Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
170
 
2.1.3.
 
Shisha tolali kabellar 
Shisha tolali kabel–bu yuqorida ko‗rib chiqilgan ikki kabel turlaridan tubdan 
farqlanuvchi kabel. Bu kabel turida axborot elektr signali ko‗rinishda emas, 
yorug‗lik ko‗rinishida uzatiladi. Bu turdagi kabelning asosiy elementi–shaffof 
shisha tola bo‗lib, u orqali yorug‗lik juda katta masofalarga (o‗nlab kilometrgacha) 
kam (sezilarsiz) so‗nish bilan uzatiladi.
Shisha tolaning tuzilishi juda oddiy bo‗lib u koaksial elektr kabel tuzilishiga 
o‗xshash (2.3–rasm). Faqat markaziy mis sim o‗rniga bu kabel turida ingichka 
(diametri 1–10 mkm atrofida) shisha tola ishlatilgan, ichki himoya qoplama 
o‗rniga esa, yorug‗likni shisha tola tashqarisiga tarqatmaydigan xira (shaffof 
bo‗lmagan) shisha yoki plastik qoplamadan foydalanilgan.
2.3-rasm. Shisha tolali kabelning tuzilishi 
Shisha qoplama 
Tashqi PVX qoplama 
Markaziy shisha tola 


 
171
Bu holda biz ikki modda chegarasidan har xil sinish koeffitsientli to‗liq ichki 
qaytish holatiga ega bo‗lamiz (shisha qoplamaning sinish koeffitsienti markaziy 
tolaning sinish koeffitsientiga nisbatan ancha kam). Kabelda sim to‗qima yo‗q, 
chunki tashqi elektromagnit to‗siqlardan himoya kerak emas. Ammo, ba‘zi 
hollarda tashqi mexanik taʻsirdan saqlash uchun sim to‗qima bilan o‗raladi. 
Bunday kabelni ba‘zi holda yuqori darajada himoyalangan (bronevoy) deb ham 
ataladi, u simli to‗qima ichida bir necha shishatolali kabellardan tashkil topgan 
hamda umumiy PVX qoplamaga olingan bo‗lishi mumkin.
Shisha tolali kabel to‗siqlardan himoyalanish va uzatilayotgan axborotni sir 
bo‗lib qolish ko‗rsatkichlari yuqori darajaga egaligi bilan ajralib turadi. Hech 
qanday tashqi elektromagnit to‗siq nurli signalni o‗zgartira olmaydi, signalni o‗zi 
esa hech qanday elektromagnit nurlanish hosil qilmaydi. Tarmoqdan ruxsat 
etilmagan axborotni olish uchun kabelga mexanik ulanish amalda mumkin emas
chunki bunday ulanish tufayli kabelni butunligi buzilib ishga yaroqsiz bo‗lib 
qoladi. Nazariy jihatdan bunday kabelni signal o‗tkazish yo‗lagi 10
12
Gs gacha 
yetadi, boshqa turdagi elektr kabellarga qaraganda bu juda ham yuqori ko‗rsatkich. 
Shisha tolali kabel narxi yil sayin arzonlashib hozirgi vaqtda taxminan ingichka 
koaksial kabel narxi bilan tenglashib qolgan. Biroq bu holda maxsus qabul qiluvchi 
va uzatuvchi qurilmalardan foydalanish kerak. Bu qurilmalar yorug‗lik signalini 
elektr signaliga va teskariga o‗zgartirib berishi uchun xizmat qiladi. Bunday 
qurilmalar tarmoq narxini sezilarli darajada oshirib yuboradi.
Mahalliy tarmoqlarda foydalaniladigan chastotada shishatoladagi signalning 
so‗nishi odatda taxminan 5 dB/km ni tashkil qiladi, past chastotali elektr kabel 
ko‗rsatkichiga to‗g‗ri keladi. Shisha tolali kabelda signalni kabel orqali uzatish 
chastotasi oshishi bilan signalni so‗nishi juda kam bo‗ladi. Yuqori chastotada 
(ayniqa 200 MGs dan yuqori) uning ustunligi shubhsiz va hech qaysi elektr kabel 
turi raqobat qila olmaydi.
Lekin shisha tolali kabelning ham ba‘zi bir kamchiligi mavjud. 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin