O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua


To’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita bo’ladigan munosabatlar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə22/119
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#205479
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   119
O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua

To’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita bo’ladigan munosabatlar:
  1. Parazitlik;


  2. Simbiozlik;


  3. Allelopatiya;


  4. Bioximik;


  5. Mexanik ta’sirot;


  6. Epifitlik.




Bilvosite ta’sir etadigan munosabatlar:
  1. Muhitni sodir etuvchi ta’sirotlar – harorat, yorug’lik, namlik, radiatsiya;


  2. Raqobatlik (Konkurentlik). Bunday munosabatlar tabiatda ko’p uchrab turadi – Edifik, fitogen, zoogen.





Nazorat savollar.
  1. Nima uchun o’simliklar klassifikatsiya qilinadi.


  2. Klassifikatsiya qilish printsiplari.


  3. Landshaftlar asosida klassifikatsiyalash.


  4. Edafik klassifikatsiya.


  5. Fitotsenotik yoki ekobiomorf klassifikatsiya.


  6. Floristik klassifikatsiya.


  7. Klimatip nima.


  8. Edafotip nima.


  9. Senotip nima.


  10. O’rta Osiyo o’simliklar qoplamini klassifikatsiyalash.



7-MAVZU: O‘zbekiston o‘simliklari va ularni muhafoza qilish


Reja:
1.Markaziy Osiyoning hududi va relefi.
2. Cho‘llar zonasining o‘simliklari.
3. O‘zbekiston tog‘larining o‘simliklari.
4. Sug‘oriladigan yerlar (vohalar) ning o‘simliklari.
5. O‘zbekiston o‘simliklarini muhafoza qilish.


Adabiyotlar 1, 3, 7.
O‘zbekiston Respublikasinnig maydoni Markaziy Osiyo hududida joylashgan. Markaziy Osiyo Hududining relefi juda murakkab. Bu hududning katta qismini tekislik egallaydi. Bu tekislik g‘arbda Orol va Kaspiy dengizlari soxillaridan boshlanib, sharqda va janubiy- sharqda Tyan- Shan va Pomir - Oloy tog‘lari etaklarigacha cho‘zilib boradi. Sirdaryo va Amudaryo kesib o‘tadigan bu tekislik hududi Turon past tekisligi deb ataladi. Shimoliy tomoniQozog‘iston cho‘llariga borib qo‘shiladi. Janubda esa Kopetdog‘ tizmasi va Parapamiz qirlariga yetib boradi. Markaziy Osiyo releflarining tekislik hududlarining hammasi iqlim jihatidan Janubiy cho‘llar kichik zonasiga kiradi. Bu yerlarda havo issiq bo‘ladi. Iyulning o‘rtacha t0si +26+280, maksimal +47+480S (yoz uzun va juda issiq, kuz iliq va quruq, qish qisqa) lekin ba’zan qattiq sovuqlar. -23-300 yetadi. Markaziy Osiyoning tekislik qismida yiliga o‘rtacha 80 - 200 mm yog‘in yog‘adi (kuz - qish va bahor oylarida). Markaziy Osiyoning tekslik qismida qum massivlari ko‘p yerlarni egallaydi. Bu massivlar relefi va o‘simliklari jihatidan turlichadir.Qumli joylar, qumli cho‘llar deb ataladi.Qum sevar-psammofit o‘simliklar o‘sadi. Cho‘l tekisliklarining orasida suv juda ko‘p yuvib ketgan va yillar davomida nihoyatda nuragan ayrim - ayrim past qoldiq tog‘lar va qirlar bor. Markaziy Osiyo cho‘llar qismini bir qancha tumanlarida qumli yoki gil tuproqli massivlar orasida pastkam yerlar uchraydi, bunday yerlarda sizot suvi yaqin turadi. Bu yerlardagi tuproqlarda xlorid va sulfidlar juda ko‘p bo‘ladi. Bunday sho‘rxok yerlarda galofit o‘simliklar o‘sadi. Bunday yerlar sho‘rxok cho‘llar deyiladi. Ular ko‘p joyni egallamaydi, balki boshqa cho‘llar orasida har yer - har erda uchraydi.
Markaziy Osiyoning tekislik qismini janub va sharqdan o‘rab turgan tog‘ tizmalariga yaqin joylarning tuprog‘i bo‘z tuproqdir. Bu tuproqlar sho‘rlanmagan organik moddalarga boy emas. Bunday yerlar lyossli cho‘llar yoki efemer cho‘llar deb yuritiladi. Bular yoz oylarida yorilib - yorilib kyetadi. Bu suvni sust o‘tkazadigan gil tuproqdir. Tipik taqirda o‘simlik deyarli bo‘lmaydi. Taqir atrofidagina bir necha xil o‘simliklar uchraydi. 2. Markaziy Osiyo cho‘llarida relefning, tuproq qatlami, tuproq sho‘rining, tuproq ostki qatlamining har xilligiga, sizot suvining joylashishiga qarab, cho‘llar zonasining turli joyida turli xil o‘simliklar o‘sadi.
Qumli cho‘llar o‘simliklari. Markaziy Osiyo hududida qumli cho‘llarQizilqum vaQoraqumda kata maydonni. Surxondaryo viloyatida (katta qum) va Farg‘ona vodiysining markaziy qismida kichikroq maydonlarini egallaydi. Bu yerlarda daraxtsimonlardan saksovullar, yirik juzg‘unlar, butalardan sho‘rak, cherkez, chog‘on, quyonsuyak, zag‘aza, chalabutalardan shuvoqlar, ba’zi astragallar, o‘tlardan iloq, qo‘ng‘irbosh, arpag‘on, lolalar, boychechaklar, gulsavsar kabi o‘simliklar o‘sadi. Yaylov sifatida foydalaniladi.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin