O’ta yuqori chastotali mikroto’lqinli pechlarning qismlarga ajratilgan holatdagi umumiy ko’rinishi:
O’ta yuqori chastotali mikroto’lqinli pechning ishlash rejimi: O‘YCHPning aylanish likopchasiga oziq-ovqat mahsuloti joylab eshigini yopib, kerakli bo‘lgan quvvat tanlab olingandan so‘ng vaqt tanlanadi, vaqt relesi quvvat, aylanish stoli, lampochka, ventilatorni qo‘shib vaqtni hisoblaydi, o‘rnatilgan vaqt tugagandan so‘ng vaqt relesi elektr zanjirni uzadi. Diqqat: kameraga oziq-ovqat mahsulotlarini solmasdan O‘YCHPni tarmoqqa ulab bo‘lmaydi. KP – kontaktli rele va K-Power orqali T1 tronsformatorining birinchi chulg‘amiga ~220V, 50 Hz uzatiladi, T1- transformator o‘zgaruvchan tokni shunday chastotali, boshqa kuchlanishli o‘zgaruvchan tokka aylantirib beradi.
Transformatorning oziqlanish kuchlanishiga ulangan uchlari I chulg‘am, iste’molchiga ulangan uchlari II chulg‘am deb ataladi. ~220V transformatorning birinchi chulg‘amidan o‘zgaruvchan tok oqib o‘tib, transformatorning o‘zagida o‘zgaruvchan magnit oqimini hosil qiladi. Bu magnit oqimi ikkinchi chulg‘am o‘lchamlarini kesib o‘tib, unda EYK induksiyalaydi. Ikkinchi chulg‘amga iste’molchi yuklamasi ulansa, induksiyalangan EYK ta’sirida yuklamada tok hosil bo‘ladi. 3,6 V cho‘g‘lanish tolasi va katod uchun, 2000V magnetronni oziqlantirish uchun. C-yuqori voltli kondensator va to‘g‘irlagichli diod yordamida o‘zgaruvchan tok to‘g‘irlanib, kuchlanish 4000 voltga yetadi. Bu kuchlanish magnetronni oziqlantiradi. FHV saqlagich magnetron, diod, kondensator ishdan chiqqanda transformatorni kuyishdan saqlash maqsadida o‘rnatilgan.
O’ta yuqori chastotali mikroto’lqinli pechlarning ichki qismlarning umumiy ko’rinishi Xo‘jalikda dielektrik qizdirishni ovqat tayyorlashda, muzlagan mahsulotlarni eritishda ishlatish mumkin. O‘zgaruvchan elektr maydon ta’sirida jismlarda polarizatsiya hosil bo‘ladi. Elektr komponentda elektromagnit to‘lqin molekula harakatini tezlashtirib, dipol paytida ega bo‘lgan molekulalar ishqalanish paytida elektromagnit nurlanishda molekulalarni yutib mahsulotning haroratini oshirishga olib keladi. Bu jarayonni dipol polarizatsiya deyiladi. Maishiy uy-ro‘zg‘or O‘YCH pechlar 2450 mHz chastotada ishlaydi. Chastota suvni yutish spektrida yotadi. U keng miqdorda haroratni o‘zgartiradi, amaliyotda diapazon yutilishi chastota ortishiga olib keladi. Radioto‘lqinning masalliqqa kirib borish chuqurligi bir necha santimetrni tashkil qiladi, chastota qanchalik kichik bo‘lsa, masalliq chuqurligi katta bo‘ladi. Magnitronda nurning sochilishi quvvati 500W bo‘lib, muvofiq keladigan natijaga erishiladi.
Magnetron [magnit va (elek) tron] — oʻta yuqori chastotali elektromagnit tebranishlarni generatsiyalaydigan elektrovakuum asbob; elektronlar doimiy magnit va elektr maydoni bilan oʻzaro taʼsirlashganda sodir boʻladi.