Diniy g‘oyalar deb, har bir diniy ta'limot va oqimning asosini, diniy iymon-e'tiqodning negizini tashkil etuvchi aqidalarga aytiladi.

Diniy g‘oya va mafkuralar - insoniyat tafakkurining oddiylikdan murakkablikka qarab intilishida dunyoni, dunyo ichra o‘zlikni anglashga qaratilgan diniy (ya'ni iymon-e'tiqodga asoslangan) qarashlar tizimi.
Ilohiy zotlar haqidagi fikrga tayanadigan politeizm dinlari vaqti kelib monoteistik - yakkaxudolik g‘oyasi asosidagi dinlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib bergan.

Yakkaxudolik g‘oyasi milliy dinlarda (masalan, iudaizmda), ayniqsa jahon dinlari - xristianlik va islomda o‘z ifodasini yaqqol topgan. Xususan, islom dinida Allohning yagonaligi g‘oyasi asosida uning barcha aqidalari, ruknlari, talab va majburiyatlari shakllangan.
Ibtidoiy dinlar har bir narsaning jonli ekani, jonning abadiyligi, but va sanamlarning, tabiiy jism va hodisalarning ilohiy quvvatga egaligi to‘g‘risidagi qarashlarga asoslangan edi. Masalan, hindlarning diniy tasavvurlariga ko‘ra, jon ko‘chib yuradi, bu hayotda u insonda bo‘lsa, keyingi hayotda boshqa jonzotga o‘tishi mumkin.