KO’KRAK QAFASINING YOSHGA NISBATAN XUSUSIYATLARI UNING SHAKLANISHIGA SPORT VA MEHNAT FAOLIYATINI TA’SIRI. RIVOJLANISH NUQSONLARI
Koʻkrak qafasi – sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchi hayvonlar va odamda toʻsh suyagi yordamida koʻkrak umurtqalariga qovurgʻalar birikishidan hosil boʻlgan bir butun tuzilma. Odamda koʻkrak qafasi yassi konusga oʻxshaydi. Koʻkrak qafasining yon, old va orqa devori bor. Yon va oldingi devorlari 12 juft qovurgʻadan hosil boʻladi; oldinda qovurgʻalar uchi toʻsh suyagiga kelib taqaladi; orqa devorning oʻrtasi umurtqa pogʻovasining koʻkrak boʻlimidan iborat. Koʻkrak qafasining yuqorisidagi tyoshikdan koʻkrak boʻshligʻiga traxeya, qiziloʻngach, qon tomirlari va nervlar oʻtadi, pastdan diafragma chegaralab turadi. Koʻkrak qafasida oʻpka, yurak va tomirlar joylashgan. Nafas olganda Koʻkrak qafasi kengayadi, ayni vaqtda boʻylama, old-orqa va koʻndalang hajmi kattalashadi. Koʻkrak qafasining hajmi va shakli yosh, jins va kasbga qarab turlicha. Koʻkrak qafasi chaqaloqlarda piramida shaklida, ayollarda pastki teshigi, boʻyi kaltaroq boʻladi.
Ko‘krak qafasi skeleti. Ko‘krak qafasi 12 juft qovurg‘aning to‘sh suyagi bilan birikishidan hosil boiadi. Haqiqiy qovurg'alar 1-7-juft qovurg‘alar tog‘ayi yordamida to‘sh suyagiga, qolgan 8, 9, 10-juftlari tog‘ay qismi bilan 7-juft qovurg‘aga birikadi. 11 va 12-qovurg‘alaming tog‘ay uchi boimaydi, ularning uchi erkin boiib, bir oz harakatchan. Qovurg*alar umurtqalarga bo‘g‘im orqali birikadi. To‘sh suyagi toq suyak boiib, uning dastasi, tanasi va o'simtasi farq qilinadi.
Ko‘krak qafasining shakli bolaning yoshiga va tana tuzilishiga bogiiq. Ko‘krak qafasining shakliga to‘sh suyagi mos boiadi. Ko‘krak qafasi qonussimon, silindrsimon (uzun, ensiz) va (kalta enli) yassi boiishi mumkin, bolaning yoshi ortishi bilan shakli o‘zgarib turadi. Hayotning dastlabki yilida ko‘krak qafasi qonussimon boiadi. 2,5-3 yoshda tananing o'sishiga mos ravishda parallel о‘sib boradi. Keyinroq gavdaning o‘sishi ko‘krak qafasining o‘sishidan tezlashadi. 12 va 13 yoshlarda ko‘krak qafasining shakli katta odamnikiga o'xshab qoladi, lekin oichamlari kichikroq boiadi. Ko‘krak qafasi jinsiy jihatdan 15 yoshdan farq qila boshlaydi, sagital hajmi tez ortadi. Nafas olganda o‘g‘il bolalarda ko'krak qafasida pastki qovurg‘alar, qizlarda esa yuqorigi qovurg‘alar ko'tariladi.