O’tiladigan



Yüklə 357 Kb.
səhifə44/57
tarix16.10.2023
ölçüsü357 Kb.
#156107
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57
4-chorak kunlik

Alohida tosiqlar va tosiqlar guruhidan otish

a) Gorizontal to‘siqlardan o‘tish.


Unchalik keng bo‘lmagan gorizontal to‘siqlardan va baland bo‘lmagan vertikal to‘siqlardan tayanmagan holda sakrash usulida o‘tiladi. Sakralganda bir yoki ikki oyoq bilan tushiladi.
b) Ko‘krak barobaridagi vertikal to‘siqlar.
Bunday to‘siqlardan tayanib sakrash usuli bilan o‘tiladi. Yugurib kelib, to‘siq ustiga sakraladi. Tiklanmasdan ikkinchi oyoqni ham to‘siq ustiga olib chiqiladi va yerga sakrash holati davom ettiriladi yoki to‘siqdan qo‘l va oyoqqa tayangan holda o‘tish mumkin.
d) Tor tayanch orqali harakat qilish.
To‘siqlar orqali o‘tishda xoda, balka, relslar tashlab qo‘yilganda tor tayanch orqali harakat qilish qo‘llaniladi.
Bunda quyidagi usullarda harakat qilinadi:



Yagona tosiqlar qatoridan otish

Yagona to‘siqlar qatorida quyidagi mashq bajariladi:


masofa 200 metr. Boshlang‘ich holat — to‘siqlar qatori oldidagi chiziqqa yotgan holat.
“Olg‘a” komandasi berilganda:

  1. Sakrab 20 metr yuguriladi va 2,5 metr kenglikdagi chuqurlikdan sakrab o‘tiladi.

  2. Labirint yo‘laklardan yugurib o‘tiladi.

  3. Xohlagan usulda 2 metrli devordan oshib o‘tiladi.

  4. Vertikal narvon orqali buzilgan ko‘prikning ikkinchi qismiga chiqiladi. Balkadan yugurib borib, oxiridan yerga sakrab tushiladi.

  5. Buzilgan pillapoyalarning uchinchi pog‘onasidan oshib o‘tiladi, lekin, albatta, oyoq yerga tegish sharti bilan to‘rtinchi pog‘onaning tagidan o‘tiladi.

  6. Devorning derazasi orqali o‘tiladi.

  7. Okop (xandaq)ga yugurib boriladi. Unga sakrab tushiladi va aloqa yo‘li orqali quduqqacha boriladi.

  8. Yerdan granatani olib, devordagi derazalarning xohlagan biriga yoki devor ortidagi 2,5 metrli maydonchaga uloqtiriladi. Bunda 3 tagacha granata otishga ruxsat beriladi. Granatalarning og‘irligi 600 gr.

  9. Quduqdan sakrab chiqib, devordan sakrab o‘tiladi.

  1. Engashgan narvon orqali buzilgan pillapoyaning to‘rtinchi pog‘ona-siga chiqiladi va pillapoya pog‘onalaridan yugurib tushiladi.

  2. Vertikal narvon orqali buzilgan ko‘prikning balkasi ustiga chiqiladi. Undan yugurib borib, uzilgan joydan sakrab o‘tiladi va engashgan taxta orqali pastga yugurib tushiladi.

Ikki metrli kenglikdagi chuqurdan sakrab o‘tiladi, yo‘lakkacha o‘tib olib, to‘siqlar qatorining boshlanish chizig‘i kesib o‘tiladi.



Yüklə 357 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin