O‘qning boshlang‘ich tezligi va uning otish jarayoniga ta’siri
Qurolning stvol kanalidan otilib chiqqan o‘q tezligini oshirish bilan birga uchish nuqtasigacha harakatlanish holati o‘qning boshlang‘ich tezligi deyiladi. O‘qning havodagi uchishini davom ettirishi va tekis harakatlanishi uning boshlang‘ich tezligiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Qurolning eng zaruriy jangovar xususiyatlaridan biri — o‘qning bosh-lang‘ich tezligi. Boshlang‘ich tezlikning kuchayishi o‘qning havoda uchish masofasini bosib o‘tib, nishonni shikastlash va o‘ldirish (halok qilish) holatlarini tezlashtirish bilan bir qatorda, havodagi uchishi davomida esa, tashqi sharoit ta’sirida tezligini qisqartiradi.
O‘qning boshlang‘ich tezligini oshirishi stvolning uzunligiga, o‘q va porox zarrachalari og‘irligiga hamda boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Qurolning stvoli qancha uzun bo‘lsa (amaliyotda aniqlangan), porox va bosim qancha ko‘p bo‘lib harakatlansa, o‘qning boshlang‘ich tezligi shuncha ortadi.
Qurolning ortga silkinishi
Stvol kanalidagi gaz bosimi kuchayib, har tomonlama harakatlangan holda kuch bilan o‘qni oldinga yo‘naltirish holati qurolni ortga qaytaradi. Qurol (stvol)ning otish davrida ro‘y beradigan ortga harakatlanish holatini, qurolning ortga qaytarilishi (silkinishi) deyiladi.
Qurol tezligi va energiyasi kuchayish harakati davomida ortga qaytish bilan tavsiflanadi. Qurolning ortga qaytishi o‘qning boshlang‘ich tezligidan bir necha barobar kam bo‘lib, quroldan o‘q bir necha marta yengilroq bo‘ladi. Avtomatning ortga qaytish quvvati 2 kgs/sm2 (19,6 j) dan ortmaydi va otuvchiga og‘riq bermaydi. Poroxli gazlarning bosim kuchi (qaytish kuchi) ortga qaytishga qarshi harakat faqat to‘g‘ri yo‘l emas, balki to‘g‘ri kelmagan tomonga (qo‘ndoqning tayanchiga, qurolning kuchlanish markazi va boshqalarga) ham yo‘naltiriladi. Vaziyatdan kelib chiqqan juftlangan kuchning harakatlanishi natijasida, qurolning do‘lboshi (og‘zi) qismini tepaga ko‘tarib turadi. Yelkaga qancha ko‘p kuch jamlangan bo‘lsa, juftlangan kuch shuncha ko‘p qaytariladi. Otish mobaynida qurol stvol tebrantirish va titratish holatlarini ham yuzaga keltiradi. Qurol stvolning do‘lboshi (og‘zi) qismidan o‘qning uchib chiqishi natijasida tebranish (yuqoriga, o‘ngga, chapga), boshqa tomonlarga og‘ib ketish holatlari ro‘y berishi mumkin. Bunday holatlar esa, otish davrida quroldan to‘g‘ri foydalanmaslik oqibatiga, qurolning ifloslanishiga olib keladi. Qurolning ortga qaytarilishida o‘qning chiqishi, stvolga ta’sir etish va yana boshqa sabablar, otishgacha bo‘lgan stvol kanalini do‘lboshi (og‘zi) qismi yo‘nalishida burchakni yuzaga keltiradi. Bu stvol kanalidan chiqqan o‘qni havoda uchish davrigacha burchakni tashkil etadi. Bunday burchak uchish burchagi deyiladi.
Stvol kanalining do‘lboshi (og‘zi) qismi otishgacha yuqori qo‘yilgan bo‘lsa, o‘qning havodagi uchish holati qoniqarli, past qo‘yilgan bo‘lsa, qoniqarsiz uchish burchagi deyiladi. Uchish burchagini bir holatda ta’minlash va qurolning ortga qaytarilish holatlarini kamaytirish otish va quroldan to‘g‘ri foydalanish qoidalariga to‘la va aniq rioya qilinishiga hamda otish usullari natijalariga bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: |