Kurs ishining maqsadi. Sharq mutafakirlarining oila va bola tarbiyasidagi qarashlarini o’rganish.
Kurs ishining maqsadi. Sharq mutafakirlarining oila va bola tarbiyasidagi qarashlarini o’rganish.
Kurs ishining vazifalari. Kurs ishi quyidagi vazifalarni amalga oshirish zaruratini taqozo etadi:
1.O’zbekiston psixologlari tomonidan oila mustahkamligini psixologik omillarining tadqiq etilishi. 2.Bolani barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda moddiy va ma’naviy me’rosning o’rni
Kurs ishining predmeti: Sharq mutafakirlarining oila va bola tarbiyasidagi qarashlari.
Kurs ishining metodi. Oila va bola tarbiyasida sharq mutafakkirlari qo’llanmalaridan foydalanish.
Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qad. va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar TARBIYA tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.
1.2 Buyuk allomalarimiz oilada axloqiy Tarbiyaning ahamiyati haqida qarashlari
Oilada axloqiy Tarbiyaning rolini ko’rsatish, unda ota-bobolarimizdan mepros bo’lib qolgan axloqiy fazilatlarni egallashning naqadar ahamiyatli ekanligini ilmiy nazariy jihatdan tahlil etish juda muhimdir.
“Xalqning axloqiy mezonlari uning yillar davomida yerishgan ulkan ma’naviyati bilan uzviy bog’langan. Ana shuning uchun axloqiy tasavvurlarimiz, axloqiy qadriyatlarimiz millat uchun, uning obro’yi va istiqboli uchun xizmat qilsagina, o’z o’timishini, ma’naviy merosini, qadriyatlarini unutmaydi”