II. O’tgan dars mavzusini mustahkamlash. Uyga topshiriq nazorati. O’tgan mavzuni so’rash.
O’tgan mavzu bo’yicha konspekt
O’tgan mavzuni takrorlash uchun o’quvchilar bilan og’zaki savol javob
o’tkaziladi.
III. Yangi mavzu bayoni. Reja: 1) Avtomatning tarkibi, asosiy qism va mexanizmlari. 2) Mo‘ljalga olish moslamasi Avtomat tarkibiga quyidagi asosiy qism va mexanizmlar kiradi:
1-Stvol, stvol qutisi, zarbdor-tepki mexanizm, mo‘ljalga olish moslamasi, qo‘ndoq va pistolet dastasi bilan birga. 2-Olov so‘ndiruvchi-kompensator. 3-Stvol qutisining qopqog‘i.
4-Zatvor ramasi gaz porshenibilan birgalikda. 5-Zatvor. 6-Qaytaruvchi mexanizm. 7-Gaz trubkasi stvol qoplamasi bilan birgalikda. 8-Stvol osti dastasi. 9-Magazin. 10-Nayza-pichoq.
11-Shompol. 12-Tozalash anjomlari uchun penal.
Stvol— o‘qning mo‘ljallangan tomonga uchishi uchun xizmat qiladi. Stvol ichkarisida to‘rt qirrali kanali bo‘lib, chapdan yuqoriga va o‘ngga yo‘nalgan. Qirralar o‘qning tez kuchlanib harakatlanishiga xizmat qiladi. Qirralar bilan bog‘langan yo‘lak bo‘lib, bu yo‘lakning o‘rtasi stvol kalibri deyiladi. Stvolning zirhlangan qismi qattiq piston shaklida bo‘lgan kanali o‘qlanish qismideyiladi. O‘qlanish qismidan stvol kanalining qirrali qismigao‘tishi o‘qning yo‘lagi deb ataladi. Stvolning bosh qismida rezba bo‘lib, unga kompensator ulanadi, gaz kamerasi, bog‘lovchi mufta, nishonga olish dastasi hamda o‘q solinadigan joyda otilgan o‘q gilzasini chiqarib tash-lovchi qismini ilib olish uchun zirhli kesishgan joyida yo‘naltiruvi changakdan iborat. Gaz tuynugida ishqorlangan yo‘nalish gaz kamerasi orqali gaz kamerasiga o‘tadi.
Stvol qutisi— avtomat qism va mexanizmlarini biriktirish, zatvorramasining zatvor bilan birgalikdagi harakatini yo‘naltirish, stvol kanalini zatvor bilan yopish va zatvorni yopish uchun xizmat qiladi. Stvol qutisi o‘zining qopqog‘i bilan yopiladi.