javoblari shaklida yozilgan. Bu bob yomon ruhlar – devlarni yengish voqealari, gunohlardan pok bo‟lish
qoidalari va mifologik unsurlarni o‟z ichiga oladi.
2. «Visperad” 24 bobdan iborat. Butun borliq Ollohniki. Ibodat yo‟sinlaridan iborat.
3. «Yasna» 72 bobdan iborat bo‟lib, diniy ibodatlar paytida, qurbonlik marosimida aytiladigan
qo‟shiqlar, xudolar madhi va boshqalardan iborat.
4. «Yashtlar». U zardushtiylik mahbudalarini madh etuvchi 22 qo‟shiqni o‟z ichiga oladi.
5. Kichik
Avesto
Quyosh,
Oy,
Ardvisura,
Olov
va
boshqa
xudo
hamda
mahbudlar
sharafiga
yig‟ilgan
kichik
ibodat
matnlaridan iborat.
Demak, “Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‟lib, uning
ilk sahifalari Zardusht
tomonidan miloddan avvalgi 529-548 yillar orasida Amudaryo sohillarida yaratilgan. Keyinchalik
Janubiy Eron otashparastlik dinining ulamo-kohinlari tomonidan to‟ldirilib, takomillashtirilgan.
Zardusht ta‟limoti tobora xalqqa kuchliroq ta‟sir o‟tkazayotganini sezgan muholiflar unga qarshi
kurashga kirishadilar. Hayoti xavf ostida qolgan Zardusht bir guruh tarafdorlari bilan Xorazmdan
Eronga qochib o‟tadi va o‟sha yerda o‟z ta‟limotini uzil-kesil shakllantiradi.
Zardusht shoh Gushtaspning vaziri Farashashtraning qizi Xavoviga uylanadi va undan Istavatra,
Urvatatnara, Xvarechitra ismli uch o‟g‟il va Freni, Griti, Porigista ismli uch qiz ko‟radi.
U yagona xudo Axuramazdani kashf etadi va yakka xudo g‟oyasini ilgari suradi.
Firdavsiy
va Beruniy tasviricha, Zardusht birinchi bo‟lib o‟z dinini Eron shohi Vishtaspga
asoslab ko‟rsatib, uning e‟tiborini qozonadi. SHahristonxonning «Eron” kitobida Vishtasp farmoniga
ko‟ra Zardusht 1200
bobdan iborat pandnoma, «Avesto»ni oltin taxtachalarga yozib, shohning
otashkadasiga topshirgan, deyiladi.
Vishtasp o‟z
ukasi Arjaspni yenggach, Eronu Turon yagona zardushtiylik diniga bo‟ysunadi.
So‟ng Zardusht xohishi va Vishtasp farmoniga ko‟ra barcha shaharlarda otashkada – ibodatxonalar
quriladi. Ularning eng kattasi Balxda edi.
Zardusht 77 yoshida o‟zining dushmani, ko‟pxudolik tarafdori Bratarvaxshtomonidan o‟ldiriladi.
Lekin uning ta‟limoti Islom ta‟limoti tarqalgunicha Ajam o‟lkalarida asosiy din sifatida saqlanib qoldi.
Nima uchun o‟sha davrlarda zardushtlik – yakka xudolik g‟oyasiga alohida e‟tibor berilgan?
CHunki bu g‟oya tufayli ko‟p g‟oyaviy, siyosiy, madaniy, axloqiy masalalar tartibga solindi,
mazkur
g‟oya keyinchalik ham fan-madaniyatning rivojiga o‟z ta‟sirini ko‟rsatdi.
Grek olimi Pliniy «Avesto»ni 2 million baytdan iborat degan edi. Bu kitobdan qadimgi xalqlar
marosimi, urf-odatlari, e‟tiqodi, ibodatlari to‟g‟risida yagona syujetlar, Jamshid, Kayumars, Mitra,
Anaxitpa, Ardivissura, Zaxxok, Faridun, Bahrom singari ko‟plab
mifologik obrazlar, rivoyatlar bilan
bog‟liq atamalar to‟g‟risida ma‟lumot olamiz.
«Avesto»da tibbiyot to‟g‟risida fikrlar ilgari suriladi:
1. Tashrex (anatomiya) va mizon (fiziologiya).
2. Bemorlikning oldini olish yo‟llari.
3. Kasalliklar haqidagi ma‟lumotlar.
4. Bemorlarni davolash yo‟llari.
5.Tabiblar
axloqi
va
tabobatga
oid
qonun-qoidalar
haqida fikr yuritiladi.
Bu kitobda, shuningdek, ekologik masalalar va ularni hal etish yo‟llari aytiladi.
Axlat, iflos narsalar ko‟mish yo‟li bilan saqlanishi.
Otash, issiqlik va sovuqlik yo‟li bilan yo‟qotish.
Kimyoviy
yo‟l:
kul,
sirka,
sharob,
turli
giyohlarni
tutatish yo‟li bilan saqlash.
Jarrohlikda asl sharobga nasha qo‟shib berib, behush qilish
orqali operatsiya qilingan,
Buqrotning tabiblar qasamyodi haqidagi fikridan bir necha asr ilgari «Avesto»da tabiblarning maxsus
qasamnomasi keltirilgan, shuningdek, tabobat ramzi – ilon zahar sochayotgan idish – jom tasviri
ham ilk
bor shu kitobda tasvirlangan.
Umuman, olganda qadimgi ajdodlarimiz yaratgan «Avesto» eng qadimgi noyob hazinadir. Unda
olamdagi barcha – diniy, dunyoviy, tabiiy, tibbiy fanlar bo‟yicha teran mulohazalar mavjud.
Dostları ilə paylaş: