O’tiladigan


Turli holatlarda granata uloqtirish texnikasini o‘rganish



Yüklə 357 Kb.
səhifə47/57
tarix16.10.2023
ölçüsü357 Kb.
#156107
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57
4-chorak kunlik

Turli holatlarda granata uloqtirish texnikasini o‘rganish.

Granatani quyidagi holatlarda uloqtirish mumkin:


a) Joyda tik turgan holda granatani uloqtirish.
Bunda nishon tomonga yuzi bilan qarab turiladi. O‘ng qo‘lga granata ushlanadi, o‘ng oyoqni bir qadam orqaga tashlab, salgina bukiladi. O‘ng qo‘l tepaga ko‘tarilib, orqaga tashlanadi, o‘ng oyoq bilan turilib, gavdani esa oldinga tashlab, granata uloqtiriladi.
Granatani uloqtirayotganda, avtomat ko‘krakda, orqada yoki chap qo‘lda bo‘lishi mumkin.
b) Harakat vaqtida granatani uloqtirish.
Harakat vaqtida granatani uloqtirish uchun chap oyoqni tashlash bilan siltash boshlanadi. Granatali qo‘l oldinga pastga tushiriladi. Ikki qadam bilan o‘ng oyoq sal tashqariga buriladi.
Bir vaqtda ham gavda buriladi, ham orqaga tashlanadi. Chap oyoqni yana orqaga tashlash bilan gavda burishdan to‘xtatiladi, qo‘l orqaga oxirgi chekka holatga keltiriladi. Chap oyoqni qo‘yib bo‘lingach, tezlikdan foydalanib, granata nishonga qarab uloqtiriladi.
d) Tizzalagan holda granatani uloqtirish.
Bu holatda qurol chap qo‘lga olinadi yoki brustverga qo‘yiladi. So‘ng o‘ng tizzaga o‘rnatilib, granata ushlagan qo‘l orqaga olinadi va silkilanadi. Bunda gavda orqaga engashiladi, o‘ng tomonga buriladi. Ko‘krak bilan nishonga burilib, chap oyoqqa engashiladi. Granata nishonga uloqtiriladi.


Yotgan holda granatani uloqtirish.

Bu holatda qurol o‘ng tomonga qo‘yiladi. Granata o‘ng qo‘lga olinib, qo‘llar ko‘krakka tortiladi. Qo‘llar bilan turtilib, o‘ng oyoq orqaga tortiladi. Chap tizzada turilib, bir vaqtda granatali qo‘l orqaga, o‘ng oyoq bilan turtilib, ko‘krak bilan nishonga beriladi va oldinga yiqilib, granata uloqtiriladi.


Bu holatda granatani uloqtirish uchun o‘ng oyoq iloji boricha orqaga qo‘yiladi, granatali qo‘l tepa bilan orqaga tashlanadi. So‘ng chap qo‘l bilan okop (o‘ra) chekkasidan ushlab kuch bilan to‘g‘rilanadi, qo‘l tepadan oldinga siltanib granata nishonga uloqtiriladi.



Yüklə 357 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin