Osiyoning iqlim mintaqalari va tabiat zonalari


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə2/6
tarix14.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#179052
1   2   3   4   5   6
OSIYONING IQLIM MINTAQALARI VA TABIAT ZONALARI

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Osiyo geografik zonalarining kenglik bo`ylab yo`nalishini Old Osiyo tog`liklaridagi hamda Markaziy Osiyodagi kotlovinalar ancha murakkablashtirib yuboradi. Ana shu sababli materikning ichki qismidagi zonalar uzun cho`zilgan poloslar shaklida emas, balki tog`liklar qiyofasi hamda orografiyasiga mos ravishda markaziy qisimda cho`llar aniq namoyon bo`lgan cho`ziqroq aylana shaklida joylashgan .
Kurs ishining ob'ekti va predmeti. Kurs ishining obekti sifatida Osiyo geografik zonalarining materigining geologik va tektonik tuzilishi hamda relefiga qaratilgan.
Kurs ishining ilmiy-amaliy ahamiyati. Bu zonaning hayvonot dunyosi ham turlarga boy hamda kelib chiqishi jixatdan qadimiydir. Hayvonot dunyosida makakalar bilan ingichka tanalilar odamsimon maymanlardan orangutan, yirtqichlardan yo`lbars, oftob ayig`i, toqtuyoqlilardan yopiqchalik tupaylar xarakterlidir. Yovvoyi fillar kamdan - kam bo`lsa uchrab turadi. Sudraluvchilar, qushlar va hashoratlar g`oyat ko`pdir.
Tabiiy landshaftlar aholi zichligi bo`lganligi sababli Kalimantan (Broneo) va Sumatra orollarida yaxshiroq saqlanib qolgan. Yava va Madura orollarida yer kam bo`lganligi tufayli botqoqlarni quritish va yon bag`irlarni o`zgartirish natijasida tabiiy landshaftlar ancha o`zgaradi.


1.Ekvatorial mintaqa tabiat zonalari.
Yevrosiyo janubidan shimolga tomon ekvatorial subekvatorial, tropik, subtropik, mo`tadil hamda subarktikua mintaqlarning geografik zonalari joylashgan. Bu zonalar materikning okeanlar bo`yidagi namgarchil chekkalarida turli o`rmonlar zonalardan ichik, qisimda esa dasht, chala cho`l va cho`llardan iborat.
Osiyo geografik zonalarining kenglik bo`ylab yo`nalishini Old Osiyo tog`liklaridagi hamda Markaziy Osiyodagi kotlovinalar ancha murakkablashtirib yuboradi. Ana shu sababli materikning ichki qismidagi zonalar uzun cho`zilgan poloslar shaklida emas, balki tog`liklar qiyofasi hamda orografiyasiga mos ravishda markaziy qisimda cho`llar aniq namoyon bo`lgan cho`ziqroq aylana shaklida joylashgan .Tog`li va yassi tog`liklarning baland toglik chekka qismlarida namlikning oshishi munosabati bilan cho`llar chala cho`llar xamda Old Osiyoning o`ziga xos butazorli dashtlari bilan almashinadi. Bu dashtlar Janubiy Rossiya dashtlaridan ham, Mongoliya dashtlaridan ham aniq farq qiladi.
Osiyoning tropik kengliklarida ham zonalarning kenglik bo`yicha yo`nalishi ancha o`zgarib ketadi. Masalan, Hindiston va Hindixitoyda subekvatorial (musson) o`rmonlar hamda savannalar, siyrak o`rmonlar butazorlar zonalari Afrikadagi kabi janubdan shimolga tomon emas, balki g`arbdan sharqqa tomon birin ketin almashinib keladi. Bu tog` tizmalarining ko`proq meridian bo`ylab yo`nalganligiga hamda musson shamollarining yo`nalishiga bog`liqdir. Bu yerda ekvatorial havo shimolga tomon odatdagidan ko`ra uzoqroq kirib borganidan mazkur zonalar Afrikadagiga qaraganda shimolga davom etib to Himalay tog`larigacha yetib borgan.
Osiyoda keng tarqalgan tog`lik relyefi oblastlari kenglik zonalarini o`zida aks ettirib, balandlik mintaqalarining rivojlanishiga yordam beradi. Markaziy Osiyoning qurg`oqchil sharoitida balandlik mintaqalari differensiatsiyasi katta emas. Aksincha Himolay va Sichuan Alpi tog`larining Hindixitoydagi tog` tizmalarining shamolga ro`para yon bag`irlarida mintaqalar soni ancha ko`p. Shunday qilib balandlik mintaqalari strukturasiga bir tomondan tog`larning qanday geografik kengliklardan joylashganligi emas, balki ularning sektoral o`rni ham ikkinchi tomondan yon bag`irlar ekspozitsiyasi ham tasir ko`rsatar ekan. Tog`li mamlakat qanchalik quyi gegorafik kengliklarda joylashgan. Qanchalik baland va namgarchilik bo`lsa unda balandlik mintaqalari shunchalik to`liq tipga kirgan mintaqalarga ega bo`ladi. Balandlik mintaqalari ko`p bo`lgan joylarga Ximalay tog`larining janubiy yon bag`irlari ular kam bo`lgan joylarga esa Ximalay tog`larining shimoliy yon bag`irlari bilan Kunglun tog` bag`irlari misol bo`ladi.
Ekvatorial mintaqa. Ekvatorial o`rmonlar zonasi deyarli butun Malayya arxepelarini Filippin orollarining janubiy yarmini Selon orolining janubiy yarmini va Malakka yarim orolini ishg`ol qilgan. Bu zona Ekvatorial iqlim mintaqsiga deyarli to`g`ri keladi va radiyasiya balansi bilan namlik miqdorlari ham shu mintaqalarda ichadi. Yillik yog`in miqdori ko`p bo`lgan holda bug`lanish imkoniyati kam tog`larda 500 mmdan 750 mm gacha tekisliklarda 750 mm dan 1000 mm gachadir. Yillik havo tempiraturalari yuqori bo`lishi va yomg`ir bir tekisdan yog`ishi sababli namning ortiqcha ekanligi oqim bir meyorda bo`lishini taminlaydi va organik duyon va nurash po`sti taraqqiyoti uchun eng qulay sharoit yaratadi. Nurash po`sti ustida ishqori yuvilgan va podzollashgan laterik tuproqlar tartib topadi. Tuproq hosil bo`lishida alletlashish va podzollashish protsesslari ustun turadi. Organik moddalarini aylanma xarakati g`oyat intetsiv ro`y beradi. Yiliga har bir gektar yerga hisoblanganda 100-200 tonna barg shox-shaba va ildiz qoldiqlari chirindiga aylanadi hamda mikroorganizimlar yordamida minerallashadi.
Osiyoning Ekvatorial o`rmonlarida turlari eng ko`p Maleziya florasi kichik oblasti ko`pdan - ko`p oilalari tarqalgan. Ko`p yarusli soya - salqin o`rmonlarda ko`pdan- ko`p past baland va rang - barang daraxtlar orasida palmalardan sago, kareota, shakarpalma, arek ya`ni betel, roting palma - liana va boshqa palmalar fikuslar daraxatsimon papnotiklar bahaybat rasamalar Janubiy Sharqiy Osiyo uchun endemik bo`lgan qo`shqanoq mevalilar va boshqalar ajrab turadi. O`rmon tagi o`simliklar va o`t qoplami rivojlanmagan.



Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin