Xalifa Mutavakkil (847-861) tomonidan 861 yili Al-Farg‘oniy Qoxira yaqinidagi Fustat shahriga Nil daryosi suvi satxini o‘lchash uchun yuboriladi. Farg‘oniyning bu sohada yasagan kilometr asbobi hozirgacha saqlanmoqda. Farg‘oniyning boy merosi, asarlari hozir Koxira, London, Parij, Berlin kutubxonalarida saqlanmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, Farg‘oniy asarlarining bilgan ko‘p qismi hali to‘liq o‘rganilmagan va o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda. 1998 yil kuzida mutafakkir qomusiy olim, yurtdoshimiz, xalqaro miqyosdagi yetuk olim Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik ulkan to‘yi mamlakatimizda, xususan, u tug‘ilib o‘sgan Farg‘ona vodiysi diyorida keng nishonlandi, ajoyib ziyoratgoh tashkil etildi va olimga muhtasham haykal yodgorlik o‘rnatildi.
Imom Ismoil al-Buxoriy (810-869 yy.) Buyuk hadisshunos olim Buxoroda tavallud topgan bo‘lib, bolalikdanoq bilimga intilib, arab tili va hadis kitoblarini o‘qish va ularni yodlashga qunt bilan kirishgan. Keyinchalik Buxorolik muxaddislar Muhammad al-Poykandiy, Abdullox al-Masnadiylardan xadis ilmini chuqur o‘rganib ko‘p hadislarni yod olgan. 16 yoshlarida onasi va akasi bilan safarga otlanib Balx, Basra, Kufa, Bog‘dod, Xums, Damashq, Misr, Makka, Madina shaharlarida bo‘lishib mashhur hadis olimlaridan ilm olgan. Ma’lumki, «hadis» muqaddas «Kur’on» kitobidan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Imom Buxoriy hayoti davomida 600 ming hadis to‘plab, ulardan 7275 hadisni o‘zining 4 jildlik «Ishonarli to‘plam»iga kiritdi. To‘plam Misr va boshqa ko‘p mamlakatlarda chop etilgan. Nihoyat bu to‘plam 1991-1992 yillarda o‘zbek tiliga tarjima qilinib, kitobxonlarga taqdim qilindi. Al-Buxoriy hadislari islom dunyosidagi yuzlab hadischi olimlarnikidan alohida farq qiladi va shuning uchun ham «Ishonarli» to‘plam deyiladi. Al-Buxoriyning islom dinshunosligiga oid 20ga yaqin katta hajmdagi asarlar yozgani ma’lum. Uning hadislari va asarlarining diqqat markazida dinning inson uchun tarbiyaviy ahamiyati, uning ma’naviy yuksalishi, tozaligi, donoligi, yaxshi va yomonni bir-biridan ajrata bilishi kabi hislatlari turadi. Islom dunyosining yirik olimi, hadisshunoslikda eng yuqori pog‘onaga chiqqan Imom Ismoil al-Buxoriyning 1205 yilligi 1998 yil xalqaro miqyosda tantanali nishonlandi va u vafot etgan Samarqand atrofidagi Chelak shahrida nihoyatda xashamatli ziyoratgoh qurildi. Bu yerga jahonning turli joylaridan minglab odamlar ziyoratga kelmoqdalar.