134
axborotlar, shu jumladan, boshqarishni bajarish maqsadi; 3-boshqarish axboroti; 4-
obyekt holati haqidagi axborot; 5-faoliyat haqidagi axborot (teskari ulanish).
Katta obyektni boshqaruvchi (firma, korporatsiya) axborot hisoblash
tizimining vazifasini tizimlashtirish va tarkibini tahlillash natijasida quyidagi
umumlashtirilgan vazifalarni aniqlash va ajratishga imkon berdi:
hisoblash
–boshqarish tizimini qiziqtirgan
sohalarning barchasida
axborotlarga o‗z vaqtida va sifatli ishlov berish;
kommunikatsion
–berilgan joyga axborotni operativ uzatishni ta‘minlash;
xabar berish
–barcha ko‗rinishdagi zarur bo‗lgan axborotlarga tez ega
bo‗lish, qidirish va berishni ta‘minlash (ilmiy, iqtisodiy,
moliyaviy, yuridik,
tibbiyot, seysmik, texnik va boshqa);
saqlash
–zarur bo‗lgan axborotlarni uzluksiz yig‗ish, tartibga solish, saqlash
va yangilash;
kuzatish
–boshqarish uchun zarur bo‗lgan tashqi va ichki axborotni kuzatish
va hosil qilish;
sozlash
–boshqarish obyektiga uning ishlashining ko‗rsatkichlari
berilgan
(rejalashtirilgan) qiymatlardan o‗zgarsa, axborot-boshqaruv ta‘sirini amalga
oshirish;
optimallashtirish
–obyektni ishlash sharoiti va ko‗rsatkichlari o‗zgarsa,
maqsadning o‗zgarishi bo‗yicha optimal rejali hisoblashlar va qayta hisoblashlarni
ta‘minlash;
o„z-o„zini tashkillashtirish
–yangidan qo‗yilgan
maqsadga erishish uchun
AXT ko‗rsatkichlari va tarkibini osonlik bilan o‗zgartirish (shu jumladan
―tadqiqot-loyihalashtirish-tatbiq etish-ishlab chiqarish‖ siklini joriy etish uchun);
o„z-o„zini
rivojlantirish
–boshqarish,
ishlab
chiqarish
va
loyihalashtirishning eng yaxshi usullarini tanlashni asoslash maqsadida tajribalarni
yig‗ish va tahlillash;