Dars turi: Yangi bilimlar beruvchi va malakalarni shakllantiruvchi.
Dars usuli:Ananaviy
I.Darsni tashkil etish:a) salomlashish b) davomatni aniqlash. s) o’quvchilarni darsga jalb qilish d) siyosiy daqiqa Siyosiy daqiqada o’quvchilar bilan bugungi kun yangiliklari savol-javob orqali so’raladi. II. O`tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash). A)Uyga topshiriq nazorati. O’tgan mavzuni so’rash.
O’tgan mavzu bo’yicha konspekt.
B) O’tgan mavzuni takrorlash uchun o’quvchilar bilan og’zaki savol javob
o’tkaziladi.
III. Yangi mavzuni tushuntirish. Reja: 1)Dragunov merganlik miltig‘i hamda tankka qarshi qo‘l granatomyotining tuzilishi, ishlash tamoyili va jangovar xususiyatlari. 2) Kichik kalibrli miltiqning vazifasi, tuzilishi va jangovar xususiyatlari Dragunov merganlik miltig‘i hamda tankka qarshi qo‘l granatomyotining tuzilishi, ishlash tamoyili va jangovar xususiyatlari. 7,62 mm li Dragunov merganlik miltig‘i merganning quroli hisoblanadi va har xil paydo bo‘ladigan, harakatlanadigan, ochiq va niqoblangan yakka nishonlarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan.
Jangovar xususiyatlari. Merganlik miltig‘idan 800 m gacha masofadao‘q uzish eng samarali hisoblanadi. Otishning optik mo‘ljallagich bilan mo‘ljallab otish uzoqligi — 1300 m, ochiq mo‘ljallagich bilan — 1200 m. Ko‘krak shakldagi nishonga to‘g‘ridan to‘g‘ri otish uzoqligi — 430 m, yuguruvchi nishonga esa — 640 m. Jangovar tezotarligi daqiqasiga 30 ta o‘q. Merganlik miltig‘ining nayza-pichoqsiz, optik mo‘ljallagich, to‘latilmagan magazin va qo‘ndoq yuzi bilan og‘irligi — 4,3 kg. Merganlik miltig‘i-dan bittalab otiladi. Otish paytida patronlar 10 dona patron sig‘imiga ega qutisimon magazindan yuboriladi.
RPG-7 va RPG-7D qo‘l granatomyotlari tanklar, o‘ziyurar artilleriya qurilmalari va dushmanning boshqa zirhli vositalari bilan kurashish uchun mo‘ljallangan. Bulardan tashqari, ularni yengil pana joylarda hamda shahar tipidagi inshootlarda joylashgan dushmanning jonli kuchini yo‘q qilishda ham qo‘llash mumkin.
Granatomyotdan PG-7V va PG-7VM kumulativ ta’sirli kalibr usti o‘q-dorilari otiladi. Granatomyot zirhteshuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lib, dushmanning barcha turdagi zamonaviy tanklar va o‘ziyurar artilleriyasi bilan samarali kurashish imkoniyatini beradi.