Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
90
Shunday qilib, milliy iqtisod tarmog‗ining turli boshqaruv darajasida 
boshqaruv jarayoni to‗g‗risida axborot olish diskretligi turlichadir. Xuddi 
shuningdek, tashkilotning boshqaruv organi tomonidan maqsadga muvofiq ushbu 
jarayonni tuzatish zaruriyati axborot olish chastotasiga ko‗ra yuzaga keladi yoki 
kelmaydi. 
Axborot tizimlari axborot va axborot texnologiyalari kabi jamiyat paydo 
bo‗lgan vaqtdan buyon mavjud, chunki uning har qanday rivojlanish bosqichida 
boshqaruvga ehtiyoj bo‗ladi. Boshqaruv uchun esa tizimlashtirilgan, oldindan 
tayyorlangan axborot talab qilinadi. 
Axborot tizimi. 
Tegishli tashkilotlar (obyektlar)da faoliyat ko‗rsatuvchi va 
turlicha tuziluvchi axborotlar majmuiu axborot tizimini tashkil etadi. Axborot 
tizimlarining
 
asosiy vazifasi—barcha resurslarni samarali boshqarish uchun 
tashkilotlarga kerakli bo‗lgan axborotlarni ishlab chiqish, tashkilotni boshqarish 
uchun axborot va texnikaviy muhitni yaratishdan iborat. Boshqaruv tizimini ko‗rib 
chiqish davomida boshqaruvning quyidagi uchta darajasini ajratib ko‗rsatish 
mumkin:
 
strategik, taktik va tezkor (8-rasm). Har bir darajaning o‗z vazifalari 
bo‗lib, ularni hal etishda
 
axborotga bo‗lgan ehtiyoj, ya‘ni
 
axborot tizimiga nisbatan 
talab yuzaga keladi. Bu talablar axborot tizimidagi tegishli axborotlarga qaratilgan. 
Axborot texnologiyalari talablarni qayta ishlash va mavjud axborotlardan 
foydalanib javoblarni shakllantirish imkonini beradi. Shunday qilib

boshqaruvning 
har bir darajasida kerakli qarorni qabul qilish
 
uchun asos bo‗luvchi axborot paydo 
bo‗ladi. 
Boshqaruv darajasi ahamiyatliligiga ko‗ra qancha yuqori bo‗lsa, 
mutaxassislar va menejerlarning axborot texnologiyalari yordamida bajaradigan ish 
hajmi shuncha kam bo‗ladi. Biroq, bu holda, axborot tizimining murakkabligi
 
va 
intellektual imkoniyatlari hamda menejerning qaror qabul qilish chog‗idagi roli 
ortadi. Boshqaruvning har qanday darajasi turli miqdor va turli darajadagi 
axborotga muhtoj bo‗ladi. 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin