Osiyo Tinch okeani mintaqasi va Janubiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix12.10.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#154260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
jahon xojaligi va milliy iqtisodiyotda xalqaro moliyaviy iqtisodiy

Birinchi
turga moliya-kredit tashkilotlarining davlatlararo va xalqaro 
fondlari kiradi. Ular nizom kapitalida ishtirok etuvchilarga maqsadli kreditlar 
2
M.Mirsaidov “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, Toshkent, “Iqtisod-Moliya”, 2006y



ajratadilar va maqsadli fondlarni tashkil etadilar. Bu tashkilotlar faoliyati 
davomida olgan daromadlaridan ulushiga ko’ra dividend tulaydilar hamda turli 
maqsadlar uchun zaxira fondlarini shakllantiradilar. Mazkur tashkilotlar 
jumlasiga Xalqaro Investitsiya bankini (XIB), Iqtisodiy Xamkorlik Xalqaro 
bankini (IXXB), YTTB, XVFni kiritish mumkin. 
Xalqaro banklar va fondlarning nizom kapitali shakllanishida, olingan 
daromadlarni taqsimlab, turli fondlarni tashkil etish kabilarda moliyaning rolini 
ko’rish mumkin. 
Milliy va xalqaro moliya-kredit institutlarining mablag’lari, xalqaro 
ishtirokchi-tashkilotlar fondi, manfaatdor mamlakatlarning valyuta fondlari va 
byudjet mablag’lari to’lanadigan badallarning manbasi xisoblanadi. 
YeI da ham qator davlatlararo fondlar tashkil etilgan, jumladan, YeI ning 
byudjeti, Yevropa Taraqqiyot fondi, Yevropa Valyuta Hamkorlik fondi va 
boshqalar. 
Ikkinchi
tur tashkilotlar ishtirokchilarning har yillik badallari evaziga 
byudjetlari tashkil etiladi. 
Bunday tashkilotlarga ma’lum sohalardagi milliy tashkilotlar faoliyatini 
muvofiqlashtirib turuvchi xalqaro va umumjahon institutlari kiradi. Ularga: 
BMT, Xalqaro vaqt byurosi, Atom energetikasi bo’yicha xalqaro Agentlik, 
Dengiz yo’ldosh aloqasi bo’yicha xalqaro tashkilot, Ilmiy xizmatchilarning 
umumjahon federatsiyasi va boshqalarni kiritish mumkin. 
Uchinchi
tur xalqaro tashkilotlarga vaqtinchalik tusga ega bo’lgan ilmiy 
dasturlar va kongresslarni kiritish mumkin. Ularni moliyalashtirish qatnashuvchi 
ishtirokchilar tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, Xalqaro biologiya dasturi 
(1964-1974 yy.), Xalqaro geodinamik loyiha (1971-1980 yy.), Xalqaro 
osoyishta quyosh yili (1964-1965 yy.), 1957 yildan boshlab xar ikki-uch yilda 



chaqiriladigan Xalqaro tog’ kongressi va boshqalar. Ushbu tashkilotlar turli 
mamlakat olimlari bilan yaxlit ilmiy tadqiqotlar olib boradi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin