171
Bu holda biz ikki modda chegarasidan har xil sinish koeffitsientli to‗liq ichki
qaytish holatiga ega bo‗lamiz (shisha qoplamaning sinish
koeffitsienti markaziy
tolaning sinish koeffitsientiga nisbatan ancha kam). Kabelda sim to‗qima yo‗q,
chunki tashqi elektromagnit to‗siqlardan himoya kerak emas. Ammo, ba‘zi
hollarda tashqi mexanik taʻsirdan saqlash uchun sim to‗qima bilan o‗raladi.
Bunday kabelni ba‘zi holda yuqori darajada himoyalangan (bronevoy) deb ham
ataladi, u simli to‗qima ichida bir necha shishatolali
kabellardan tashkil topgan
hamda umumiy PVX qoplamaga olingan bo‗lishi mumkin.
Shisha tolali kabel to‗siqlardan himoyalanish va uzatilayotgan axborotni sir
bo‗lib qolish ko‗rsatkichlari yuqori darajaga egaligi bilan ajralib turadi. Hech
qanday tashqi elektromagnit to‗siq nurli signalni o‗zgartira olmaydi, signalni o‗zi
esa hech qanday elektromagnit nurlanish hosil qilmaydi. Tarmoqdan ruxsat
etilmagan axborotni olish uchun kabelga mexanik
ulanish amalda mumkin emas,
chunki bunday ulanish tufayli kabelni butunligi buzilib ishga yaroqsiz bo‗lib
qoladi. Nazariy jihatdan bunday kabelni signal o‗tkazish yo‗lagi 10
12
Gs gacha
yetadi, boshqa turdagi elektr kabellarga qaraganda bu juda ham yuqori ko‗rsatkich.
Shisha tolali kabel narxi yil sayin arzonlashib hozirgi
vaqtda taxminan ingichka
koaksial kabel narxi bilan tenglashib qolgan. Biroq bu holda maxsus qabul qiluvchi
va uzatuvchi qurilmalardan foydalanish kerak. Bu qurilmalar yorug‗lik
signalini
elektr signaliga va teskariga o‗zgartirib berishi uchun xizmat qiladi. Bunday
qurilmalar tarmoq narxini sezilarli darajada oshirib yuboradi.
Mahalliy tarmoqlarda foydalaniladigan chastotada shishatoladagi signalning
so‗nishi odatda taxminan 5 dB/km
ni tashkil qiladi, past chastotali elektr kabel
ko‗rsatkichiga to‗g‗ri keladi. Shisha tolali kabelda signalni
kabel orqali uzatish
chastotasi oshishi bilan signalni so‗nishi juda kam bo‗ladi. Yuqori chastotada
(ayniqa 200 MGs dan yuqori) uning ustunligi shubhsiz va hech qaysi elektr kabel
turi raqobat qila olmaydi.
Lekin shisha tolali kabelning ham ba‘zi bir kamchiligi mavjud.