O’tiladigan



Yüklə 357 Kb.
səhifə43/57
tarix16.10.2023
ölçüsü357 Kb.
#156107
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57
4-chorak kunlik

Dars maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga yagona to‘siqlar maydoni bilan tanishish, alohida to‘siqlar va to‘siqlar guruhidan o‘tish, yagona to‘siqlar qatoridan o‘tish haqida batafsil bilim berish.
Tarbiyaviy: Bilimli, har tomonlama komil farzand bo’lishlari uchun zamin yaratish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni yagona to‘siqlar maydoni bilan tanishish, alohida to‘siqlar va to‘siqlar guruhidan o‘tish, yagona to‘siqlar qatoridan o‘tish haqida bilimlarini rivojlantirish
Kompetensiyaviy yondashuv: A1 to‘siqlarni yengib o‘ta olish kompetensiyasi
Dars jixozi: Mavzuga oid ko’rsatmali vositalari, rangli rasmlar. 10-sinf darsligi
Foydalanilgan qo’shimcha adabiyotlar: Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik”darsligi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma. Toshkent 2009 yil.
Dars turi: Yangi bilimlar beruvchi va malakalarni shakllantiruvchi.
Dars usuli: Ananaviy
I.Darsni tashkil etish: a) salomlashish
b) davomatni aniqlash.
s) o’quvchilarni darsga jalb qilish
d) siyosiy daqiqa
Siyosiy daqiqada o’quvchilar bilan bugungi kun yangiliklari savol-javob orqali so’raladi.
II. O`tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash).
A)Uyga topshiriq nazorati. O’tgan mavzuni so’rash.
O’tgan mavzu bo’yicha konspekt
B) O’tgan mavzuni takrorlash uchun o’quvchilar bilan og’zaki savol javob
o’tkaziladi.
III. Yangi mavzuni tushuntirish.
Reja: 1) Yagona to‘siqlar maydoni bilan tanishish.
2) Alohida to‘siqlar va to‘siqlar guruhidan o‘tish.
3) Yagona to‘siqlar qatoridan o‘tish.


Yagona to‘siqlar maydoni bilan tanishish.
To‘siqlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
-gorizontal (okoplar, chuqurchalar, kovaklar);
-vertikal (devorlar);
-tor maydonchali tayanchlar (balkalar).
To‘siqlarning turi va o‘lchamlariga qarab, ularga tayanib va tayanmay sakrashlar, chuqurlikka sakrash, osilib chiqish, tor tayanchlarda harakat qilish orqali yengib o‘tiladi, tayanmasdan sakrashlar unchalik keng bo‘lmagan gorizontal to‘siqlarni va baland bo‘lmagan vertikal to‘siqlarni yengishda ishlatiladi.
Tayanib sakrashlar ko‘krak barobarigacha bo‘lgan balandliklarni yengishda, chuqurlikka sakrashlar esa, baland to‘siqlardan sakrashda, uy derazalarida qo‘llaniladi. Devor va shunga o‘xshash balandliklarni ishg‘ol etishda, osilib chiqishning quyidagi usullaridan foydalaniladi:

Yugurib kelib, bir oyoq bilan to‘siqdan bir qadam narida yerdan turtiladi, ikkinchi bukilgan oyoq bilan devorga tiraladi, qo‘llar bilan devor chetidan ushlanadi. Chap qo‘lni devor tepasiga yetguncha tortiladi. Chap oyoqni to‘siqqa qisib, o‘ng oyoqni siltab, tovonni esa devor tepasiga ilashtirib olingach, devorning orqasiga sakraladi.
Devorlardan kuch bilan oshib o‘tish. Xuddi oldingi usuldagidek yugurib kelinadi, bir oyoqda yerdan turtilib, qo‘llar bilan devor to‘siqning chekkasidan ushlanadi. Qo‘llar bilan yuqoriga tortilgach, oyoqlar bilan yordam berilib, tayanib olinadi. So‘ngra to‘siqning turi va holatiga qarab, quyidagi usullarning biridan foydalangan holda to‘siqdan o‘tib sakraladi:

  • to‘siqning orqa tomoniga o‘zini tashlaydi;

  • to‘siq ustiga o‘tirib olgach, oyoqlarni osiltirib o‘tirgan holda sakrab tushiladi;

  • to‘siqqa o‘ng oyoqni tirab va undan chap oyoqni olib o‘tgach, qo‘llarga tayangan holatda irg‘ib tushiladi.




Yüklə 357 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin