Ko‘krak qafasi aylanasida ham jinsiy farq boiadi. 0 ‘g‘il bolalarda 8 yoshdan 10 yoshgacha ko‘krak qafasining aylanasi bir yilda 1-2 sm, 11 yoshdan boshlab 2-5 sm ga ortadi. 11 yashar o‘g‘il bolalarda ko'krak qafasining o'sishi qiz bolalarnikiga qaraganda 176 * sekinlashadi. Jinsiy voyaga yetish davrida, yoz va kuz oylarida ko‘krak qafasining aylanasi tez o‘sadi. Ko‘krak qafasining rivojlanishi skelet muskullarining rivojlanishiga ham bogiiq. Suzish, eshkak eshish va boshqa jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda shug‘ullangan odamlarda muskullar bilan birga ko'krak qafasi ham rivojlanadi.
Bola noqulay sharoitda tarbiyalansa, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanmasa, ko‘krak qafasi va muskullari yaxshi rivojlanmaydi. Bola partada noto‘g‘ri o‘tirsa, ko‘krak qafasining shakli o'zgaradi, bu esa yurak, qon tomirlar va o‘pkaning to‘la-to‘kis rivojlanmasligiga sabab boiadi. Bundan tashqari, raxit, o ‘pka sili va boshqa kasalliklar ko‘krak qafasining rivojlanishdan orqada qolishiga sabab boiadi. Doimo nafasni mashq qildirib borilganda, ko‘krak qafasi aylanasi ortib, nafas yurak-tomirlar sistemasi rivojlana boradi.
Bolalarda ko‘krak oldi churralar tug‘ma orqa lateral diafragmali churralarning 20 tadan 1 ta chastotasida uchraydi va uning kattalarda kechishidagi farqi, odatda, yo‘tal, bo‘g‘ilish, qusish va epigastral sohada yoqimsiz tuyg‘ular qo‘zg‘agan holda klinik ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Ko‘pincha anomaliyalarning turli birlashmalari, ayniqsa, yurakning tug‘ma nuqsonlari va Daun sindromi kuzatiladi. O‘ng tomon chap tomonga qaraganda 5 marta ko‘p zararlanadi. Churraning tarkibiga (kamayuvchi chastota tartibida) jigarning bir qismi, ingichka ichak, yo‘g‘on ichak, taloq va oshqozon bo‘lishi mumkin
Qovurg'aning sinishi ko'krak qafasi qovurg'alarining ko'p yoki kamroq jiddiy sinishidan iborat juda keng tarqalgan shikastlanishdir. Ko'pincha sinish faqat bitta qovurg'aga ta'sir qiladi; Biroq, ayniqsa, baxtsiz holatlarda, u bir vaqtning o'zida bir nechta qo'shni qovurg'alarga ta'sir qilishi mumkin