O‘simliklarni oziqlanishi Reja


Mineral oziq moddalar yetishmasligi va buning natijasida o‘simliklarda kelib chiqadigan kasalliklar



Yüklə 30,92 Kb.
səhifə5/6
tarix20.06.2023
ölçüsü30,92 Kb.
#133027
1   2   3   4   5   6
O‘simliklarni oziqlanishi

6. Mineral oziq moddalar yetishmasligi va buning natijasida o‘simliklarda kelib chiqadigan kasalliklar. Ba'zi elementlar o‘simliklar o‘sib rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Birgina elementning yetishmasligi ham mug‘im fiziologik ahamiyatli jarayon amalga oshishiga to‘sqinlik qilishi va o‘simlik hayot siklini to‘liq o‘tashiga mo‘nelik ko‘rsatishimumkin. Agar o‘simliklarga kerakli elementlar to‘liq yetkazib berilsa va quyosh nuri yetarli darajada ta'minlansa, o‘simliklar hayotiy jarayonlarga kerakli bo‘lgan va ularning o‘sib rivojlanishi uchun zarur barcha birikmalarni sintezlay oladi. Birinchi uchta element- vodorod, kislorod va uglerod mineral oziq moddalar hisoblanmaydi chunki ular suv va havodagi karbonad angidrididan o‘zlashtiriladi.
Qolgan asosiy elementlar o‘simliklar to‘qimasidagi uchrashiga qarab makroelementlar va mikroelementlarga klassifikatsiya qilinadi. Bazi bir hollarda esa to‘qimalardagi makroelementlar va mikroelementlarning farqi jalvaldagi ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlardan unchalik katta bo‘lmaydi.
Masalan, barg mezofillasi kabi ba'zi o‘simlik to‘qimalari temir yoki marganets kabi oltingugurt va magniy ham saqlashi mumkin. Ko‘pgina elementlar o‘simlik talab qiladigan minimal darajada talab qilinadigan konsentratsiyadan bir necha barobar yuqori konsentratsiyalarda saqlanadi.
Bir necha olimlar guruhi makroelementlar va mikroelementlarning klassifikatsiyalanishini fiziologik jihatdan asoslash qiyin deb hisoblaydilar.
Menger va Kirkbi asosiy elemetlarni ularning biokimyoviy ahamiyati va fiziologik vazifalariga qarab klassifikatsiya qilishni tavsiya etganlar. Unda o‘simliklarni oziqlantiruvchi moddalar 4 ta asosiy guruhga ajratilgan.

  1. Birinchi guruhdagi elementlar o‘simliklarning organik (uglerod) birikmalarini hosil qiladi. O‘simlik bu guruh elementlarini oksidlanish va qaytarilish jarayonlari bilan boruvchi biokimyoviy reaksiyalar yordamida o‘zlashtiradi.

  2. Ikkinchi guruh elnmentlari energiya to‘planishida va struktira tuzilishini qo‘llabquvvatlab turio‘da muhim ahamiyat kasb etadi. Bu guruh elementlar o‘simlik to‘qimalarida odatda fosfatlar, boratlar, murakkab silikat efirlar ko‘rinishida uchraydi. Bu moddalar organik molekulalarning gidroksil guruhlariga bog‘langan bo‘ladi. (ya'ni shakar- fosfat).

  3. Uchinchi guruh elementlari o‘simliklar to‘qimalarida erkin ionlar yoki biroi modda bilan bog‘langan ionlar ko‘rinishida, masalan o‘simliklar hujayra devorlarida uchraydigan pektin kislotasi ko‘rinishida uchraydi.

  4. To‘rtinchi guruh elementlari elektron tashilish reaksiyalarida muhim ahamiyatga ega.




Yüklə 30,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin