172 Ulardan
eng
asosiysi–yig‗ish
(montaj) ishlarining murakkabligi.
Razyomlarni o‗rnatishni mikron aniqlikda amalga oshirish lozim, shisha tolani
uzish aniqligi va uzilgan yuzani shaffoflash aniqligidan razyomdagi signalning
so‗nish ko‗rsatkichi judayam bog‗liq. Razyomlarni o‗rnatish uchun kavsharlanadi
(svarka) yoki maxsus gel yordamida yopishtiriladi. Gelning yorig‗lik sinish
koeffitsienti shisha tolaning yorig‗lik sinish koeffitsientiga teng bo‗ladi. Har
qanday holatda ham bu ishlarni amalga oshirish uchun maxsus moslamalar va
yuqori malakali mutaxassislar kerakdir. Shuning uchun, shisha tolali kabellar turli
uzunlikda va uchlariga kerakli turdagi razyom o‗rnatilgan holda savdoga
chiqariladi.
Shisha tolali kabellarda signalni ikkinchi yo‗nalishga ham ayirish imkoni
bo‗lsa ham (buning uchun maxsus 2–8 kanallarga taqsimlovchi moslamalar ishlab
chiqariladi), odatda bu kabellarni bir tomonga axborot uzatish uchun ishlatiladi.
Yʻani bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma oralig‗ida. Har qanday
taqsimlanish oqibatda yorug‗lik signalini ilojsiz so‗nishga olib keladi va agarda
ko‗p kanalga taqsimlanilsa, u holda yorug‗lik tarmoq oxirigacha yetib bormasligi
ham mumkin.
Elektr kabeliga qaraganda shisha tolali kabelning mustahkamligi va
egiluvchanligi kam (ruxsat etilgan egilish radiusi 10–20 sm atrofini tashkil etadi).
Ionlashgan nurlanish ham unga tez ta‘sir qiladi, chunki shisha tola shaffofligi
kamayib signalning so‗nishi oshib boradi. Keskin temperaturaning o‗zgarishiga
ham sezgir, sababi bunday o‗zgarish taʻsirida shisha tola dars ketishi mumkin.
Hozirgi vaqtda radiatsiyaga chidamli shishadan kabellar ishlab chiqarilmoqda,
tabiiyki, ularning narxi qimmatdir. Shisha tolali kabellar, shuningdek, mexanik
tasirga ham sezgir (urilish, ultratovush) bu holatni mikrofon effekti deb ham
yuritiladi. Bu taʻsirni kamaytirish uchun yumshoq tovush yutuvchi qobiqdan
foydalaniladi. Shisha tolali kabellar faqat «yulduz» va «halqa» topologiyalarda
qo‗llanilidi. Bu holda hech qanday moslash va yerga ulash muammosi mavjud