167
2.1.2.
Koaksial kabellar
Koaksial kabel elektr toki o‗tkazuvchi kabel bo‗lib, tuzulishi 2.2–rasmda
ko‗rsatilgandek markaziy mis sim ichki dielektrik qoplamaga olingan bo‗lib,
metall sim to‗qimaga (ekran) o‗ralgan hamda u umumiy tashqi qoplamaga olingan
bo‗ladi. Yaqin vaqtgacha koaksial kabellar eng ko‗p tarqalgan kabellar edi, buning
sababi yuqori darajada himoyalanganligi (sim to‗qimasi-ekran mavjudligi),
to‗qilgan juftlikka qaraganda axborotni uzatish tezligi (500 Mbit/s gacha)
yuqoriligi va katta masofalarga uzatish imkoniyatining mavjudligidir (bir va undan
ko‗proq kilometrga). Tarmoqdan ruxsat etilmagan
axborotni mexanik ulanish
orqali olish qiyinligi,
shuningdek, u tashqariga sezilarli darajada kam
elektromagnit nurlanish tarqatishi. Biroq o‗ralgan juftli
kabelga nisbatan koaksial
kabelni taʻmirlash va yig‗ish ishlarini olib borish ancha murakkabdir,
narxi ham
qimmat (uning narxi o‗ralgan juftli kabellarga nisbatan 1,5–3 barobar yuqoridir).
Kabel uchlariga razyomlar o‗rnatish ham murakkab ishdir. Shuning uchun, bu
turdagi kabellarni o‗ralgan juft kabellarga qaraganda kam ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: