Otajonov shohruxbekning yuridik psixologiya fanidan voqea joyini ko


Voqea sodir etilgan joyni ko’zdan kechirish psixologiyasi



Yüklə 75,72 Kb.
səhifə4/9
tarix17.06.2022
ölçüsü75,72 Kb.
#61672
1   2   3   4   5   6   7   8   9
VOQEA HODISA JOYINI KO’ZDAN KECHIRISH PSIXOLOGIYASI1 OTAJONOV SHOXRUX

1.2.Voqea sodir etilgan joyni ko’zdan kechirish psixologiyasi.
Voqea joyini ko‘zdan kechirish jinoyat izlarini, boshqa ashyoviy dalillarni topish, voqea holatlarini, shuningdek, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlash maqsadlarida o‘tkaziladigan mustaqil tergov harakati hisoblanadi. Shu bilan birga, ko‘zdan kechirish boshqa tergov harakatlari – ushlab turish, tintuv o‘tkazish, olib qo‘yish, tergov eksperimenti, ko‘rsatmalarni voqea joyida tekshirish kabilarning tarkibiy qismi bo‘lishi ham mumkin
1. Voqea joyini ko‘zdan kechirish almashtirib bo‘lmas tergov harakati hisoblanadi, chunki ko‘zdan kechirish chog‘ida olinadigan ma’lumotni aksariyat hollarda boshqa joydan topish, boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish orqali olish mumkin bo‘lmaydi. Masalan, jinoyatchining oyoq va qo‘l izlari, uning buzish qurolini qo‘llash usullari ana shularga misol bo‘la. Tergovchi voqea joyidagi obyektlarni o‘rganish jarayonida bilishning tergov yo‘nalishini belgilash va voqealarning haqiqiy xususiyatini aniqlash imkonini beradigan faktlar va holatlarni topishga qaratilgan turli xil shakl va usullaridan foydalanadi
2. Voqea joyidagi holatni idrok etish tergovchiga hodisaning manzarasini tasavvur qilish imkonini beradi, tusmollarni ilgari surish, boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish uchun zarur empirik baza yaratadi. Albatta, hech qanday hujjat tahlili, bayonnomalar, chizmalar, fotosuratlar bevosita ko‘rishning o‘rnini bosa olmaydi, ana shuning uchun ham avvalgi yillarda sodir etilgan va ochilmagan jinoyatlar ishlash uchun qabul qilinganida, vaziyat katta o‘zgarishlarga uchragan hollarda ham, har holda voqea joyida bo‘lish va u bilan tanishish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Juda ko‘p hollarda voqea joyini ko‘zdan kechirish tergovning boshlang‘ich bosqichiga xos bo‘lgan noaniq tergov vaziyati sharoitida o‘tkaziladi. Bunda nima yuz bergani, ya’ni jinoyat, baxtsiz hodisa, uyushtirilgan voqea, agar jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, u qanday jinoyat, uni kim va nima uchun sodir etishi mumkinligi aniqlanadi. Ko‘zdan kechirish tergov harakatining o‘ziga xosligini uning kechiktirib bo‘lmas xususiyatga egaligi ham tashkil etadi. Aksariyat boshqa dastlabki tergov harakatlaridan farqli ravishda voqea joyini ko‘zdan kechirish zudlik bilan o‘tkazilishi kerak. Har qanday kechikish vaziyatning o‘zgarishiga, iz va dalillar yo‘qolishiga, voqea shohidlari va guvohlari ish uchun muhim holatlarni unutishiga olib kelishi mumkin.Bunday sharoitda tergovchida ko‘zdan kechirishga, uning taktikasini o‘ylab ko‘rishga, maslahat olishiga yetarli vaqt bo‘lmaydi. U juda tez harakat qilish kerak, aks holda yo‘l qo‘ygan xatosini tuzatish qiyin kechadi, bu dalillar o‘rnini to‘ldirib bo‘lmas darajada yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Bularning bari tergovchida yuqori darajadagi mas’uliyat hissini yuzaga keltiradi, yosh, yetarli tajribaga ega bo‘lmagan xodimlarda esa ko‘pincha «xato qilishdan qo‘rqish» deb atash mumkin bo‘lgan o‘ziga xos holat yuzaga keladi. Bu ortiqcha hayajonlanish, o‘zini yo‘qotish, shoshma-shosharlik, oqilona faollikning, maqsadga muvofiqlikning pasayishida namoyon bo‘ladi, aniq fikriy faoliyat yurita olmaslikka,
ko‘zdan kechirish ishtirokchilarining harakatlarini to‘g‘ri boshqarishda qobiliyatsizlikka olib keladi. Ayni vaqtda shu narsa yaxshi ma’lumki, malakali tergovchilar xuddi shunday murakkab vaziyatda nafaqat tez, balki maqsadga yo‘naltirilgan tarzda, butun diqqat-e’tiborini jamlagan holda harakat qiladilar. Ularning kuzatuvchanligi, fikriy faoliyati kuchayadi, ular ko‘zdan kechirishning borishiga mohirlik bilan rahbarlik qiladilar.Umuman olganda, bunday tergovchilarda barcha ma’naviy va jismoniykuchlar safarbar etiladi1.
Voqea joyiga chiqish uchun tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida tergovchining bo‘lg‘usi faoliyatga ruhiy jihatdan tayyorlanish zarurati yuzaga keladi. U voqeaning xususiyatiga qarab o‘z harakatlarining umumiy tartibini modellashtiradi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etishga yo‘nalishni shakllantiradi.
Voqea joyini ko‘zdan kechirish ishtirokchilarining qarashlari psixologik jihatdan mos kelishi ham alohida ahamiyatga ega. Tergovchi hokimiyat vakolatiga ega bo‘lsa-da, shaxslararo munosabatlarning psixologik jihatlarini ham e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak. Uning ko‘zdan kechirish ishtirokchilari bilan ish yuzasidan xushmuomala munosabatda bo‘lishi bir guruh shaxslar ishtirok etadigan voqea joyini ko‘zdan kechirishni muvaffaqiyatli o‘tkazishning muhim shartidir.
Diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo`naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir.
E’tiborni ma’lum obyektga qaratish uchun irodaviy kuch-g`ayrat sarflash zarurati yuzaga kelganda, binobarin, qiyinchiliklar paydo bo`lganida, bilishga oid qiziqish susayganida va shuningdek,to`siqlar mavjud bo`lgan kezlarda diqqat aniq-ravshan namoyon bo`ladi.
Hosil bo`lish xususiyati va amal qilish usullariga ko`ra diqqatning uchta asosiy turi mavjud:
ixtiyorsiz diqqat;
ixtiyoriy diqqat;
ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat
Ixtiyorsiz diqqat kishining niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda hosil bo`ladi va qo`llab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo bo`lishi jismoniy, psixofiziologik va psixikomillar bilan belgilanadi. Individning ehtiyojlariga mos keladigan, uning uchun ahamiyatiga ega bo`lgan qo`zg`atuvchilar ixtiyorsiz diqqatni qo`zg`aydi. Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning roli benihoya kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqlibo`lsa, diqqatning uzoq vaqt mobaynidato`planib turishini taqozo etadi. Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy yo`nalganligiga ham bog`liqdir.
Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan diqqat-e’tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil bo`ladi. Ixtiyoriy diqqat, agar kishi o`z oldiga ma’lumbirvazifa qo`yganva harakat dasturini ongli tarzda ishlab chiqqan bo`lsa, yuz beradi.
Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat maqsadga yo`naltirilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy to`planganligidagi kabi, faqat uning mazmuni va jarayonining qiziqarli hamda ahamiyatlibo`lishi natijasida qiziqib, kirishib ketish xususiyatida namoyonbo`ladi. Diqqatning jamlanishi, jalb qilinishi ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqatda unumli va sermahsul hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat sharoitiga o`tish uchun ish jarayonini faollashtirish talab etiladi. Puxta ishlangan dastlabki ruhiy, tashkiliy va texnikaviy tayyorgarlik voqea joyini ko‘zdan kechirish muvaffaqiyatli o‘tishining garovidir. Voqea joyini ko‘zdan kechirish boshlanishidan avval tergovchi tashkiliy ishlarni (tezkor guruhni tanlab olish, ilmiy-texnikaviy vositalarni tayyorlash va tekshirish, mutaxassislarni taklif etish, voqea joyini qo‘riqlash kabilarni) amalga oshirishi kerak. Tezkor guruh a’zolarining o‘zvazifalarini yaxshi bilishi, bir-birlari bilan aniq hamkorlik qilishi katta ahamiyatga ega. Tezkor guruhni tashkil qilishda ishtirokchilarining kasbiy mahorati va hayotiy tajribasini uyg‘unlashtirishning, o‘zaro psixologik mos kelishining (birga ishlashga, o‘zaro yordam berishga, har qanday vaziyatda og‘ir bo‘lishga, xayrixohlik, o‘zini tutish, o‘zaro hurmatni saqlab qolishga tayyorlik, yuzaga kelgan nizolarni tez bartaraf eta olishning) maqsadga muvofiqligini yodda tutish zarur. Voqea joyini ko‘zdan kechirish tergovchi oshkora, boshqa odamlar hozirligida harakat qiladigan kam sonli tergov harakatlari qatoriga kiradi.Bu ham muayyan ruhiy tayyorgarlikni, jumladan fikrni jamlay olish,og‘ir-vazmin bo‘lish, diqqatni jamlash va zarur bo‘lganida boshqa narsaga ko‘chira olish, ayni vaqtda voqea joyini ko‘zdan kechirish ishtirokchilarining harakatlariga rahbarlik qilish, zarur intizomni, hamkorlik muhitini saqlash mahoratini talab qiladi. Voqea joyini ko‘zdan kechirish – tergovchi, surishtiruv organining xodimi, mutaxassislar va shohidlardan iborat bo‘lgan hamda tergovchi rahbarlik qiladigan murakkab kompleks faoliyat turidir. Tergovchining faoliyati bir qator operatsiyalardan tashkil topadi hamda bilish, izlash, tashkil qilish va ishonch hosil qilish elementlarida amalga oshadi1. Ularni qisqacha tavsiflab o‘tamiz.
Faoliyatning bilish elementi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– vaziyatni, faktlar va hodisalarni idrok etish;
– ular o‘rtasidagi sababiy aloqani aniqlash;
– taxminlar, tusmollarni ilgari surish.
Faoliyatning izlov elementi – jinoyatchining harakatlari tufayli kelib chiqqan o‘zgarishlarni izlash va topish; izlar, ashyoviy dalillarni olish. Tashkiliy element ko‘zdan kechirish vaqtida tezkor guruhga rahbarlik qilish harakatlarini (voqea joyining qo‘riqlanishini tashkil qilish, jabrlanuvchiga ko‘maklashish, vazifalarni ko‘zdan kechirish ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash kabilarni) o‘z ichiga oladi.


Yüklə 75,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin