169
yo‗g‗on (Thick) kabel, diametri 1 sm atrofida, ancha qattiq, bu turdagi
kabelni zamonaviy ingichka kabellar bozordan siqib chiqarmoqda.
Ingichka kabellar kam masofalarga axborot uzatishda yo‗g‗on kabellarga
nisbatan ko‗p ishlatiladi, chunki ularda signal so‗nishi ko‗proq. Lekin ingichka
kabel bilan ishlash ancha qulay, tez har bir kompyuterga o‗tkazish mumkin.
Yo‗g‗on kabelni xona devorlariga bir vaziyatda aniq mahkamlab qo‗yishni taqozo
qiladi. Ingichka kabelga BNS turidagi razyomni ulash qulay va qo‗shimcha
moslama talab qilinmaydi, lekin yo‗g‗on kabelga ulanish qimmat moslamalardan
foydalanishga to‗g‗ri keladi, chunki markaziy mis simga yetish uchun
qoplamalarni teshib o‗ta olish, hamda himoya sim to‗qima (ekran) bilan ham
ulanish lozimdir. Yo‗g‗on kabel ingichka kabelga nisbatan narxi ikki barobar
qimmat. Shu sababli ingichka kabellar ko‗p qo‗llaniladi.
Xuddi o‗ralgan juftli kabellar singari koaksial kabellarda ham tashqi
qoplama turi muhim ko‗rsatkich bo‗lib hisoblanadi. Xuddi shuningdek, bu
vaziyatda ham non-plenum (PVC) va shuningdek, plenum kabellari ishlatiladi.
Tabiiyki, teflonli kabel polivinilxloridli kabelga nisbatan qimmat. Odatda qoplama
turini uning rangiga qarab ajratish mumkin (Masalan, Belden firmasining PVC
kabellari uchun sariq rang, teflon qoplama uchun qovoq rang). Koaksial kabellarda
signal tarqalishining ushlanishi ingichka kabel uchun 5 ns/m ni tashkil qilsa,
yo‗g‗on kabel uchun 4,5 ns/m ni tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda koaksial kabellar eskirib qolgan deb hisoblanadi va
ko‗pchilik hollarda ularni to‗liq o‗ralgan juftli kabellar bilan yoki shisha tolali
kabellar bilan almashtirish mumkin. Kabel tizimlari uchun mo‗ljallangan yangi
standartlarga endi koaksial kabel turlari ro‗yxati kiritilmagan.