Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy va texnika fakulteti


I BOB: O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi



Yüklə 81,64 Kb.
səhifə2/7
tarix07.05.2023
ölçüsü81,64 Kb.
#109081
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi31

I BOB: O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi.

    1. O’zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi.

1. O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirish bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan davrda ustuvor yo‘nalishlarni va kompleks chora-tadbirlarni belgilab beradi hamda uning “Yo‘l xarita”si amalga oshirilishi natijasida ko‘zda tutilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish ta’minlanadi.
2. Strategiya Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon banki va Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamg‘armasi tomonidan 2020-yilda tayyorlangan “O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini baholash” natijalari va tavsiyalariga asoslanib ishlab chiqildi.
3. Strategiya Xalqaro mehnat tashkilotining ijtimoiy himoyaning minimal darajalari bo‘yicha 202-son tavsiyalariga muvofiq, barcha fuqarolar uchun minimal ijtimoiy himoya darajasini kafolatlaydigan tizimni yaratishni nazarda tutadi.
4. Strategiya quyidagi davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya dasturlarini qamrab olgan:
1) Ijtimoiy yordam dasturlari doirasida:
kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash;
kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasini tayinlash;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga moddiy yordam berish;
yoshga doir nafaqalarni tayinlash;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalarni tayinlash;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga parvarishlash nafaqasini tayinlash;
bolalikdan nogironlik nafaqasini (I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga) tayinlash;
nogironligi bo‘lgan bolalar nafaqasini (18 yoshgacha) tayinlash;
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga hamda hayot uchun xavfli va surunkali rivojlanadigan kam uchraydigan (orfan) kasallikka chalingan bolalarga nafaqa tayinlash;
boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini tayinlash;
bir martalik dafn etish nafaqasi berish;
bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa (suyunchi puli) berish;
uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovini tayinlash;
Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarga imtiyozlar berish;
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari uchun qo‘shimcha to‘lovni tayinlash;
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak xaridi uchun kompensatsiya tayinlash;
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan pul mukofotini berish;
fuqarolarning ayrim toifalariga shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish bo‘yicha imtiyozlar berish;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kam ta’minlangan oila farzandlarini to‘lovdan ozod etish;
kam ta’minlangan oilalar farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsliklar uchun ijara to‘lovlaridan ozod etish;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kam ta’minlangan oilalarning farzandlari uchun kiyim-bosh berish;
ayrim fanlarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda kam ta’minlangan oilalar o‘quvchilarini ovqatlanish xarajatlaridan ozod etish;
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar hamda “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga yordam va ko‘mak ko‘rsatish;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalari bilan ta’minlash;
oilaga tarbiyaga olingan (patronat) har bir yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun nafaqa to‘lash;
noturar joylarda istiqomat qilayotgan ayollar va ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolg‘iz onasi, yolg‘iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash;
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bir martalik moddiy yordam berish;
2) Ijtimoiy ta’minot dasturlari doirasida:
yoshga doir pensiyasini tayinlash;
nogironlik pensiyasini tayinlash;
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash;
Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan shaxslarga pensiya tayinlash;
homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash;
vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash;
ishsizlik nafaqasi tayinlash;
ishdan bo‘shatish nafaqasi tayinlash;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa, nogironlik pensiyasi hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlash;
3) Ijtimoiy xizmatlar dasturlari doirasida:
“Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi bolalar uylarida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
“Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar, “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uylarida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar, urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan ekspertiza xizmatlarini ko‘rsatish;
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun hududiy reabilitatsiya markazlari tomonidan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha respublika reabilitatsiya markazi tomonidan xizmat ko‘rsatish;
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi va hududiy markazlar tomonidan xizmat ko‘rsatish;
Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari tomonidan xizmat ko‘rsatish;
voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish xizmatlari;
muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash xizmatlari;
uyda tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga oziq-ovqat mahsulotlari uchun qo‘shimcha to‘lov to‘lash;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni bepul yoki imtiyozli dori-darmonlar bilan ta’minlash;
keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, yakka tartibdagi ijtimoiy xizmatlar dasturini shakllantirish va amalga oshirish;
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar va “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga tibbiy, psixologik va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish;
4) Mehnat bozoridagi faol chora-tadbirlar dasturlari doirasida (keyingi o‘rinlarda — MBFCh):
- haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish;

  • davlat maqsadli jamg‘armalari (subsidiyalar, grantlar va kredit liniyalari) hisobidan bandlikni rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish;

  • mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan hamda ishsiz shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish;

  • ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish;

  • ish qidirayotgan hamda ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

  • xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zo‘ravonlikka, majburiy mehnatga va tahqirlanishga duchor bo‘lgan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarisiz, mablag‘larsiz qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish hamda ularga moddiy yordam ko‘rsatish;

  • mehnat migratsiyasida bo‘lgan vaqtda jarohat olishi, baxtsiz hodisaga uchrashi, og‘ir kasallikka chalinishi tufayli tibbiy yordam talab etilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga mehnat migranti mablag‘lari yoki tibbiy sug‘urta hisobidan ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar qiymatini to‘lash imkoni bo‘lmaganda tibbiy xizmat ko‘rsatish;

  • mehnat migratsiyasida bo‘lgan vaqtida vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini, shuningdek, xorijda mehnat faoliyati vaqtida mayib bo‘lgan yoki og‘ir jarohat olgan fuqarolarni olib kelish xizmatlarini ko‘rsatish;

  • ilgari uyushgan holda tanlash doirasida xorijga ishga yuborilgan va borgan mamlakatning qonun hujjatlarini buzishi natijasida chiqarib yuborilgan (deportatsiya qilingan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish, keyinchalik to‘langan mablag‘larni mazkur shaxslar hisobidan qoplash, shuningdek, xorijiy ish beruvchilar tomonidan ishga joylashtirish bo‘yicha kelishilgan sharoitlar bilan ta’minlanmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish;

  • mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ketish oldidan moslashtirish, kasbga tayyorlash, ularni chet tillarga o‘qitish;

  • mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga ayrim xarajatlari uchun kompensatsiya to‘lash;

  • rivojlangan davlatlarga uyushgan holda tanlash tartibida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish xarajatlarini qoplab berish;

fuqarolarni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirishga ko‘maklashish.



Yüklə 81,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin