130
1.5§ Axborot-hisoblash tizimlari
Axborot tizimi
(
AT
)-bu axborotlarni tashkillashtiruvchi,
saqlovchi va
o‗zgartiruvchi tizim, yaʻni asosiy predmeti va mehnat mahsuloti axborot bo‗lgan
tizim. Agarda axborot tizimida axborot ustida hisoblash-ishlov berish ishlari olib
borilsa, u holda uni
axborot hisoblash tizimi (AHT)
deb atash mumkin.
Yuqorida qayd qilinganidek, ko‗pchilik
zamonaviy AHT axborotlarni
o‗zgartirmaydi, ma‘lumotlarni o‗zgartiradi. Shuning uchun ko‗pincha ularni
ma‘lumotlarga ishlov berish tizimi deb ataladi.
Ma‘lumotlarga ishlov berish tizimini (MIT) foydalanuvchiga zarur bo‗lgan
ma‘lumotlarni o‗zgartirish vositasi va o‗zaro bog‗langan usullar to‗plami sifatida
qarash mumkin.
1.5.1. Axborot-hisoblash tizimlarining turlari va vazifalari
Axborot hisoblash tizimlari
jismoniy toifaga kiritiladi, vaholanki ular
mehnatining mahsuli jismoniy emas.
Axborotlarni o‗zgartirish amalini mexanizatsiyalashtirilganlik darajasiga
qarab MIT quyidagilarga bo‗linadi:
qo‗lda ishlov berish tizimlari (QIT);
mexanizatsiyalashtirilgan (MIBT);
avtomatizatsiyalashtirilgan (AIT);
axborotlarga avtomatik ishlov berish tizimlari (AAIT).
QIT da barcha axborotlarni o‗zgartirish amallari qo‗lda
inson tomonidan
qandaydir texnik vositalarni qo‗llamasdan bajariladi. MIBT da inson ba‘zi
axborotlarni o‗zgartirish amallarini bajarish uchun texnik vositalarni ishlatadi. AIT
da axborotlarni o‗zgartirish amallar jamlamasining ba‘zilari (lekin barchasi emas)
inson ishtirokisiz amalga oshiriladi, nafaqat axborot o‗zgartirish amallarining
alohida olinganlari mexanizatsiyalashtirilmay, balki
oldingi amaldan keyingi
amalga o‗tishlar ham mexanizatsiyalashtiriladi, avtomatizatsiyalashtirishning