Vitaminlar lotincha vita — hayot,darmon dori — tirik organizmning hayot faoliyati va normal moddalar almashinuvi uchun zarur boʻlgan organik birikmalar. Ular turli xil kimyoviy tuzilishga ega. Oziq moddalar tarkibida qandaydir moddalar yetishmasligi natijasida odamlar kasal boʻlishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qadimiy Xitoy kitoblarida, keyinchalik Gippokrat asarlarida qayd etilgan.

Retinol A vitamin tabiatda keng tarqalgan. Oʻsimlik toʻqimalarida A provitamin (organizmda retinolga aylanadigan karotinoid pigmentlar) holida uchraydi.
Tiamin (B, vitamin) — koʻpgina oziqovqat mahsulotlari tarkibiga kiradi. U asosan donning murtagi va qobigʻi kepagida boʻladi. Tiamin organizmda uglevodlar almashinuvida muhim ahamiyatga ega; ovqat uglevodlarga serob boʻlsa, ularni oʻzlashtirish uchun tiamin koʻproq talab qilinadi. Tiamin boʻlmasa, polinevrit kasalligi roʻy beradi.
Piridoksin (B6 vitamin)— koʻpgina oʻsimlik va hayvon mahsulotlari: achitqi, bugʻdoy murtagi, jigar, baliq, mol goʻshti va dukkakli donda boʻladi. U oqsil va yogʻning normal hazm boʻlishini taʼminlab, azot almashinuvida muhim rol oʻynaydi.