168
Koaksial kabellar asosan «shina» topologiyali tarmoqlarda ishlatiladi. Bu
holda kabel uchlariga signalni ichki aksiga qaytishni oldini olish uchun albatta
terminatorlar o‗rnatilishi va bu terminatorlardan faqatgina
bittasi yerga ulanishi
kerak. Yerga ulanmasa kabeldagi sim to‗qimasi (ekran) tarmoqni tashqi
elektromagnit to‗siqlardan himoya qila olmaydi va tashqi
muhitga uzatilayotgan
axborotni nurlanishini ham kamaytira olmaydi. Lekin kabeldagi sim to‗qimani ikki
va undan ko‗proq joyidan yerga ulangan taqdirda, tarmoqqa ulangan qurilmalar va
shuningdek, kompyuterlar ham ishdan chiqishi mumkin. Terminatorlar albatta
kabel bilan moslangan bo‗lishi shart, ya‘ni ularni qarshiligi kabelning to‗lqin
qarshiligiga teng bo‗lishi shart. Masalan, agarda 50 Om kabel ishlatilsa, unga mos
terminator faqat 50 Omli bo‗lishi kerak.
Koaksial kabellar kamroq «yulduz» va «passiv yulduz» topologiyali
tarmoqlarda
ham foydalaniladi; masalan, Arcnet tarmog‗i. Bu holda moslash
muammosi
keskin soddalashadi, chunki kabelning ochiq qolgan uchlariga tashqi
terminatorlar lozim bo‗lmay qoladi.
Kabelni to‗lqin qarshiligi haqidagi axborot har bir kabel o‗ram xujjatida
keltiriladi. Ko‗pincha mahalliy tarmoqlarda 50 Omli (masalan, RG-62, RG-11) va
93 Omli kabellar (masalan, RG-62) ishlatiladi. Televizion texnikasida ko‗p
tarqalgan 75 Omli kabel mahalliy tarmoqlarda ishlatilmaydi. Umuman, o‗ralgan
juftli kabellar rusumiga qaraganda koaksial kabellar rusumi ancha kam. Bu turdagi
kabellardan kelajakda kam foydalaniladi.
Fast
Ethernet
tarmog‗ida
kaoksial
kabellardan
foydalanish
rejalashtirilmaganligi
ham albatta, tasodif emas. Lekin ko‗pchilik hollarda shina
topologiya (passiv yulduz emas) juda qulay. Yuqorida aytib o‗tilganidek,
qo‗shimcha qurilma–konsentratordan foydalanishning hojati yo‗q.
Koaksial kabellarning asosan ikkita turi mavjud:
ingichka (Thin) kabel, diametri 0,5 sm atrofida, ancha
egiluvchan;