Mo‘ljalga olish moslamasi — avtomat (pulemyot)ning o‘t ochish cho‘g‘initurli masofalardagi nishonlarga to‘g‘rilash uchun xizmat qiladi.
Mo‘ljalga olish moslamasining asosi quyidagilarga ega: moslama plankasiga belgilangan balandlikni berish uchun xizmat qiladigan yo‘laklar, nishon plankasini biriktirish uchun halqalar, shtift va gaz trubkasi uchun darchalar; ichida — yassi prujina uchun uya va zatvor ramasi uchun bo‘shliq; ortki devorida — stvol qutisining qopqog‘i uchun yarimdoira kesma. Yassi prujina moslama asosi ichida joylashgan bo‘lib, moslama plankasini o‘rnatilgan holatida tutib turadi. Moslama plankasining o‘yiq joyi bo‘lib, undagi kesma nishonga mo‘ljallanish uchun, plankadagi ko‘ndalang kesmalar esa yuruvchi halqani o‘rnatilgan holatda prujinali tortqi yordamida tutib turish uchun xizmat qiladi.
Pulemyotdagi nishoncha o‘yiq joyga ega bo‘lib, u nishonga to‘g‘ri olish uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, u buragich bilan birgalikdagi vintga, prujinaga, shayba va shtiftga ega. Yuruvchi halqa moslama plankasiga kiydirilgan bo‘lib, tortqi yordamida tutib turiladi. Tunda otish uchun (mo‘ljal plankasi qadog‘iga va mushkasiga) yoritish jihozlari o‘rnatiladi va tungimo‘ljallashlar ham qo‘llaniladi. Mushka sirg‘aluvchisi tengma-teng mushka asoslariga qotirilgan sirg‘aluvchiga va mushka asoslariga xavf berilish holatlari ham aniqlanadi.
Qo‘ndoq pistolet dastagi— avtomatdan qulay tarzda otishni ta’minlaydi.Zatvor ramasi, gazporsheni bilan birgalikda zatvor va zarbdor-tepki mexanizmini harakatga keltirish uchun xizmat qiladi. Zatvor patronni patrondonga yuborish, stvol kanalini yopish, kapsulni ezish va patrondan gilza (patron)ni sug‘urib olish uchun xizmat qiladi.
Qaytaruvchi mexanizm— zatvor ramasini zatvor bilan birga oldingi holatgaqaytarishni ta’minlaydi. Gaz trubkasi gaz porsheni harakatini yo‘naltirish uchun xizmat qiladi. Stvol usti qoplamasi avtomatchi (pulemyotchi)ni o‘t ochish chog‘ida stvol qiziganda, qo‘llarini kuyishdan asrashga mo‘ljallangan. Zarbdor-tepki mexanizmi tepkini jangovar holatdan xalos etish, zarbdorga zarba berish, avtomatik va yakka tarzda o‘t ochilishini ta’minlash, o‘t ochishni to‘xtatish, zatvor yopilmagan hollarda o‘t ochishning oldini olish va avtomat (pulemyot)ni saqlagichga qo‘yish uchun xizmat qiladi