Amaliy mashgulot
Bajaruvchi; Mustafaqulova Odina
Osish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari
O‘sib kelayotgan organizmni to’g‘ri tarbiyalash uchun bola organizmini o‘sish va rivojlanish kabi asosiy xususiyatlarini bilish zarur. O‘sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar kabi, odam organizmiga xos xususiyatdir. Organizmning har tomonlama o‘sish va rivojlanishi uning paydo bo‘lgan vaqtidan boshlanadi. Bu ikki protses murakkab jarayon hisoblanib, bir-butun va bir-biriga bog‘langandi O‘sish deganda tana hujayralarining ko‘payishi natijasida tirik organizm o‘lchamlarining ortishi, ya’ni bo‘yning cho’zilishi, og‘irlikning ortishi tushuniladi. Bola ma’lum yoshgacha to‘xtovsiz, ammo o‘sish davrida ayrim tana qismlarining nomunosib o‘sishi (bosh, oyoq va qo‘l suyaklari, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i va ichki organlari) va turli yoshda har-xil jadallikda bo‘lishi mumkin, shunga qaramasdan barcha to‘qima va hujayralarda ya’ni organlarda o‘sish bir vaqtda ayollarda o‘rtacha 17-18 yoshgacha, yigitlarda 19-20 yoshgacha tugallanadi. O‘sish qatorida hujayrada ularning bajaradigan vazifasining ortishi jarayoni kuzatiladi. Bu rivojlanish jarayonidir. Rivojlanish deganda o‘sayotgan organizm to‘qima hujayralarining va organlarining shakllanishi, ya’ni bola organizmi hujayralarining takomillashib, o‘smirlik va yetuk yoshdagi odamlarga xos Odam organizmining rivojlanishi umr bo‘yi davom etib, turadigan to’htovsiz jarayondir. Bolaning rivojlanishi tuxum hujayraning otalanishidan boshlab umr oxirigacha davom etadi. Organizm jismonan, aqlan va jinsiy rivojlanadi, ya’ni, murakkablashadi. Organizm o‘sish va rivojlanishida barcha etaplarni bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik, yoshlik, etuklik davrlarini bosib o‘tadi. Odam hayotining har bir davrida shu davrning harakterli xususiyatlari, oldingi davrning qoldiqlari, kelgusi davrning kurtaklari paydo bo‘ladi. O‘sish bu organizmning miqdor ko‘rsatkichi, rivojlanish sifat ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bu ikki jarayon notekislik, uzluksizlik, geteroxronik va akseleratsiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi.bo‘lgan bir muncha murakkab to‘qima va organlarga ega bo‘lishiga aytiladi. Tana vazni yoshga qarab quyidagicha o‘zgaradi. Yangi tug‘ilgan qiz bolalarning o‘rtacha vazni 3,5 kg, o‘g‘il bolalarniki esa 3,4 kg, bo‘ladi. Bolaning vazni tug‘ilganidan keyingi birinchi oyda 600 g, ikkinchi oyda 800 g ortadi. Bir yashar bolaning vazni tug‘ilganidagi vaznidan uch marta ortib 9-10 kgga etadi. 2 yoshda bolaning vazniga 2,5-3,5 kg qo‘shiladi. 4, 5, 6 yoshlarda bola vazniga har yili 1,5-2 kg qo‘shilib boradi. 7 yoshdan boshlab uning vazni tez ortib boradi. 10 yoshgacha o‘g‘il bolalar bilan qiz bolalar tana vazni bir xilda o‘zgaradi. Jinsiy etilish boshlanishi bilan qizlarning vazni 4-5 kg dan 14-15 yoshda har yili 5-8 kg ortadi. O‘g‘il bolalarda esa 13-14 yoshdan vazni 7-8 kg ortadi. 15 yoshdan boshlab ularning vazni qizlarning vaznidan ortib ketadi Aqliy rivojlanishning notekisligini barcha sinf o‘quvchilarida ko‘rish mumkin. Bu notekislik ayrim hollarda bolaning aqliy jihatdan orqada qolishi bo‘lsa, boshqa holda shaxsning nisbatan tez o‘sib ketishi sabab bo‘ladi. Birinchi holda bu xususiyatning ustunligi kichik maktab yoshidagi bolalarga xos bo‘lsa, boshqa holatlda o‘qituvchining dars berish mahoratiga ham bog‘liqdir. Ikkinchi holatlda o‘quvchi o’z sinfdoshlaridan o‘zib ketgan holda, u mustaqil bo‘lishga va o’zbilarmonlikka berilib o‘qituvchiga ham bo’ysinmay qoladi. Bunday o‘quvchilar o‘qituvchiga nisbatan tenglashishga harakat qilib, o‘z sinfdoshlariga hurmatsizlik bilan qarab hayot tajribasidan orqada qoladi. Shuning uchun bolalarni nisbatan o‘zib ketishiga nisbiy munosabatda bo‘lish kerak bo‘ladi. Bolalarni individual o‘sish va rivojlanishini e’tiborga olmasdan turib ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish mumkin emas. Bolalarning yoshlariga nisbatan aqliy kamol topishi ularning shaxsiy qobiliyatiga va atrof muhit sharoitiga ham bog‘liqdir. Ularning aqliy va psixologik rivojlanishi bolalarni o‘rab to‘rgan muhitga va o‘quv-tarbiyaviy ishlarga ham bog‘liqdir. Shuni yodda tutish kerakki, bolalarning nisbatan bir necha yil bir xil sharoitda yashashi ularning shaxsiy o‘sish tempiga ta’sir etadi. Shu bilan birga kichik maktab yoshidagi bolalar orasida o‘ta qobiliyatlilari ham uchrab turadi. Bularni vunderkindlar (nemis tilida sehrli bolalar) deyiladi. Ko‘pgina atoqli odamlarning yoshligidanoq katta qobiliyatga ega bo‘lganliklari bizga ma’lum. Jumladan, buyuk allomalarimizdan Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy va Abu Ali ibn Sinolarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Abu Ali ibn Sino 16-17 yoshidanoq mashhur tabib-hakim bo‘lib tanilgan. Dunyoning birinchi vunderkindi deb Italiya yozuvchisi Torkvato Tasso e’lon qilingan. U 13 yoshida Balon universiteti talabasi bo‘lgan. Viktor Gyugo esa Fransiya Akademiyasining rag‘batnomasini olgan. Yana buyuk kompozitor Motsartni misol qilishimiz mumkin. U 4 yoshida musiqa yozgan. Bunday misollarni tarixda ko‘p keltirishimiz mumkin. Hozirgi davrda bunday bolalarga davlatimizda katta e’tibor berilmoqda. Ular uchun maxsus litsey va gimnaziyalar tashkil etilgan. Bolalarning jismoniy va aqliy jihatdan o‘sishi va rivojlanishida, yuqorida aytib o‘tilganidek, turmush sharoiti, maktabdagi mehnat faoliyati, jismoniy mashqlar, kasalliklar bilan og‘rigani muhim ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, ob-havo sharoiti, iqlim sharoiti, quyosh radiatsiyasi ham ularning o‘sishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar yoz faslida (iyul-avgust) xususan tez o‘sadi. Agar bola kichikligidan muntazam ravishda jismoniy mashqlar va sport bilan shug‘ullansa u sog‘-salomat o‘sadi, uning organlari uyg’un rivojlanadi. M-n. bola nafas organlarining Somatotrop gormon yoki o‘sish gormoni. O‘sish gormoni organizmda o‘sish va jismoniy rivojlanish jarayonlariga ta’sir etadi. Bu gormonning nishon - a’zolari bo‘lib suyak hisoblanadi. Bundan tashqari, biriktiruvchi to‘qimalarga boy: muskullar, paylar va ichki O‘sish garmoni - o‘sishni boshqaradi organizmda oqsil hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Somatotropin garmoni ta’sirida qo‘l-oyoqdagi suyaklarni o‘sishini kuchaytiradi. Agarda gipofizning oldingi bo‘lagining aktivligi oshsa (giperfunksiya) bola gavdasi bo‘yiga kuchli o‘sib ketadi, uning funksiyasi pasayib ketsa pakanalikka olib keladi. Katta yoshli odamlarda ortiqcha garmon hosil bo‘lsa qo‘l-oyoq panjalari burun pastki jag‘, til, ko‘krak va qorinb o‘shliqlari kattalashadi, bunda yalomatakromegaliya kasalligi deyiladi. Pro’laktin sut bezlarida sut hosil bo‘lishiga sharoit yaratadi. Tug‘ishdan keying pofizning pro’laktin ajratishi kuchayadi va sut yullari kengayadi sut so‘rg‘ichlarga keladi. Tireotrop gormoni qalqonsimon bezini funksiyasini kuchaytiradi. Adrenokortikotron gormoni esa buyrak usti bezlarini po‘stloq qismida ishlab chiqaruvchi glyukokartik oid gormonlarini fiziologik stimulyatoridir.a’zolarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. o‘sish jarayonining stimulyatsiyasi, somatotrop gor
. Kartikotropin oqsil parchalanishini yuzaga keltirib sintezlanishini tormozlaydi. Adrenokortikotron gormon ta’sirida limfa tugunlari, taloq va ayrisimon bezning kattaligi va og‘irligi kamayadi. Gonadotroplar uchta gormonlarni o‘z ichiga oladi (follikul - kuchaytiruvchi, lyuteinlashtiruvchi va lyuteotrop
. Follikul -kuchaytiruvchi garmon tuxumdonda follikulning o‘sishini, undagi suyuqlik ajralishini, follikulani o‘rab turadigan qobiqlarini shakllantirishini kuchaytiradi. Lyuteinlashtiruvchi garmon ovulyatsiyadan oldin tuxumdonning vezikulyar follikulaning o‘sishi uchun zarur. Bu garmon ta’sirida ovulyatsiya bo‘lib sariq tana hosil bo‘ladi. Lyutropin esa estrogenlarning hosil bo‘lishini kuchaytirdi. Erkaklarda esa bu garmon androgenlar hosil bo‘lishiga sharoit yaratadi. Gipofizning o‘rta bo‘lagidagi melonatropiya garmoni pigment almashinuviga ta’sir etadi. Gipofizning orqa bo‘lagi gipotalamik sohaning supraoptik va paravenrikulyar yadro’lari bilan bog‘langan. Bu yadro’lar neyrosekret suyuqligini o‘tkazadi. Paraventrikulyar yadro hujayralarida oksitotsin farmoni, supraoptik yadro neyronlarida vazoperssin garmoni gipofizning orqa bo‘lagida hujayralarida to‘planadi2.. XIX asr oxiri XX asr boshlarida ko‘p mamlakatlarda bolalarning bo‘yiga o‘sishini tezlashganligi aniqlangan. Bu xaqdagi ma’lumotlar 1876 yilda matbuotda e’lon qilingan. 1935 yilga kelib nemis olimi E.KOX o‘sish va rivojlanishdagi sodir bo‘layotgan tezlashuvni akseleratsiya deb atagan. Akseleratsiya - lotincha so‘z bo‘lib tezlashuv degan ma’noni bildiradi.
Akseleratsiya yosh avlodning ruhan va jismonan tez o‘sishidir. Akseleratsiya 100 yil ya’ni bir asr ichida yaqqol ko‘zga tashlanganligi uchun, akseleratsiya keng ma’noda "sekulyarniy trend" ya’ni asriy tendensiya deyiladigan bo‘ldi. So‘nggi 100 yil ichida yangi tugilgan chaqaloqlarning buyi 5-6 smga, kichik va urta maktab yoshidagi bolalarning bo‘yi 10-15 sm ga, vazni esa 8-10 kg ga ortdi. Bundan tashqari akseleratsiya katta odamlar tana o‘lchamlarining ortishini, odam umrining uzayishini, hayz kechroq tugashini, ruxiy funksiyalar va odam rivojlanishidagi boshqa o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.
Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani biologiyaning mustaqil bir tarmog`i hisoblanib, ikkita alohida fanning birikmasidir. Bu fanlar o`zaro bir-birini to`ldiradi va yosh avlodni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani 1970 yildan boshlab pedagogika oliy o`quv yurtlarining o`quv rejasiga kiritildi.
Yosh fiziologiyasi fiziologiya fanining bir qismi hisoblangan odam fiziologiyasida yangi ma'lumotlarning to`planishi natijasida mustaqil fan bo`lib ajralib chiqdi.
Yosh fiziologiyasi fani- turli yoshdagi bolalar va o`smirlarning organizmlarida kechadigan o`sish va rivojlanish jarayonlarini, organlari, to`qimalari va tizimlarining o`ziga xos yosh xususiyatlarini o`rganadi.
Yosh fiziologiyasi o`rganadigan asosiy ob'ekt bolalardir. Yosh fiziologiyasi biologiya fanlari qatoriga kiradi, biologik fanlarga asosan sitologiya, gistologiya, odam anatomiyasi, odam fiziologiyasi, gigiyena, sanitariya, iqlimshunoslik kabi fanlar bilan aloqada. Maqsadi-yosh avlodning jismoniy va aqliy jihatdan uyg`un rivojlanishi, sog`lom hayot kechirish asoslarini aniqlashdan iborat. Vazifasi-o`sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish, bir butun organizm, uning tizimlari, organlari, to`qimalari Yosh fiziologiyasi o`sib rivojlanib kelayotgan organizmning yoshiga oid morfologik xususiyatlari, nerv sistemasi, yurak-qon tomir, tayanch harakatlanish fiziologiyasi va rivojlangan organizmning xususiyatlari, kasalliklarning oldini olish, sog`likni saqlash kabi fiziologik jarayonlarni tushunib olishga yordam beradi. Shuningdek, yosh fiziologiyasi va gigiyena fani o`sib kelayotgan organizmdagi turli bosqichlarga xos bo`lgan funksional va psixologik xususiyatlarga etibor beradi. Shu asosida tashqi muhitning turli omillariga bo`lgan gigiyenik talab va normativlarini hamda bolalar va o`smirlarning normal funksional rivojlanish imkoniyatlarini yanada takomillashtirish tadbirlarini yo`lga qo`yishda muhim ahamiyatga ega.va hujayralarini ishlash xususiyatlarini turli yoshga aloqador davrlarda aniqlash.
XII asrda yashab ijod qilgan Ismoil Jurjoniy, Najibuddin Samarqandiy, XVI asrda yashagan Sulton Ali Tabib Xorosoniy anatomiya, fiziologiya va gigiyena fanining rivojiga katta hissa qo`shganlar. XVII asr fiziologiyaning paydo bo'lish davri hisoblanadi. 1628 yilda V.Garvey qon aylanish sistemasini, XVII asrning birinchi yarmida fransus filaso`fi R.Dekart refleksni G.Proxaski joriy qilgan. XIX asrda fiziologiya mustaqil fan sifatida tez rivojlana boshladi. Fiziologiya rivojlanishiga hissa qo`shgan rus olimlaridan I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, S.P.Botkin, A.A.Ostroumov kabi fiziologlari va klinistlari ishlab chiqqan progressiv, materialistik ta'limot yaratildi. I.M.Sechenov 1862 yili “Markaziy nerv sistemasidagi tormizlanish xususiyatlari’ 1863 yili “Bosh miya reflekslari” 1904 yilda I.Povlov hazm sistemasi fiziologiyasiga oid ishlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo`ldi. U shartli reflenkslarni kashf etdi, oliy nerv faoliyati tiplarini yaratdi, ikkinchi signallar sistemasini o`rgandi. Yosh fiziologiyani mustaqil fan sifatida tarkib topishida hissa qo`shgan olimlardan N.P.Gundobin 1906 yilda bosilib chuqqan “Go`daklik yoshi xususiyatlari” kitobi ulg`ayish morfologiyasi va fiziologiyasiga bag`ishlangan dastlabki katta asar bo`ldi. Bu kitob asosan bolaning tasviriy anatomiyasiga bag`ishlangan edi. A.A.Markosyan 1969 yili “Bolalar va o`smirlar organizmi morfologiyasi va fiziologiyasi asoslari” kitobi bolalar va o`smirlar organizmining yoshga xos xususiyatlariga bag`ishlangan bo`lib, bu asar hozirgi kunda ham ilmiy ahamiyatga ega. Shu jumladan fan rivojoga A.A.Leontev, A.R. Luriya, N.D.Levitova, A. Fan rivojiga hissa qo`shgan o`zbek olimlaridan akademik A.Yu.Yunusov (1910-1971 yillar) fiziologiya fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo`shgan. “Odam fiziologiyasi” darsligi, fiziologik lug`atni yaratdi. Ayniqsa, akademik A.Yu.Yunusovning yosh fiziologiyasini o`rganish sohasida olib borgan ilmiy tekshirish ishlari, alohida o`rin tutadi. Shuningdek, A.Zufarov, S.N.Kasatkin hazm sistemasini, P.O.Isayev qon tomirlarni, E.N.Melmon, R.E.Xudoyberdiyev, S.A. Dolimovlar limfa sistemasini, N.Q Axmedov, X.Zoxidovlar nerv sistemasi-ning emrbriologik taraqqiyotini o’rgandilar. Yosh fiziologiyasi masalalari Toshkent tibbiyot institutida, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universitetida va Pedagogika ilmiy tekshirish institutlarida ishlab chiqilmoqda, bugungi kunda Q.S.Sodiqov, K.T.Axmatov, B.Aminov, Sh.Qurbonov, E.S Max-mudov, G.G. Kim, E.Zaripov, D.D.Sharipova, E.S.Maxmudov, Z.T.Tursunov, R.D.Axmedov, V.D.Xodjimatov va M.G.Xodjimatov M.G.Mirzakarimova va ularning shogirdlari yosh fiziologiyasi va gigiyena fanini rivojlantirishda o`z hissalarini qo`shib kelmoqdalar.S.Xripkova-larning xizmatlari ham katta.kashf etdi. Lekin “refleks” iborasini XVIII asr Bolalar va o`smirlar gigiyenasi mustaqil fan sifatida XIX asrning o`rtalarida shakllana boshladi. Rus gigiyenist olimlari A.P.Dobroslavin va F.F.Erisman kabi olimlar va jamoat arboblarining yordamida gigiyena fani rivojlana boshladi. Bu olimlar bolalarning normal o`sishi va rivojlanishida gigyenik qoidalarga amal qilish muhim ahamiyatga ega ekanligini targ`ibot qilishgan. Unda gigiyenaga oid ko`plab o`quv qo`llanmalari yaratildi, barcha gigiyenik talablarga javob bera oladigan sinf xonalarining modeli, o`quvchilarning bo`yiga mos jihozlarning turlarini shuningdek, o`quvchilarni partada
TEST
Nerv sistemasi asosini nima tashkil qiladi ?
A Markaziy_nerv_sistemasi
B oliy nerv sistemasi
D nerv hujayralar
Nerv sistemasi ning rivojlanishi davrida markaziy nerv sistemasi va qanday nerv sistemasi vujudga keladi ?
A periferik nerv sistemasi
B neyron
DMarkaziy_nerv_sistemasi
suyaklarning ko‘mik qismida hosil bo‘ladi bu qanday qon tonachalari
AEritrositlar
B leykositlar
Dtrombotsitlar
Odam yuqumli kasalliklar bilan kasallanganda leykositlarning soni ko‘payib qanchaga yetadi ?
A 2mm3 qonda 11-20 mingga yetadi va undan ham ortishi mumkin. .
B 1mm3 qonda 10-20 mingga yetadi va undan ham ortishi mumkin.
D 3mm3 qonda 10-40mingga yetadi va undan ham ortishi mumkin.
suyaklarning ko’mik qismida va taloqda hosil bo’ladi. Bu qaysi qon tonachalari
A Trombositlar
B Lykositlar
D Eritrositlar
Dostları ilə paylaş: |