II BOB. SHARQ MUTAFAKKRLARINING OILA VA BOLA TARBIYASIDAGI QARASHLARI VA ULARDAN FOYDALANISH……19
2.1. Bolani barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda sharq allomalarining o’gitlaridan foydalanish.….….….…………………………………………………………….19.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni oilada tarbiyalashda sharq mutafakkirlari merosidan foydalanish……………………………………….………………….25
Xulosa va tavsiyalar …………………………………………………………....37
Foydalanilgan adabiyot …………………………………………………………..38
K I R I SH
K I R I SH
Mavzuning dolzarbligi. Oilaviy muammolar o’zining ko‘p qirraliligi bilan alohida xususiyat kasb etib, jamiyat taraqqiyotini belgilashda, ma’nan barkamol, ruhan sog‘lom avlodni voyaga yetkazish jarayonida ularning ijobiy yechimi katta ahamiyatga egadir. Agar har bir oilani tashkil etuvchilar o‘z muammolarini bahamjig‘atlik bilan, o‘zaro kelishuv asosida hal qilsalar, oiladagi tinchlik kafolatlanib, uning ma’naviy asoslari mustahkam bo‘ladi. Alohida ta’kidlash joizki, er-xotin, qaynona-qaynota, kelin-kuyov munosabatlarida, fikrlar va qarashlardagi paydo bo‘ladigan ayrim kelishmovchiliklar, qarama-qarshiliklar, ziddiyatlarni uni tashkil etuvchi shaxslar o‘zaro kelishib, muammoni konstruktiv tarzda yechishga qodir bo‘lsalar, oiladagi ijtimoiy-psixologik hamda ma’naviy muhit yosh avlod ongida insoniy munosabatlar to‘g‘risida teran va ijobiy tasavvurlar shakllanishiga imkon beradi. Shu bois ham mamlakatimizda oila va uning tarbiyaviy imkoniyatlari qadriyat sifatida yuksaklarga ko‘tariladi.