Cho’l zonasining o’simliklar qoplami Cho’l dengiz sathidan, 600-700 m gacha bo’lgan balandlikda joylashgan tekisliklardan iborat. O’zbekiston maydonining deyarli ko’pchilik qismini cho’l zonasi tashkil etadi. Bunday cho’l va sahro rayonlaridan Qizilqum, Ustyurt, Qarshi cho’li, Sherobod cho’li va boshqalar, respublika maydonining 83 protsentini tashkil qiladi.
Respublikamizning cho’l zonasi o’ziga xos juda qurg’oqchil iqlimga ega. Bundan tashqari bu yerlarda juda quruq tuproqlar, katta-katta qumli massivlar va gipsli jinslar uchrab o’simliklar qoplami ham o’ta qurg’oqchil va shunga moslangandir. Bu zonaning ko’pchilik rayonlarida sho’rxok va qaqir maydonlar ham uchrab turadi.
Cho’lli rayonlarning tuproq sharoitiga qarab juda ko’plab maydonlarni tashkil qiluvchi psammofil, gipsofil va galofil o’simliklari tiplari keng tarqalgan.
Qumli cho’llarda buta-psammofit o’simliklar o’sadi. Cho’lga birinchi marta (ayniqsa bahorda) borgan kishi, uning xilma-xil va o’ziga xos o’simliklarini ko’rib hayratda qoladi: qum tepalari ko’m-ko’k ilak (qum-qiyo) bilan qoplanadi, ular fonida esa tuzg’un, oq saksavul butalari o’sib yotadi, tuzg’un gullaridan burqirib asal hidi havoni tutib ketadi. Hamma joyda patsimon solin ildizlari uchrashi mumkin. Qizil va sariq lemmen lolalari, sariqosh gulining sariq yoki boychechakning oq yulduzchalari bahorda alohida husn beradi. Bahor tugashida, qumli cho’l o’simliklari-psammofitlarni hayoti davom etaveradi.
Cho’l zonasida yana gipsofi o’simliklari ham keng tarqalgan. Bu tipga ba’zibir turlari formatsiyasi, qo’y pechak, singren, oq boyalish, qora boyalish, shuvoq formatsiyasi, keyreuk formatsiyasi, iris va boshqalar kiradi.
Yuqorida bayon qilingan o’simliklar formatsiyalari juda qimmatli bo’lgan qorako’l qo’ylarini manbai hisoblangan o’tloqzorlar hisoblanadi. Bularning barchasi ham qo’ylar uchun tabiiy o’tloqzorlar hisoblanadi va shuning uchun ham ularning ahamiyati katta. Ayniqsa shuvoqzorlar butun yil bo’yi qo’ylar va echkilar uchun ozuqa manbai hisoblanadi. Ularning maydoni 1.7 mln gektarni tashkil qiladi. Toshbuyurg’un va boyalishzorlar ham cho’l zonamizning eng ahamiyatli o’iloqzorlaridan hisoblanadi. Bu o’tloqzorlardan sistemali foydalanish ularni tabiatda saqlab qolishni, ularning hosildorligini oshirishni ta’minlaydilar. Shunga qaramay ba’zi-bir ko’ngilsiz hodisalarni uchratamiz. Butalar yoqilg’i uchun ko’plab kesilmoqda, ko’pchilik vaqtlarda shuvoq ham yo’q qilib yuborilmoqda. Bulardan tashqari shuvoq, singren, parteklar juda ko’p miqiyosda tayyorlanib, ipak o’rash uchun pilla qurtiga ishlatiladi. Natijada bunday tabiiy o’tloqzorlarni maydoni kamayib ketmoqda. Kesilgan va yo’l qilinib yuborilgan ozuqabop o’simliklarning o’rniga yoyilmaydigan begona o’tlar soni va maydoni ko’payib ketmoqda.
Bunday o’tloqzorlarni yaxshilash yo’llaridan biri artizan suvlari bilan sug’orish zogon sistemasi asosida ulardan foydalanishdir.