O’tiladigan



Yüklə 357 Kb.
səhifə29/57
tarix16.10.2023
ölçüsü357 Kb.
#156107
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57
4-chorak kunlik

2-guruh uchun


1-savol: Stvolga ta’rif bering.
Javob: Stvol — o‘qning mo‘ljallangan tomonga uchishi uchun xizmat qiladi. Stvol ichkarisida to‘rt qirrali kanali bo‘lib, chapdan yuqoriga va o‘ngga yo‘nalgan. Qirralar o‘qning tez kuchlanib harakatlanishiga xizmat qiladi. Qirralar bilan bog‘langan yo‘lak bo‘lib, bu yo‘lakning o‘rtasi stvol kalibri deyiladi. Stvolning zirhlangan qismi qattiq piston shaklida bo‘lgan kanali oqlanish qismi deyiladi. O‘qlanish qismidan stvol kanalining qirrali qismiga o‘tishi oqning yolagi deb ataladi. Stvolning bosh qismida rezba bo‘lib, unga kompensator ulanadi, gaz kamerasi, bog‘lovchi mufta, nishonga olish dastasi hamda o‘q solinadigan joyda otilgan o‘q gilzasini chiqarib tash-lovchi qismini ilib olish uchun zirhli kesishgan joyida yo‘naltiruvi changakdan iborat. Gaz tuynugida ishqorlangan yo‘nalish gaz kamerasi orqali gaz kamerasiga o‘tadi.


2-savol: Noto‘liq qismlarga ajragan avtomatni qanday yig‘iladi?
Javob: Noto‘liq qismlarga ajragan avtomatni yig‘ish tartibi:
stvol qoplamasi bilan birgalikdagi gaz trubkasini biriktirish; zatvorni zatvor ramasiga biriktirish;
zatvor ramasini zatvor bilan birgalikda stvol qutisiga joylashtirish; qaytaruvchi mexanizmni biriktirish; stvol qutisi qopqog‘ini biriktirish; tepkini bosib, uni jangovar holatdan xalos etish va saqlagichni o‘rnatish; shompolni biriktirish; anjomlar penalini qo‘ndoqdagi uyaga joylashtirish;
magazinni avtomatga biriktirish. Avtomatni qayta yig‘ishda qismdagi raqamlar stvol qutisidagi raqamlarga solishtirilib ko‘riladi.


3-savol: Granatani uloqtirish uchun qanday ishlar bajariladi?
Javob: Granatani uloqtirish uchun uni qo‘lga olib, barmoqlar bilan boshlovchi dastakni va korpusni qisgan holda boshlovchi qattiq qisishni davom ettirib, boshqa qo‘l bilan qo‘riqlash oldi chekini to‘g‘rilab halqani uzib, nishonga uloqtiriladi (mudofaa uchun qo‘llaniladigan granatalar uloqtirilgandan keyin pana joyga o‘tib, yashirinish lozim bo‘ladi). Granatani uloqtirish jarayonida qadam tashlab yoki yugurib harakatlanish zarur. Granatani o‘ng qo‘lda yarim bukilgan holda ushlab va qurolni chap qo‘lga olib, qo‘riqlash oldi cheki olib tashlanadi. Chap oyoqda qadam tashlanganda, qo‘l granata bilan oldinga, pastga harakat qilinib, o‘ng oyoqda ikkinchi qadamni tashlab harakat qilgan holatda, qo‘lni pastdan yoysimon tutib, granata korpusini o‘ng tomonga qaratib, uchinchi qadam tashlashda chap oyoqni mo‘ljallangan to-monga qo‘ygancha, o‘ng oyoqning tizza qismini egib, korpus burilish holatini yakunlab, qo‘l aylantiriladi. Qadam tezligini oshirib, harakatni jamlagan holda granata korpusi uloqtiriladi.



Yüklə 357 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin