O’tiladigan


O‘q trayektoriyasi (harakatlanish yo‘li)ning hosil bo‘lishi



Yüklə 357 Kb.
səhifə21/57
tarix16.10.2023
ölçüsü357 Kb.
#156107
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57
4-chorak kunlik

O‘q trayektoriyasi (harakatlanish yo‘li)ning hosil bo‘lishi.
Avtomat stvolidan otilgan o‘qlarning burchak balandligi aniq belgilangan holatda bo‘lishi lozim. O‘qning havodagi uchish davri bir yo‘nalishda bo‘ladi. Bu yo‘nalishni esa o‘qning uloqtirish yo‘nalishi deyiladi.
O‘q havoda uchish davri mobaynida og‘irlik kuchiga, havoning qarshiligiga duch keladi. Og‘irlik kuchi eng kuchlisi hisoblanib, uloqtirish yo‘nalishidagi o‘qni katta kuch bilan pastga tortadi, havoning qarshiligi esa uchish tezligini pasaytirib, o‘qning bosh qismini orqaga qaytarishga harakat qiladi. Shu ikki qarama-qarshi kuchlar ta’sirida uloqtirish yo‘nalishidagi o‘q egri shaklda harakatlanadi. O‘q havodagi uchishi davrida, og‘irlik markazidan egri yo‘nalishga yozilib harakat qilish yo‘lini trayektoriya (harakatlanish yo‘li) deyiladi.
O‘q trayektoriyasi (harakatlanish yo‘li)ning hosil bo‘lishi burchak o‘lchami balandligiga bog‘liq bo‘lish bilan birga, berkitilgan shikastlanuvchi va o‘lik maydonlarigacha hamda to‘g‘ri otish masofalarigacha bo‘lgan o‘lchamni tasvirlaydi. O‘q trayektoriyasining burchak balandligi kengayadi, o‘qning ufqqa to‘g‘ri uchish holati kuchayishi ma’lum bo‘lmagan tarzda ro‘y beradi. Buning oqibatida harakatlanish yo‘li (trayektoriya) balandligi kattalashadi, ufqqa qarab harakatlanish esa biroz pasayadi.
Ufqqa yo‘nalgan o‘qning uchish masofasidagi balandlik burchagi yanada yiriklashishini katta burchak masofasi deyiladi. Boshqa turdagi qurollarning o‘qi uchun burchak kattalik o‘lchami 35° gacha bo‘ladi. Yuqori burchak balandligidan kichik burchak balandligigacha bo‘lgan masofada o‘qning yer bag‘irlab harakatlanishini yer bag‘irlab ketgan trayektoriyasi (harakatlanish yo‘li) deyiladi.


Oqning teshib otish va shikastlash ta’siri

O‘qning teshib o‘tishi, to‘siq va yashirin joylarning yo‘g‘onligi, qalin-ligi bilan mustahkamligiga bog‘liqdir.


O‘qning o‘ldirish holati — tirik organizmda o‘q harakatlanib, safdan chiqarishga olib kelishi bilan birga tirik organizmda kinetik quvvatning singishi oqibatida uning kiyimlari hamda hayotiy organlarining shikastlanishiga olib keladi. Kinetik quvvat insonning hech qanday maxsus kiyimi bo‘lmagan taqdirda ham uning asosiy hayotiy organlarini hech bo‘lmaganda 8 kgs/sm2 (78,5 j) miqdorda shikastlaydi.



Yüklə 357 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin