5. O‘simliklarda mineral elementlarni o‘zlashtirilishi. Azot o‘simliklar eng ko‘p talab qiladigan elementlar qatoriga kiradi. U o‘simliklar hujayralarining juda ko‘p tarkiblariga kirishi bilan birga aminokislotalar va nuklein kislotalar tarkibida ham asosiy element xisoblanadi.. Shu bois azotning yetishmasligi o‘simliklar rivojlanishini juda tez susaytirib qo‘yadi. Azotning yetishmasligi uzoq vaqt saqlanganida ko‘pchilik tur o‘simliklarda o‘simlik asaslariga yaqin joylashgan qari barglarda xloroz kuzatiladi (barglarning sargayishi).
Azotning og‘ir yetishmovchiligida bu barglar butunlay sargayib ketadi (yoki oftobda qoryib ketadi) va to‘kiladi. Yosh barglarda azotning yetishmasligi darhol namoyon bo‘lmaydi chunki qari barglardagi azot yosh barglarga tashib berilishi mumkin. Shu yo‘sinda o‘simliklarda azot yetishmasligi yuqori qismlardagi yosh barglarning yorqin yashil rangdaligi va sariq yoki jigarrang tusdagi pastki qari baglarning paydo bo‘lishi bilan izohlanadi.
Azot yetishmasligi vaqtida o‘simliklar sekin rivojlanadi. Barglar esa sezilarli darajada yupqa bo‘lib, yogochlangan poyalar paydo bo‘ladi. Yogochlanish jarayoni ainokislotalar va boshqa azot saqlovchi birikmalar sintezlanishi uchun kerakli uglevodlarning o‘simliklarda to‘planib qolishi bilan izohlanadi. Azot metabolizmida ishtirok etmagan va o‘simliklarda to‘planib qolgan uglevodlar antotsianlar sintezlanishiga va bu pigmentning to‘plpnishiga olib keladi. Bu jarayon natijasida pomidor va makkajo‘xorining bir necha turlarida, azot yetishmasliga sababli, barglar bandlari va poyalar to‘q qizil rangga kiradi.
Oltingugurt. Oltingugurt ikkita aminokislota tarkibiga, moddalar almashinuvi jarayonlarida faol ishtirok etuvchi bir necha kofermentlar va vitaminlar tarkiblariga kiradi. Oltingugurt yetishmasligining ko‘pgina belgilari azot yetishmasligi jumladan xlorozning yuzaga kelishi, rivojlanishning ortda qolishi va antotsianlar to‘planishi kabi bir xil bo‘ladi. Buning sababi azot va oltingugurtning oqsillar tarkibiga kirishi bilan izohlanadi. Oltingugurt yetishmasligi natijasida kelib chiqadigan xlorozning ilk belgilari azto yetishmasligidagi kabi qari barglarda emas, balki nisbatan yosh barglarda yuzaga keladi. Chunki ko‘pchilik tur o‘simliklarda oltingugurtning qari barglardan yosh barglarga tashilishi unchalik oson jarayon hisoblanmaydi. Shu bois oltingugurt yetishmasligi qari barglar bilan bir paytda yosh barglarda ham xlorozning ilk belgilari yuzaga kelishi bilan amalga oshadi.
2 Guruh: Struktkra butunligini va energiya saqlanishini saqlashda muhimi ahamiyatga ega bo‘lgan mineral oziq moddalaridagi kamchiliklar. Bu guruh fosfor, kremniy va bordan iborat. Fosfor va kremniy o‘simliklar to‘qimalari atrofidagi konsentratsion muhitlarda aniqlangan. Bu muhitlarda yuqoridagi elementlar zaruriu makroelementlar bo‘lib hisoblanadi. Bor elementi esa nisbatan kam konsentratsiyada bo‘lganligi uchun mikroelement hisoblanadi. Bu elementlar o‘simliklar tarkibida uglerod molekulasi bilan efir bog‘lari ko‘rinishida ushlab turiladi.
Fosfor. Fosfor (fosfat holatida (R04)-) shakarfosfat ko‘rinishida nafas olish jarayonlarida oraliq moddalar va fotosintezda, shuningdek o‘simliklar membranasidagi fosfolipidlar tarkibida uchraydi va o‘simliklar hujayralaridagi bog‘larning ajralmas qismi hisoblanadi. Fosfor shuningdek o‘simliklar energetik metabolizmida( ATF jarayonlarida) foydalaniladigan va DNK va RNK nukleotidlar komponentlari tarkibiga kiradi. O‘simliklarga fosfor yetishmasligining o‘ziga xos belgilari ularning o‘sishdan orqada qolishi
va nisbatan yosh barglarning to‘q yashil tusga kirishi, barg tabiiy shakllarining o‘zgarishi va nekrotik to‘qimalar deb ataluvchi kichik- kichik nobud bo‘lgan to‘qimalardan hosil bo‘luvchi doglarning paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi.
Azot yetishmasligidagi kabi elementlar yetishmasligining boshqa holatlarida ham barglarga yengil sariq tus beruvchi antotsianlarning to‘planishiga olib keladi. Azot yetishmasligidagi jarayonlardan farqli ravishda fosfor yetishmasligi paytida rangning o‘zgarishi xloroz hhodisasi bilan bog‘liq emas. Ba'zida barg jigarrang-yashil-binafsha tusga ham kiradi. Fosfor yetishmasligining qushimcha belgilari yupqa yogochlanmagan poyalarning hosil bo‘lishi va qari barglarning yo‘qotilishi bilan ham namoyon bo‘ladi. Shuningdek o‘simlikning rivojlanishdan orqada qolishi ham kuzatiladi.
Kremniy.O‘simliklarga kremniy yetishmasligi oqibatida ular o‘ta egiluvchan va zamburuglarga juda ta'sirchan bo‘lib qoladi. Kremniy asosan endoplazmatik to‘rda sakdanadi va hujayra devorlari va hujayralararo bo‘shlikdarda gidratirlovchi (suv bilan ko‘shilib biror- bir narsa hosil qiluvchi) amorf kremnezem modda hisoblanadi. Kremniy shuningdek polifepollar bilan kompleks birikmalar hosil qiladi va shu yo‘sinda hujayra devorlarini mustahkamligini oshirish uchun xizmat qiladigan lignin moddasining alternativi (o‘rnini bosuvchi) bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari kremniy o‘simliklarning ogir metallar bilan zaharlanishi oqibatlarini yengillashtiradi.
Bor. O‘simliklar metabolizmida borning aniq qanday xususiyatga ega ekanligi to‘liq o‘rganilgan bo‘lmaqsada, kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bor hujayraning o‘sishi, nuklein kislotalarning, garmonlarning sintezlanishida, membrana xususiyatlari saqlanishida va hujayralarda kimyoviy reaksiyalar ketishida faol ishtirok etadi. O‘simliklarda borning yetishmasligi o‘simliklarning turi va yoshiga qarab keng spektrlarda namoyon bo‘ladi. Bor yetishmasligining o‘ziga xos belgilari yosh barglarning va yangi kurtaklarning qorayib nekrozga (chirishga) uchrashidir. Yosh barglarda nekroz barg plastinkasining asos qismida yuzaga keladi.
Poyalar esa noodatiy mo‘rt va qattiq bo‘lib qoladi. O‘simlik ustki qismlarida o‘suvchi kurtaklar to‘kila boshlaydi va mayda sershox bo‘lib qoladi. Shu bilan birga o‘suvchi kurtaklar hujayra bosimining ingibirlanishi bois nekrozga uchray boshlaydi. Mevalar, rezavor mevalar, ildizmevalarda nekrozga uchrash jqrqyonlari yaqqol namoyon bo‘ladi.
3 GURUH: Ion ko‘rinishida saqlanuvchi mineral oziq moddalar kamchiliklari.. Bu guruh quyidagi ma'lum elementlarni o‘z ichiga oladib: makroelementlardan kaliy, kalsiy va magniy, mikroelementlardan xlor, marganets va natriylar. Bu elementlar sitoloza yoki vakuola eritmalarida, shu bilan birga ular yirik uglerod saqlovchi birikmalar bilan ligandlar sifatida va elektrosatik muvozanatni saqlab turishda muhim ahamiyatga ega.
KALIY. Kaliy o‘simliklar organizmida K+ kationi ko‘rinishida saqlanadi. U ujayraning osmotik potensialini boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Kaliy shuningdek
nafas olish va fotosintez jarayonlarida ishtirok etuvchi fermentlar faolligini oshiradi. Kaliy yetishmasligining birinchi belgilari rang barang va xoshiyasimon xloroz boshlanishidir. Undan keyin barg oxirlarida, chetlari va tomirchalari orasida nekroz boshlanadi. Ko‘pgina bir pallali o‘simliklarda bu nekrotik jarohatlanishlar barg oxirlarida va tanalarida, undan keyin barg asoslariga qarab yoyiladi.
Kaliy ionlarining yosh barglarga tashilishi osonligi uchun bu belgilar birinchi navbatda o‘simlik asoslariga yaqin joylashgan yetilgan barglarda kuzatiladi. Kaliy yetishmasligida O‘simliklar poyalari yupqa va kuchsiz bo‘lib qoladi. Ularning qismlari orasi noodatiy qisqa bo‘ladi. Makajo‘xorida kaliy yetishmasligi uning ildiz tizimining tuproqdagi zamburug‘lar qo‘zgatadigan zamburug‘li kasalliklarga moyilligini oshiradi. Zamburuglar poya orqali uning yuqori qismlariga tarqaladi va kasallikka beriluvchanligi bois o‘simlikning egiluvchanligini oshiradi va makkajo‘xori poyasining yerga yotib qolishiga olib keladi.
KALSIY. Kalsiy ionlari (Sa ) yangi hujayra devorlari yaratilishida ko‘pincha o‘rta qismlarda hujayra bo‘linishida faol ishtirok etadi. Shuningdek kalsiy hujayralar bo‘linish jarayonida mitotik bo‘linish urchug‘i hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Kalsiy hujayra memranalari shakllanishida zaruriy element bo‘lib, ekologik va garmonal reaksiyalarda ham ikkilamchi messendjer sifatida ishtirok etadi.(Sanders va boshqalar, 1999). Ikkilamchi xususiyatli messendjerlik xossasi bois kalsiy o‘simliklar hujayralari sitoplazmasida topilgan kalmodulin oqsili bilan bog‘lanishi mumkin. Kalmodulin-kalsiy birikmasi moddalar almashinuvining ko‘pgina jarayonlarini boshqarishda ishtirok etadi.
Kalsiy yetishmasligining o‘ziga xos belgilari o‘simlik qismlarining yosh meristeialarining nekrozga uchrashi, ildiz oxirlari yoki yosh barglarda hujayraning bo‘linishi va hujayra devorlarining shakllanishi tezlanishi bilan ifodalanadi. Nekroz sekin o‘suvchi o‘simliklarda umumiy xloroz ko‘rinishida va yosh barglarning rivojlaniay qolishiga olib keladi. Shuningdek yosh barglarning tabiiy shakllari ham o‘zgarib ketadi. O‘simlik Ildiz tizimi kalsiy yetishmasligida jigarrang tusga kiradi va kalta, sertarmoq bo‘lib qoladi. Kalsiyning kuchli yetishmovchiligida o‘simliklarning meristema qismlari muddatidan oldin nobud bo‘lib ketishi mumkin.
MAGNIY. Magniy o‘simliklar hujayralarida magniy ioni (Md ) holatida bo‘ladi. Magniy ioni DNK va RNK sintezida, fotosintezda va nafas olish jarayonlarida ishtirok etuvchi fermentlarni faollashuvidv ishtirok etadi. Magniy shuningdek xlorofillning halqali strukturasi tarkibiga kiradi.
Magniy yetishmasligining o‘ziga xos belgilari bu elementning yengil tashilishi bois qari barglardagi barg tomirlarining orasida xloroz boshlanishi bilan ifodalanadi. Xlorozning bunday belgilari tomir to‘plamlari orasidagi hujayralarga nisbatan tomir to‘plamlarida uzoq vaqt saqlanib turishi bois yuzaga keladi. Kalsiy yetishmasligi keng tus olsa barglar sariq yoki oq tusga kiradi. Kalsiy yetishmasligining qo‘shimcha belgilaridan yana biri o‘simlik barglarining eota to‘kilib ketishidir.
XLOR. Xlor elementi o‘simliklarda xlor ioni (Sl) holatida bo‘ladi. Xlor ioni fotosintez jarayonida kislorod bilan ta'minlanish uchun suvni parchalash reaksiyalari uchun zarur. Bundan tashqari xlor barglar va ildizlarda hujayralarning bo‘linishida ham ishtirok etadi. O‘simliklarda xlor yetishmasligi natijasida barg oxirlarida barglarning umumiy xlorozi va nekroz yuzaga keladi. Shu bilan birga barglar so‘liy boshlaydi. Barglar o‘sishi ortda qoladi. Barg oxirlarida ronza rangli qismlar paydo bo‘ladi. Ildiz tizimida esa xlor yetishmasligi bois oxirlarida so‘ligan va qalinlashgan qismlar hosil bo‘ladi
Xlor ioni tuproqda tez eruvchan va so‘rilishi juda oson hisoblanadi. Xlor tuproqqa yomgir suvlvri orqali kirib boradi. Mahalliy v aqishloq xo‘jalik ekinlarida xlor yetishmasligi haligacha to‘liq o‘rganilmagan. Ko‘pgina o‘simliklar xlor elementini o‘ziga kerakli bo‘lgan miqdordan anchagina ko‘p miqdorda to‘playdilar.
MARGANeTS, marganets ioni o‘simliklar hujayralaridagi bir necha fermentlarning faollashuvida ishtirok etadi. Marganets ioni Ko‘pincha trikarbon kislotalar hosil bulish reaksiyalari (Krebs sikli)da dekarboksillanish va degidrogenlanish jarayonlari borishi uchun qatnashadigan fermentlar faolligini oshirishda qatnashadi. Shuningdek marganets suv parchalanishi bilan kislorod ajratilishi jarayonlarida ham faol ishtirok etadi. Marganets yetishmasligining asosiy belgilaridan biri xlorozning paydo bo‘lishi bilan barglarda mayda nekrotik doglar paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi. Bu xloroz jarayoni o‘simliklar o‘sish tezligi va ularning turiga qarab qari barglar bilan bir qatorda yosh barglarda ham yuzaga keladi.
NATRIY. Uglerod fiksatsiyasining S4 va SAM yo‘llaridan foydalanuvchi o‘simliklarning ko‘pgina turlari natriy ionlarini talab qiladi. Bu o‘simliklarda fosfoenolpiruvat regeneratsiyasi uchun, S4 va SAM usulida birlamchi karboksillanish uchun substrat hosil bo‘lishi uchun ham natriy ionlari talab qilinadi. Natriy yeiishmasligi paytida o‘simliklarda xloroz va nekroz boshlanadi, ba'zida esa barg shakllanish jarayonlari umuman amalga oshmaydi. S3 o‘simliklarining ham ko‘p turlari natriy ionlariga ehtiyoj sezadi. Natriy xujayora devorlarini kengayishida ishtirok etadi va ba'eida bu element osmotik faol element sifatida kaliy tonlari bilan almashinishi mumkin.
4 GURUH. Oksidlanish- qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etuvchi mineral oziq moddalarning kamchiliklari. Bu guruh 5 ta ozuqaviy elementlarni o‘z ichiga oladi. Bular temir, rux, mis, molibden va nikeldir. Bu elementlarning barchasi qayta oksidlanish va qaytarilish xossasiga ega. (Masalan G‘ye2 + dan G‘ye3 + gacha ). Bu elementlar energiya hosil bo‘lishida va elektronlar uzatilishida muhim ahamiyatga ega. Ular boshqa yirikroq molekulalar, sitoxrom, oqsil, xlorofill (odatda fermentlar bilan birga) bilan birgalikda o‘simliklar tarkibida ushlab turiladi.
TeMIR. Temir elektronlar uzatilishida faol ishtirok etuvchi fermentlar tarkibiy qismi sifatida (oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida) muhim ahamiyatga ega. Xuddi magniy yetishmasligidagi kabi temirning yetishmasligining ham o‘ziga xos belgilaridan biri barglardagi barg tomirlari orasida xlorozning boshlanishidir. Magniydan farqli ravishda bu jarayonlar yosh barglarda yuzaga keladi. chunki temir qari barglardan yosh barglarga yengil tashiluvchan element hisoblanmaydi. Temirning uzoq vaqt yoki kuchli yetishmovchiligida barg tomirlari xlorotik ko‘rinishga o‘tadi va natijada butun barg oq tusga kiradi.
Barglarning xlorotik ko‘rinishga o‘tishi temirning xloroplastlardagi bir qancha xlorofill-oqsil birikmasi sintezlanishida ishtirok etishi bilan bog‘liq. Temirning kam harakatliligi sababli qari barglarda temirning to‘planib qolishi bois, barglarda erimaydigan oksidlar yoki fosfatlar, shu bilan birga o‘simliklar va ularning barglarida uchraydigan temir bog‘lovchi oqsil bilan birga fitoferritin birikmasi hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Temirning to‘plphanib qolishi bois bu metallning floema orqali uzoq masofalariga translokatsiya (tashilishiga) qilinish jarayonlarini izdan chiqaradi.
RUX. Ko‘pgina fermentlarning jarayonlarda qatnashishi va bir qancha o‘simliklarda xlorofill biosintezi uchun rux ionlarini talab qiladi. Ruxning yetishmasligi bo‘g‘imlararo o‘sishnig orqada qolishi va natijada barglarda klasterlar hosil bo‘ladi. Odatda ular o‘simlikning pastki qismlarida va yerga yaqin bo‘lgan qismlarda yuzaga keladi. Barglar o‘sishdan orqada qoladi va barg chetlaridan boshlab burishadi, barglar egilgan shaklga kiradi. Bu jarayonlar yetarli darajadagi miqdorda auksin indol sirka kislotaning ishlab chiqara olinmasligi natijasida yuzaga keladi. Bir qancha tur o‘simlmklarda (makkajo‘xori, dukkaklilar, qo‘qrn jo‘xori) barglar orasida xlorotik belgilar paydo bo‘ladi va bir qancha vaqtdan keyin nerotik doglar payodo bo‘ladi. Bu xloroz xlorofill sintezi uchun talab qilinayotgan ruxning yetishmasligiga javoban yuzaga chiqadi.
MIS, Temir kabi mis ham oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida fermentlar bilan birikadi. Bu fermentlardan biri plastotsianan hisoblanadi. Bu ferment fotosintez reaksiyalarida elektronlar uzatilishida faol ishtirok etadi. (Xaexnel, 1984). Mis yetishmasligining ilk belgilari nekrotik doglarga ega bqlgan to‘q yashil barglarning paydo bo‘lishidir. Bir qancha doglar ilk bora barg oxirlarida paydo bo‘ladi undan keyin barg chetlari bo‘ylab uning asos tarafiga tarqala boshlaydi. Barglar buralib qoladi va noto‘g‘ri shaklga kira boshlaydi. Ruxning o‘tkir yetishmasligida barglarda muddatidan avval abssess boshlanadi.
MOLIBDeN. Molibden ionlari (Mo4+ orqali Mo6+) bir qancha furmentlar, jumladan nitratreduktaza va nitrogenaza fermentlari tarkibiga kiradi. Nitratreduktaza o‘simliklar hujayralarida nitratlarning o‘zlashtirish jarayonida nitrit holatidan nitrat holatiga tiklanishini katalizlasa, nitrogenaza fermenti esa gaz holatidagi azotning azot tutuvchi mikroorganizmlarda ammiakka aylanishinini katalizlaydi. Molibden yetishmaganida birinchi belgilar sifatida barglar tomirchalari orasida xloroz boshlanishi va qari barglarning nekrozga uchrashi namoyon bo‘ladi.
Ba'zi o‘simliklarda (gulkaram, brokkoli karami) barglar nekrozga uchramasligi mumkin, buning o‘rniga barglari buralib qoladi va buning natijasida barglar nobud bo‘ladi. Molibden Nitratlar bilan birgalikda azotning fiksatsiyasi va assimiliyasiyasida faol ishtirok etsada, agar azot manbasi birinchi navbatda nitratlarga va o‘simlik simbiotik azot fiksatsiyasiga bog‘liq hisoblansada, molibdenning yetishmasligi azot yetishmasligiga olib kelishi mumkin. O‘simliklar kam miqdorda molibden talab qilsada, tuproqning tarkibida o‘simliklar uchun yetarli miqdordagi molibden uchramaydi. Bunday holatlarda tuproq tarkibiga biroz miqdorda molibden kiritilsa, kam xarajat evaziga sezilarli darajada hosildorlikni oshirish mumkin.
O‘simlik to‘qimalaridagi mineral moddalarning tahlili. O‘simliklar o‘sishi va rivojlanishi davomida mineral elementlarga nisbatan talablari turlicha bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik o‘simliklarida belgilangan bosqichlarda mineral moddalar bilan ta'minlanishi iqtisodiy jihatdan ularning hosildorligi oshishiga xizmat qiladi.(tuganak, don va boshqalar). Fermerlar tuproq
tarkibidagi va o‘simliklar to‘qimalaridagi mineral moddalarning miqdorini tahlil
qilish yo‘li bilan o‘g‘itlash grafigini aniqlaydilar va hosildorlikni oshiradilar.
Tuproq tahlili ildiz atrofidagi tuproqlardan olingan namunalar tarkibini kimyoviy usullarda aniqlashdir. Quyida keltirilganidek tuproqning kimyoviy va biologik tabiati murakkab bo‘lib, tahlil natijalari namunalarni saralash usullari, namunalarni saqlash sharoitlari va shu bilan birga oziq moddalarning ekstraksiya usullariga qarab o‘zgarib ketishi mumkin. Tuproqning aniq tahlili o‘simliklar ildizlarining oziq moddalarni me'yoriy o‘zlashtira olishi mumkin bo‘lgan darajada tarkibidagi mineral moddalarning miqdorini belgilashdir. Tuproq tahlili o‘simliklar qancha miqdorda ozuqa moddalariga zaruriyatga ega ekanligi yoki qancha miqdorda ozuqa moddalari yetishmasligi haqida aniq xulosa berishga asos bo‘la olmaydi. Bu haqda aniqroq xulosaga ega bo‘lish uchun o‘simliklar to‘qimalari tahlillarini o‘tkazish kerak bo‘ladi.
O‘simliklar to‘qimalarining tahlilini tugri qo‘llash o‘simliklar o‘sishi va o‘simliklar to‘qimasidagi mineral moddalarning konsentratsiyalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tushunishga yordam beradi. Oziq moddalarning o‘simlik to‘qimalarida konsentratsichsining kamayishi natijasida ularning o‘sishi ham sekinlashadi. Oziq moddalarining yetkazilishining oshirilishi o‘sish va hosildorlikni oshishiga to‘g‘ridan to‘g‘rib bog‘liqdir. Oziq moddalar o‘zlashtirilishining miqdori oshishi lekin qayta ishlanish jarayoninig o‘zgarmasligi mineral moddalarning o‘simlik to‘qimalarida to‘planishiga va to‘qimalarda ularning konsentratsiyasining oshishiga va mineral moddalarning hosildorlikka bog‘liq bo‘lmay qolishiga olib keladi.