293
Yo‗g‗on kabel bilan ulangan tarmoq adapteri tashqi 15 kontaktli AUI-
razyomiga ega bo‗lish kerak («rozetka» turidagi DIX razyomi, DB – 15S). Bu
razyom kontaktlarining vazifalari 4.1 – jadvalda keltirilgan. Aloqa uchun
ekranlangan uchta juft differensial signaldan foydalaniladi: adapter uzatadigan
axborot (TX+, TX- va TX ekran RX ekran) va shuningdek, kolliziya mavjudligi
haqidagi signal (CD+, CD va CD ekran). Tashqi yo‗naltirishlarni kamaytirish
uchun manba simi ham ekranlanadi. Bu holatda galvanik ayirish transiver ichida
amalga oshiriladi. Abonentlar o‗rtasidagi himoya 5 kilovoltgacha yetishi mumkin.
4.1- jadval
DB 15 razyom AUI kontaktlarining vazifasi
Kontakt
Vazifasi
Kontakt
Vazifasi
1
SD ekran
9
SD-
2
SD +
10
TX-
3
TX+
11
TX ekran
4
RX ekran
12
RX-
5
RX+
13
Manba
(+12V)
6
YER
14
Manba
ekrani
7
Ishlatilmaydi
15
Ishlatilmaydi
8
Ishlatilmaydi
Agarda tarmoq adapterida ishlash tartibini o‗zgartirish moslamasi
(peremichka) mavjud bo‗lsa Ethernet – Cheapernet, u holda uni Ethernet ishlash
tartibiga (ya‘ni 10BASE5) o‗rnatish kerak. Yo‗g‗on kabelli tarmoq qismidagi
kompyuterlarni ulash sxemasi 4.21 – rasmda ko‗rsatilgan.
294
4.21 – rasm. Tarmoq kompyuterini yo„g„on kabel orqali ulash.
Butun tarmoqni faqat yo‗g‗on koaksial kabelda yig‗ilgan taqdirda tarmoq
qismlari (segment) beshtadan oshmasligi kerak (tarmoqning umumiy uzunligi – 2,5
km). Buning uchun to‗rtta repiter kerak bo‗ladi. Ya‘ni yo‗g‗on kabelga ulangan
kompyuterlarning umumiy soni 500 dan osha olmaydi.
Bir segmentli yo‗g‗on kabelda hosil qilingan tarmoqning minimal
uskunalar to‗plami quyidagi elementlarni o‗z ichiga oladi:
AUI-razyomli tarmoq adapteri (tarmoqqa ulangan kompyuterlar soniga
qarab);
uchlarida N- turdagi razyomli yo‗g‗on kabel, umumiy uzunligi
tarmoqdagi hamma kompyuterlarni ulash uchun yetarli bo‗lishi kerak;
kompyutrdan yo‗g‗on kabelgacha bo‗lgan, uchlarida 15 kontaktli AUI
razyomli transiver kabeli (tarmoq adapterlar soniga teng);
transiverlar (tarmoq adapter soniga teng);
kabel uchlariga terminator ulash uchun ikkita N – turidagi Barrel-
konnektorlari;
bitta N- terminator (yerga ulash moslamasiz);
bitta yerga ulash moslamali N-terminator.
Adapter
Adapter
Adapter
|