292
qurilmasi ishlatiladi. Bu maxsus qurilmani ulash uchun kabel qobig‗ini
ochib
o‗tirmay, sanchish yo‗li bilan qobiq va himoya qatlamlarini teshib o‗tadi, shu
tariqa markaziy sim va ekran to‗qimasi bilan mexanik hamda elektr ulanishi hosil
qilinadi. Ularga «vampir» nomi berilgan. Yana
boshqa ulash qurilmasi ham
mavjud, uni yo‗g‗on kabel bilan ulash uchun kabel qobig‗ini kesish talab etiladi va
kabelni ikki uchiga razyomlar o‗rnatish kerak bo‗lgani uchun ko‗p tarqalmagan.
4.20 – rasm. Adapterni yo„g„on kabelga ulash.
Transiver kabeli egiluvchan ko‗p signalli kabel bo‗lib, diametri 1 sm
atrofidadir, 4 ta ekranlangan o‗ralgan juftlikdan iborat. Oddiy transiver kabelining
uzunligi 50 metrgacha bo‗ladi, ancha egiluvchan va ingichkaroq transiver kabelini
ofis uchun mo‗ljallab ishlab chiqarilgan, uzunligi 12,5 metr bo‗lib kompyuterlarni
xonada bemalol o‗rnini almashtirishga qulaylik yaratadi. Transiver kabel uchlariga
15 ta kontaktli razyomlar o‗rnatiladi («vilka»
turidagi yana DIX-razyomlari, DB-
15P). Transiver kabeli ya‘ni AUI-kabeli deb (Attachment Unit Interface) yoki
Drop-kabel
deb ataladi, uning razyomini ham – AUI razyomi deb ataladi.
Transiver kompyuterning ichki +12 V elektr manbaidan ta‘minlanadigan bo‗lgani
uchun tokni 0,5 A dan ortiq qabul qilmasligi kerak.
Ethernet
Adapteri
MAU
15-kontaktli
razyomlar (DIX)
Yо‗g‗on
koaksial
kabel
АМР ulovchi
N- tipdagi
razyom
50Ω - li terminator