisobga olish kerakki tabiiatda o’simliklarni tarqalishiga qarab ularni chegaralash, bir muncha sun’iy hisoblanadi. Cho’l zonasida o’suvchi o’simliklarni ba’zi-bir turlarini adirda, adir o’simliklarini tog’da uchratish mumkin va buning aksicha, o’simliklarni faqat bir zonada o’sadi deb, aniq aytish ham qiyin, tabiatda ularni chegaralab bo’lmaydi. Shunga qaramay ba’zi zonalarni o’zigagina xos o’simliklari mavjud. Misol uchun, chiya, bodomcha va pistalar, asosan adir zonalardagina o’simliklar qoplamini tashkil qiladi. Ular tog’larga ko’tarilmaydilar.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin